Jalolova Zilola Xamidulla qizining
 dissetatsiya himoyasisiz ixtiro patenti asosida
falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Paxta tozalash texnologik jihozlari barabani uchun antifriksion-eyilishbardosh polimer kompozit materialning yangi tarkibini ishlab chiqish» 05.02.01- Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2PhD/T5656.
Ilmiy rahbar: Ziyamuxamedova Umida Alijonovna, texnika fanlari doktori, professor.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi:Andijon davlat texnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti, DSc.15/27.02.2020. T.73.02.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patentlari: «Antifriksion yeyilishga bardoshli polimer tarkibi» (№ IAP 8131), «Tolali material tozalagichning titish barabani» (№ IAP 7775).
II.Tadqiqotning maqsadi: Tolali xomashyoni mayda zarrachalardan tozalash jihozini titish barabani silindrsimon gardish va unga o‘rnatiladigan qoziqchalar uchun epoksid-dian smolasi asosida antifriksion-eyilishga bardoshli polimer materialni yangi tarkibi asosida qoplama va quyma detal olish texnologiyasi va konstruksiyasini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
paxta tolasini mayda zarrachalardan tozalash jihozi qoziqlari barabani uchun pastki uchida rezbasi bo‘lgan sterjendan, yuqori qismi qoziq kallagining teshigiga presslangan, ishchi qismi qoziqning o‘rtasiga toraytirilgan egri chiziqli yuzaga ega paxtani bevosita ilib olishni ta’minlaydigan qoziqcha konstruksiyasi yaratilgan (IAP 7775);
paxta tolasini mayda zarrachalardan tozalash qoziqchali barabani uchun mexanokimyoviy modifikatsiyalash usulida mahalliy to‘ldiruvchilar va chiqindi mahsulotlardan foydalanib reaktoplast epoksid-dian smolasi (ED-20) bog‘lovchi asosida antifriksion-eyilishga bardoshli polimer kompozit materialning tarkibi yaratilgan (IAP 8131);
yaratilgan reaktoplast epoksid-dian smolasi (ED-20) bog‘lovchi asosida antifriksion-eyilishga bardoshli paxta tolasini mayda zarrachalardan tozalash barabani qoziqchalari uchun mexanokimyoviy modifikatsiyalangan mahalliy to‘ldiruvchilar va chiqindilardan olish tarkibi hamda texnologiyasi yaratilgan (IAP 8131);
paxta tolasini qayta ishlash jihozi titish barabani uchun karbonizatsiyalangan koks bilan modifikatsiyalash usulida 2,2-bis (4-gidroksifenil) propan, gidroksimetilfurfurol va trietilentetraminning o‘zaro ta’sirlashuv mahsulotini qotiruvchi sifatida qo‘llanilishi materialning eyilishga bardoshliligini ta’minlashi aniqlangan;
yaratilgan epoksid-dian termoreaktiv bog‘lovchili kompozit polimer materiallarni tribotexnik xossalari yaxshilanishi hisobiga tolali xomashyolarni mayda zarrachalardan tozalash barabani uchun qoplama va quyma detal-qoziqchalarda qo‘llanilishi, paxtani qayta ishlash texnologik jihozlarini ekspluatatsion ishonchliligini oshirishi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxta xomashyosini mayda zarrachalardan tozalash barabani uchun antifriksion-eyilishga bardoshli polimer kompozit materialning yangi tarkibidan qoplama va quyma detal-qoziqcha olish va qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
IAP 8131 asosidagi antifriksion-eyilishga bardoshli polimer kompozit materialidan IAP 7775 bo‘yicha ishlab chiqarilgan qoziqchali baraban jihozi «Grand Metall Servis» MChJ metallarni qayta ishlash korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2025-yil 18-avgustdagi 02/25-1993-son ma’lumotnomasi). Natijada, korxonada texnologik jihozlarning  material-resursi tejamkorligini 40%, energiya tejamkorligini 15-20% oshirish, jihozning umumiy vaznini 15% kamaytirish imkonini bergan; 
«Grand Metall Servis» MChJ metallarni qayta ishlash korxonasida ishlab chiqarilgan antifriksion-eyilishga bardoshli polimer kompozit materialidan paxta xomashyosini mayda zarrachalardan tozalashda qo‘llaniladigan titish barabani qoziqchalari yangi konstruksiyasi va qoplama bilan qoplangan baraban texnologik jihozi «Oʻzbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlar» uyushmasining «Vodiy sanoat faxri» MChJ va «Saxovat teks cluster» MChJ paxta tozalash korxonalarida amaliyotga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2025-yil                        18-avgustdagi 02/25-1993-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mahsulot (tola)ning mexanik shikastlanishi (jarohatlanishi) ishqalanish koeffisientini kamayishi hisobiga umumiy mahsulotni hajmiga nisbatan tolaning nav sifati yo‘qotilishi  1,2-1,5%, chigitning ezilishini 10-15%, energiya sarfi 15-20% kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish