Voxobova Muniraxon Sadirdinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i) “Bo‘lajak logopedlarni alaliya nutq nuqsoni ustida ishlashga tayyorlash metodikasini takomillashtirish”, 13.00.03 – Maxsus pedagogika.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1. PhD/Ped9582.
Ilmiy rahbar: Raximova Xurshidaxon Sadikovna p.f.f.d., dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, PhD.03/27.09.2024.Ped.82.05.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Gavhar Saparovna pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent, Arslanova Madina Mansurovna pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak logopedlarni alaliya nutq nuqsoni ustida ishlashga tayyorlash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
    bo‘lajak logopedlarni alaliya nutq nuqsoni ustida ishlashga tayyorlashning pedagogik shart-sharoitlari alaliyaning polisensor jarayonda diagnostika va korreksiyalashga o‘rgatuvchi logopedik ta’sir algoritmini nuqson simptomatikasini tahlil qilish muhitida moslashuvchanligiga ko‘ra optimallashtirish asosida aniqlashtirilgan;
    bo‘lajak logopedlarni alaliya nutq nuqsoni ustida ishlashga tayyorlash modeli diagnostika va korreksiya jarayonlarining determenistik uzviyligini ta’minlovchi profillaboratoriyani uchta modulli kombinatsiyada, talabalarning kasbiy rivojlanish xaritasi monitoringida mustaqil ta’limga integratsiyalash asosida takomillashtirilgan; 
    bo‘lajak logopedlarni alaliya nutq nuqsoni ustida ishlashga tayyorlash texnologiyalari talabalarning sensor-integrativ ta’sirni qo‘llashga o‘rgatuvchi simulyativ mashqlarni konstruktiv-didaktik strukturaviy mashg‘ulotlarda davriy monitoring qaydlariga ko‘ra adaptivlashtirish asosida takomillashtirilgan; 
    bo‘lajak logopedlarni alaliya nutq nuqsoni ustida ishlashga tayyorlashning didaktik ta’minot talabalarda kasbiy motivatsiyani intensiv rivojlantiruvchi, fobiyalarni korreksiyalovchi imitatsion mashg‘ulotlarda adaptiv logopedik resurslarni differensial reglamentda qo‘llash asosida takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak logopedlarni alaliya nutq nuqsoni ustida ishlashga tayyorlash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida: 
bo‘lajak logopedlarni alaliya nutq nuqsoni ustida ishlashga tayyorlashning pedagogik shart sharoitlari alaliyani polisensor jarayonda diagnostika va korreksiyalashga o‘rgatuvchi logopedik ta’sir algoritmini nuqson simptomatikasini analiz qilish muhitida moslashuvchanligiga ko‘ra optimallashtirishga oid takliflari “Pedagogik-psixologik diagnostika” o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi, oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi, 2025-yil 9-iyuldagi 258-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 307609-sonli guvohnoma). Natijada, talabalarni alaliya nutq nuqsoniga ega bolalarni tashxislash metodikalaridan foydalanishga tayyorlash jarayoni metodik jihatdan ta’minlangan; 
bo‘lajak logopedlarni alaliya nutq nuqsoni ustida ishlashga tayyorlash modeli diagnostika va korreksiya ishlarining deterministik uzviyligini ta’minlovchi profillaboratoriyani 3 ta modulli kombinatsiyada talablarning kasbiy rivojlanish xaritasi monitoringida mustaqil ta’limga integratsiyalashga oid tavsiyalari “Logopedik texnologiya” darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 7-maydagi 149-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 149125-sonli guvohnoma). Natijada, alaliya nutq nuqsoni ustida ishlashda qo‘llaniluvchi metodlar va texnologiyalardan foydalanishga talabalarni tayyorlashning didaktik ta’minoti takomillashtirilgan; 
bo‘lajak logopedlarni alaliya nutq nuqsoni ustida ishlashga                tayyorlash  texnologiyalari talabalarni sensor integrativ ta’sirni qo‘llashga o‘rgatuvchi simulyativ mashqlarni konstruktiv-didaktik strukturalashtirilgan mashg‘ulotlarda davriy monitoring qaydlariga             ko‘ra adaptivlashtirishga doir takliflaridan “Ko‘rish qobiliyatida           nuqsoni bor va ko‘zi ojiz o‘quvchilarga mental arifmetika yordamida arifmetik amallarni o‘rgatish” nomli Farg‘ona davlat universitetida amalga oshirilgan amaliy loyihaning mazmunini takomillashtirishda foydalanilgan (2023-yil 22-noyabrdagi 375-11-0-F/23-son Davlat ilmiy-texnik dasturlari farmoyishi hamda Farg‘ona viloyati oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasining 2023-yil 22-noyabrdagi 77-son ma’lumotnoma). Natijada, talabalarning sensor integrativ muhitda bolalar faoliyatini tashkil etish bo‘yicha metodik tayyorgarligini rivojlantirishga erishilgan. 
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish