Nazirova Guzal Malikovnaning pedagogika fanlari  doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak maktabgacha ta’lim tarbiyachilarini kasbiy tayyorlash jarayonlarini tashkil etish va boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish”, 13.00.07 – Ta’limda menejment, (pedagogika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2023.2.DSc/Ped556 
Ilmiy maslahatchi: Turg‘unov Sobitxon Toshpo’latovich, pedagogika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshiirish instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, DSc.03/04.06.2020.Ped.76.02 raqamli bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Najmiddinova Xilola Yoqubjonovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Azimova Ziyoda Ergashevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Mustafoeva Durdona Asilovna pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak maktabgacha ta’lim tarbiyachilarini  kasbiy tayyorlash jarayonlarini samarali tashkil etish va boshqarish mexanizmlarini tadqiq qilish va takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
bo‘lajak maktabgacha ta’lim tarbiyachilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashga yo‘naltirilgan kompetensiyaviy, refleksiv, akmeologik, kreativ va psixologik talablar kompleksi asosida nazariya va amaliyotning uzviy integratsiyasini ta’minlash, o‘quv jarayonida multimodal yondashuvni joriy etish orqali ta’lim oluvchilarda kommunikativlik, ijodkorlik va mustaqil tafakkurni rivojlantirish hamda shaxsiy ta’limiy ehtiyojlarga moslashgan holda integrativ pedagogik muhitni yaratish negizida takomillashtirilgan;
bo‘lajak maktabgacha ta’lim tarbiyachilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashning tashkiliy-didaktik shart-sharoitlari ta’lim jarayoniga raqamli va multimodal o‘qitish texnologiyalarini, interfaol pedagogik strategiyalarni hamda kognitiv-didaktik yondashuvlarni tizimli va uzviy integratsiyalashgan ta’lim muhiti asosida tatbiq etish hamda refleksiv tahlil va amaliy mashg‘ulotlarni uzviy uyg‘unlashtirish orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy faoliyatga tayyorgarligini samarali tashkil etish va boshqarishning konseptual modeli shaxsga yo‘naltirilgan individuallashtirish, kompetensiyaga yo‘naltirilgan yondashuvni ta’lim–amaliyot integratsiyasi bilan uyg‘un qo‘llash, modulli ta’lim tizimi hamda refleksiv–amaliy mashg‘ulotlarni tizimli integratsiyalash orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak maktabgacha ta’lim tarbiyachilarini innovasion kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonining tashkiliy-boshqaruv jihatlari (strategik rejalashtirish, amaliy muvofiqlashtirish, resurslarni boshqarish va monitoring–baholash) jamiyatning ijtimoiy ehtiyoj va buyurtmalariga hamda kompetensiyaga yo‘naltirilgan yondashuvning metodologik asoslariga tayangan holda kasbiy tayyorgarlikni samarali tashkil etishga yo‘naltirilgan integrativ konsepsiya asosida ishlab chiqilgan;
bo‘lajak maktabgacha ta’lim tarbiyachilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonini tashxislash, baholash va monitoring qilishning samarali pedagogik mexanizmlari tarbiyachilarning shaxsiy va kasbiy rivojlanish dinamikasini indikatorlar hamda MKD (mezon–ko‘rsatkich–daraja) tizimi orqali aniqlash, ta’lim natijadorligini oshirishga yo‘naltirilgan strategiyalarni ishlab chiqish va o‘quv jarayonining barcha bosqichlarida me’zoniy baholashni raqamli monitoring bilan uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak maktabgacha ta’lim tarbiyachilarini kasbiy tayyorlash jarayonlarini tashkil etish va boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak maktabgacha ta’lim tarbiyachilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashga qo‘yiladigan kompetensiyaviy, refleksiv, akmeologik, kreativ va psixologik talablar majmuasi nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmalar bilan uzviy integratsiyasini ta’minlash, o‘quv jarayonida multimodal yondashuv orqali ta’lim oluvchilarning kommunikativ, ijodiy va mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, shuningdek, shaxsiy ta’limiy ehtiyojlarga moslashgan integrativ pedagogik muhitni shakllantirish asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmalar