Karimov Dilmurod Abdullaxafizovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Axborotlashgan jamiyatda talabalarning vatanparvarlik kompetensiyasini milliy qadriyatlar vositasida rivojlantieish metodikasi”, 13.00.02 Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (falsafa fani), (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7461
Ilmiy rahbar: G‘apparov Elyorjon Otabekovich pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02.
Rasmiy opponentlar: Abduraximova Dilfuza Alievna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Uluxujaev Narzullo Ziyoviddinovich pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi axborotlashgan jamiyat sharoitida talabalar ongida milliy qadriyatlar asosida vatanparvarlik kompetensiyasini rivojlantirishning ilmiy-metodik asoslarini takomillashtirishdan iborat.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
talabalarning vatanparvarlik kompetensiyasini rivojlantirish jarayoni komponentlari uzviyligini ta’minlash ustuvorligida pedagogik shart-sharoitlari hamda didaktik imkoniyatlari (o‘quv, ilmiy va ijodiy seminarlar integrativligi, pedagogik-psixologik treninglar, intensiv tajriba-izlanish mashg‘ulotlari, autogen mashqlar) aniqlashtirilgan;
milliy meros, an’ana va urf-odatlarga nisbatan qiziqishini rag‘batlantiruvchi yondashuvlarga ustuvorlik berish asosida vatanparvarlik kompetensiyasini rivojlantirish mexanizmi oliy ta’lim muassasasi birinchi bosqich talabalari individual psixologik xususiyatlari (motivatsion, kognitiv, hissiy-irodaviy va xulq- atvor) hamda gumanitar fanlar tizimida kasbiy o‘sib borish tizimining tuzilmaviy komponentlari kooperativ mashg‘ulotlar jarayonida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasasi birinchi bosqich talabalarining vatanparvarlik kompetensiyasini akseologik yondashuv asosida rivojlantirishga yo‘naltirilgan funksional modelni amaliyotga joriy etishning didaktik ta’minoti shaxsiy va kasbiy sifatlarni bosqichma-bosqich rivojlantiruvchi topshiriqlar tizimi, o‘quv mashg‘ulotlari hamda tizimlashtirilgan istiqbolli reja-dasturlarining uzviy aloqadorligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasasi birinchi bosqich talabalarining vatanparvarlik kompetensiyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik tizim tarkibiy funksiyalari modifikatsiyalash, rivojlantiruvchi hamda pedagogik yordam funksiyasining optimal uyg‘unlashuvi tarbiyaviy, metodik omillar va axborot texnologiyalari, elektron platformalarada interaktiv bajarishga yo‘naltirilgan vazifalarni kiritish asosida takomillashtirilgan.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Axborotlashgan jamiyatda talabalarning vatanparvarlik kompetensiyasini milliy qadriyatlar vositasida rivojlantirish metodikasi yuzasidan olingan natijalar asosida:
tadqiqotda talabalarning vatanparvarlik kompetensiyasini shakllantirishda axborot-kommunikatsion texnologiyalar hamda milliy qadriyatlar uyg‘unligiga tayangan holda kompetensiya darajasini baholashning mezon va ko‘rsatkichlari talabalarning mustaqil o‘qish, interfaol mashg‘ulotlar va onlayn platformalardan foydalanish malakalari, shuningdek, milliy meros, anʼana va urf-odatlarga nisbatan qiziqishini rag‘batlantiruvchi yondashuvlarga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun “Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 6-sentyabrdagi 333-sonli buyrug‘i, 333-184 raqamli guvohnoma). Natijada, vatanparvarlik kompetensiyasini milliy qadriyatlar vositasida takomillashtirishishiga erishilgan;
vatanparvarlikni tarkib toptirishga qaratilgan metodik model ishlab chiqilib o‘quv jarayoniga jamiyatning axborotlashuvi sharoitida talabalarning axborot-kommunikatsion texnologiyalariga oid savodxonligi, ijodiy fikrlashni rivojlantirish va milliy qadriyatlarga asoslangan faol o‘quv muhitini yaratish bir butunlikda joriy etilishi ilmiy asoslashga doir taklif va tavsiyalardan Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasidagi PZ-20170930223-raqamli «Demokratik va huquqiy jamiyatni rivojlantirishda yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish mexanizmini takomillashtirish» mavzusidagi amaliy tadqiqot loyiha doirasida «Demokratik va huquqiy jamiyatni rivojlantirishda yoshlar ijtimoiy faolligini oshirishning pedagogik mexanizmi» nomli monografiyaning «Yoshlar ijtimoiy faolligini oshirishda ta’lim muassasalarining imkoniyatlari va pedagogik yo‘nalishlari» nomli 3-bo‘limini tayyorlashda foydalanilgan. (Samarqand iqtisodiyot va servis institutining 2024-yil 31-noyabrdagi 1188-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalarida yoshlar ijtimoiy faolligini oshirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon uchun metodologik asos yaratildi;
vatanparvarlikni milliy qadriyatlar orqali rivojlantirishda kognitiv, emotsional, amaliy jihatlarni talabalarda bir vaqtning o‘zida rivojlantiradigan axborotlashgan muhitda o‘quv mashg‘ulotlari, mustaqil ishlar va tarbiyaviy tadbirlarga maxsus elektron resurslar hamda interaktiv usullarni qo‘shib integratsiyalashtirishni o‘z ichiga oluvchi metodika, taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti tomonidan tashkillangan bir qator tadbirlarni ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti 2024-yil 4-iyuldagi 2/1899-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mazkur fan asosida olib borilayotgan dars mashg‘ulotlari asosida talabalarda vatanparvarlikka oid bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga erishilgan;
vatanparvarlik kompetensiyasini rivojlantirishda milliy qadriyatlarga asoslangan interaktiv vazifalar va elektron platformalar orqali talabalarning doimiy tahlil va kuzatuv olib borish jarayonining turli bosqichlarida olingan natijalarni aks ta’sir bilan baholab borish, rivojlanish dinamikasini kuzatish hamda zaruriy tuzatishlar kiritish imkoniyatini berishi mexanizmi asosida O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali”da “Ta’lim va taraqqiyot”, “Muvozanat”, “Telemushohada” teledasturlarida dastur va ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi O‘zbekiston teleradiokanalining 2024-yil 8-noyabrdagi 04-36-1180-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, vatanparvarlik kompetensiyasini milliy qadriyatlar vositasida takomillashtirishishiga erishilgan.