Isodullaeva Iqboloy Sodiqjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Tayanch-harakat tizimida muammolari bo‘lgan bolalar nutqi ustida ishlashning korreksion-rivojlantiruvchi texnologiyalari”, 13.00.03 – Maxsus pedagogika.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6703.
Ilmiy rahbar: Maxmudova Madinaxon Sobirxonovna pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, PhD.03/27.09.2024.Ped.82.05.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Gavhar Saparovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Arslanova Madina Mansurovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi tayanch-harakat tizimida muammolari bo‘lgan 5-7 yoshli bolalar nutqi ustida ishlashning korreksion-rivojlantiruvchi texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tayanch-harakat tizimida muammolari bo‘lgan 5-7 yoshli bolalar nutqi ustida ishlashning pedagogik-psixologik imkoniyatlari bolalarda eshituv-nutqiy reaksiyasini shakllantirishga qaratilgan sensomotor resurslarni logoped va oilalarning korreksion-pedagogik pozisiyasi ustuvorligida mikro muhit talablariga ko‘ra adaptivlashtirish asosida aniqlashtirilgan; 
tayanch-harakat tizimida muammolari bo‘lgan bolalar nutqi ustida ishlashning metodik modeli harakatlar ritmini nutqiy muloqot parallelida rivojlantiruvchi sensomotorik diagnostikani individual prosodikani tashxislash va korreksiyalash texnologiyalarining integratsiyalovchi “kognitiv gimnastika” mashqlariga bosqichma-bosqich singdirish asosida takomillashtirilgan;
tayanch-harakat tizimida muammolari bo‘lgan bolalar nutq kamchiliklarini korreksiyalash texnologiyalari okupatsion terapiyaga asoslangan al`ternativ muloqot mashqlarini ishlab chiqish hamda pedagogik va terapevtik muhitda nutqiy algoritmlar simulyasiyasini kuchaytirish asosida takomillashtirilgan;
tayanch-harakat tizimida muammolari bo‘lgan 5-7 yoshli bolalar nutqini korreksiyalash va rivojlantirish didaktik ta’minoti predmetli harakatlar ketma-ketligini nutqiy ifodalashga qaratilgan kinestetik ta’sirni konstruktivlik imkoniyatlariga ko‘ra personal korreksion-rivojlantiruvchi faoliyat traektoriyasiga hamohang maqbullashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tayanch-harakat tizimida muammolari bo‘lgan 5-7 yoshli bolalar nutqi ustida ishlashning korreksion-rivojlantiruvchi texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot ishlari natijasida: 
tayanch-harakat tizimida muammolari bo‘lgan 5-7 yoshli bolalar nutqi ustida ishlashning pedagogik-psixologik imkoniyatlari bolalarda eshituv-nutqiy reaksiyasini shakllantirishga qaratilgan sensomotor resurslarni logoped va oilalarning korreksion-pedagogik pozisiyasi ustuvorligida mikro muhit talabalariga ko‘ra adaptivlashtirishga oid takliflari “Nutqning ontogenezda rivojlanishi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining 2024-yil 29-maydagi 194-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 194-369-sonli guvohnoma). Natijada, tayanch-harakat tizimida muammolari bo‘lgan bolalar nutqining rivojlanish xususiyatlarini o‘rgatish jarayoni didaktik ta’minlangan;
tayanch-harakat tizimida muammolari bo‘lgan bolalar nutqi ustida ishlashning metodik modeli harakatlar ritmini nutqiy muloqot parallelida rivojlantiruvchi sensomotorik diagnostikani individual prosodikani tashxislash va korreksiyalash texnologiyalarining integratsiyalovchi “kognitiv gimnastika” mashqlariga bosqichma-bosqich singdirishga oid tavsiyalari “Mutaxassislikka kirish” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining 2025-yil 7-oktyabrdagi 387-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 969801-sonli guvohnoma). Natijada, tayanch-harakat tizimida muammolari boʻlgan bolalar nutqi ustida ishlashning logoritmik, sensomotorik mashqlarini amaliyotga keng joriy etish imkoniyati yaratilgan;
tayanch-harakat tizimida muammolari bo‘lgan bolalar nutq kamchiliklarini korreksiyalash texnologiyalari okupatsion terapiyaga asoslangan al`ternativ muloqot mashqlarini ishlab chiqish hamda pedagogik va terapevtik muhitda nutqiy algoritmlar simulyasiyasini kuchaytirishga oid takliflaridan Farg‘ona teleradiokanalida efirga uzatilgan “Farovonlik sari” ko‘rsatuvi ssenariysini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Farg‘ona viloyati teleradiokanali” davlat muassasasining 2025-yil 27-oktyabrdagi 01-12/221-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, okupatsion terapiyaga asoslangan korreksion-rivojlantiruvchi texnologiyalardan foydalanishga o‘rgatishga oid tavisyalarning keng ommalashishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish