Qurbonova Zilola O‘ralovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Inklyuziv ta’lim sharoitida maktabgacha yoshdagi bolalarga ingliz tilini o‘qitish metodikasi”, 13.00.03 – Maxsus pedagogika.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped2129
Ilmiy rahbar: Ochilova Gulnoza Odilovna, p.f.d. professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, PhD.03/27.09.2024.Ped.82.05
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Gavxar Saparovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Jo‘raxo‘jaev Muxammadazizxo‘ja Xalilxo‘ja o‘g‘li, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi inklyuziv ta’lim sharoitida maktabgacha yoshdagi bolalarga ingliz tilini o‘qitish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
inklyuziv ta’lim sharoitida maktabgacha yoshdagi bolalarga ingliz tilini o‘qitishning pedagogik shart-sharoitlari bolalarning tinglash, gapirish malakalarini intensiv shakllantirishga mo‘ljallangan integrativ leksik bazani eshituv-ko‘ruv xotiraga ta’sirni kuchaytiruvchi vizual algoritmda ishlab chiqish asosida aniqlashtirilgan;
maktabgacha inklyuziv ta’lim sharoitida ingliz tilini o‘qitishning metodik modeli bolalarda til o‘rganish motivatsiyasini oshiruvchi lingvokorresion o‘yinlarni sensomotor vositalar adaptivlashtirilgan muhitda tezkor savol-javob va xatolar tahlili ustuvorligida ergonomik talablarga ko‘ra optimallashtirish asosida takomillashtirilgan;
inklyuziv ta’lim sharoitida maktabgacha yoshdagi bolalarga ingliz tilini o‘qitish metodikasi lingvomadaniy yondashuvga asoslangan ikkinchi tilni o‘rganish jarayonida bolalar nutqi ontogenezi xususiyatlariga moslashtirilgan detonativ ma’noli grammatik mashqlarni leksik-semantik bog‘lanishlarda stimulyativ qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarning ingliz tilidan nutqiy faolligini oshirishning didaktik ta’minoti bolalar leksikasining miqdor va sifat dinamikasini muvofiqlashtiruvchi CDIO (Create - Design – Implement – Operate) lingvotrenajyorni gap tuzishning “kodlash” va “dekodlash” bosqichlarida linear sxemalarda qo‘llash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Inklyuziv ta’lim sharoitida maktabgacha yoshdagi bolalarga ingliz tilini o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
inklyuziv ta’lim sharoitida maktabgacha yoshdagi bolalarga ingliz tilini o‘qitishning pedagogik shart-sharoitlari bolalarning tinglash, gapirish malakalarini intensiv shakllantirishga muljallangan integrativ leksik bazani eshituv-ko‘ruv xotiraga ta’sirini kuchaytiruvchi vizual algoritmda ishlab chiqishga doir takliflar “English for specific purposes” nomli darslikka singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025- yil 7-oktyabrdagi 387- sonli buyrug‘iga asosan tasdiqlangan №438877-raqamli guvohnoma). Natijada, ta’minlangan pedagogik shart-sharoitlar maktabgacha yosdagi bolalarning ingliz tilidan nutqiy faolligini rivojlanishiga xizmat qilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarga inklyuziv ta’lim sharoitida ingliz tilini o‘qitishning metodik modeli bolalarda til o‘rganish motivasiyasini oshiruvchi lingvokorreksion o‘yinlarni sensomotor vositalar adaptivlashtirilgan muhitda tezkor savol-javob va xatolar tahlili ustivorligida ergonomik talablarga ko‘ra optimallashtirishga doir yondashuvlar respublkaning inklyuziv ta’lim tashkil etilgan ko‘p tarmoqli maktabgacha ta’lim tashkilotlari o‘quv-korreksion jarayoniga joriy etilgan (O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazining 2025 yil 2 sentyabrdagi 01/10-01-262-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur model maktabgacha yoshdagi bolalarning ingliz tilidan nutqiy faolligini rivojlanishiga xizmat qilgan;
inklyuziv ta’lim sharoitida maktabgacha yoshdagi bolalarga ingliz tilini o‘qitish metodikasi lingvomadaniy yondashuvga asoslangan ikkinchi tilni o‘rganish jarayonida bolalar nutqi ontogenezi xususiyatlariga moslashtirilgan detonativ ma’noli grammatik mashqlarni leksik-semantik bog‘lanishlarda stimulyativ qo‘llashga doir takliflar “English language” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024- yil 6-sentyabrdagi 333-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan №330-130-raqamli guvohnoma). Natijada, takomillashtirilgan metodika va uni baholash mezonlari ingliz tili ta’limi sifatini oshishiga xizmat qilgan.