bilan uzviy uyg‘unlashtirish, multimodal yondashuv orqali kommunikativ, ijodiy va mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish hamda individual-ta’limiy ehtiyojlarga mos integrativ pedagogik muhitni shakllantirish imkoniyatlarini aks ettirgan holda “Oliy ta’limda mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 18-maydagi 4/17-18/1-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak maktabgacha ta’lim tarbiyachilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash mazmunini takomillashtirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak maktabgacha ta’lim tarbiyachilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashning tashkiliy-didaktik shart-sharoitlari ta’lim jarayoniga raqamli va multimodal o‘qitish texnologiyalarini, interfaol pedagogik strategiyalarni hamda kognitiv-didaktik yondashuvlarni tizimli va uzviy integratsiyalashgan ta’lim muhiti asosida tashkil etish, refleksiv tahlil hamda amaliy mashg‘ulotlarni uzviy uyg‘unlashtirish orqali takomillashtirish ilgari surilgan taklif va tavsiyalar “Oliy ta’limda mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 18-maydagi 4/17-18/1-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak maktabgacha ta’lim tarbiyachilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etishga xizmat qilgan;
bo‘lajak tarbiyachilarni kasbiy faoliyatiga tayyorgarligini samarali tashkil etish va boshqarishning konseptual modeli shaxsga yo‘naltirilgan individuallashtirish, kompetensiyaga yo‘naltirilgan yondashuvni ta’lim–amaliyot integratsiyasi bilan uyg‘un qo‘llash, modulli ta’lim tizimi hamda refleksiv–amaliy mashg‘ulotlarni tizimli integratsiyalash asosida, bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy malakasini yuqori darajada shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik shart-sharoitlarni yaratish orqali takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalari “Bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 18-maydagi 4/17-18/1-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak tarbiyachilarni kasbiy faoliyatiga tayyorgarligini samarali tashkil etish va boshqarish jarayonlarini ta’minlashga xizmat qilgan;
bo‘lajak maktabgacha ta’lim tarbiyachilarini innovasion kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonining tashkiliy-boshqaruv jihatlari (strategik rejalashtirish, amaliy muvofiqlashtirish, resurslarni boshqarish va monitoring–baholash) jamiyatning ijtimoiy ehtiyoj va buyurtmalariga hamda kompetensiyaga yo‘naltirilgan yondashuvning metodologik asoslarigatayangan holda, kasbiy tayyorgarlikni samarali tashkil etish va boshqarishga yo‘naltirilgan integrativ ilmiy-nazariy konsepsiya asosida ishlab chiqishga doir taklif va tavsiyalari “Bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyasining yagona ma’lumotlar bazasi va elektron platforma yaratish” (2022-2023-yy) mavzusidagi ilmiy amaliy loyihani amalga oshirilda qo‘llanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 18-maydagi 4/17-18/1-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak maktabgacha ta’lim tarbiyachilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashning elektron metodik ta’minotini ishlab chiqishga hamda axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak maktabgacha ta’lim tarbiyachilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonini tashxislash, baholash va monitoring qilishning samarali pedagogik mexanizmlari tarbiyachilarning shaxsiy va kasbiy rivojlanish dinamikasini indikatorlar hamda MKD (mezon–ko‘rsatkich–daraja) tizimi orqali aniqlash, ta’lim natijadorligini oshirishga yo‘naltirilgan strategiyalarni ishlab chiqish va o‘quv jarayonining barcha bosqichlarida kompleks va uzlyuksiz monitoringni tashkil etish asosida tizimli tarzda takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalari “Maktabgacha ta’limni boshqarishning ilmiy asoslari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 18-maydagi 4/17-18/1-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak maktabgacha ta’lim tarbiyachilarini kasbiy faoliyatga tayyorgarlik darajasini adekvat baholashga va mehnat bozoriga samarali moslashish imkoniyatini yaratishga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish