Xayrullaeva Iroda Faxriddinovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XX asr o‘rtalari – XXI asr boshlarida Hindistonda xotin-qizlar ta’limining mintaqaviy xususiyatlari”,  07.00.03 – Jahon tarixi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tar1495 
Ilmiy rahbar: Shadmanova Sanavar Bazarbaevna, tarix fanlar doktori, 
professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/31/01/2024/Tar.21.03  Rasmiy opponentlar: 
Raximov Mirzohid Akramovich, tarix fanlar doktori, professor.
Feruza Jumaniyozova Djumanazarova, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XX asr o‘rtalaridan XXI asr boshlariga qadar Hindiston jamiyatida xotin-qizlar ta’limining shakllanishi va rivojlanish jarayonini tarixiy shart-sharoitlar kontekstida ilmiy tahlil qilish hamda uning mintaqaviy xususiyatlarini kompleks yondashuv asosida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Hindistonda Britaniya ma’muriyati xotin-qizlar ta’limiga alohida e’tibor qaratgan bo‘lsa-da, bu jarayonning asosiy maqsadi ayollarni haqiqiy ma’noda ziyolilashuviga erishish emas edi, aksincha, amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar mustamlaka siyosatining tarkibiy qismi bo‘lib, arzon ishchi kuchini tayyorlash, iqtisodiy samaradorlikni oshirish hamda inson kapitalidan yanada unumli foydalanish orqali Britaniya hukmronligini mustahkamlashga qaratilganligi ilmiy jihatdan asoslab berilgan;
Hindistonning turli mintaqalarida xotin-qizlarning ta’lim sohasiga jalb etilishidagi nomutanosiblik patriarxal qadriyatlarning kuchliligi, diniy va iqtisodiy to‘siqlar, infratuzilma etishmasligi, siyosiy-ijtimoiy dasturlarning sust ijrosi, til to‘siqlari, ayol pedagog kadrlar tanqisligi va boshqa shu kabi omillar bilan izohlanib, bu holat mamlakat shimolida joylashgan Uttar-Pradesh shtatidagi ta’lim darajasini taqdqiq qilish natijasida isbotlangan;  
Janubiy Hindiston mintaqasida xotin-qizlarning ta’lim sohasiga keng jalb qilinishiga ijtimoiy-siyosiy harakatlar, xususan “Self-Respect Movement” va Dravid harakatlarining faoliyati, shuningdek, janubiy hududlarda saqlanib qolgan marumakkathayam tuzum elementlari hamda gender tenglik tamoyillarining nisbatan kuchliroq bo‘lishi ijobiy ta’sir ko‘rsatganligi aniqlanib, mazkur omillar Janubiy mintaqada ayollarning savodxonlik darajasi oshishi, ularning ta’lim jarayonida faol ishtirok etishi hamda jamiyatda xotin-qizlarning ijtimoiy mavqeyining mustahkamlanishida muhim rol o‘ynaganligi ilmiy jihatdan ochib berilgan;
Agrar sohaga yo‘naltirilgan shimoliy hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi nisbatan orqada bo‘lib, xotin-qizlarning asosan agrar soha hamda o‘zini-o‘zi band qilish sektorlarida band bo‘lishi, janubda esa aksincha xotin-qizlarning aksariyati sanoat hamda davlat korxonalarida faoliyat olib borishi hududlardagi xotin-qizlar savodxonlik ko‘rsatkichiga sezilarli ta’sir ko‘rsatganligi ilmiy jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XX asr o‘rtalaridan hind jamiyatidagi xotin-qizlarning ta’lim sohasiga bo‘lgan qiziqishi, aholining ayollar ta’lim olishiga bo‘lgan qarashlarining sekin-asta o‘zgarishi, markaziy hukumat tomonidan ushbu sohani rivojlantirish maqsadida olib borilgan iqtisodiy-ijtimoiy faoliyatiga oid ilmiy xulosalardan t.f.d., prof. S.B. Shadmanova muallifligidagi “Sharq mamlakatlarida gender munosabatlari tarixi” darsligining “XVIII-XIX asrlarda xotin-qizlar masalasi. Xotin-qizlar harakati va uning yo‘nalishlari”, “XX-XXI asrlarda xotin-qizlarning ijtimoiy mavqeyi o‘zgarishi” hamda “Sharq xotin-qizlari va ta’lim” nomli mavzularini ishlab chiqishda foydalanilgan. Ushbu darslik tarix, sotsiologiya, huquq, madaniyatshunoslik va gender tadqiqotlari yo‘nalishlarida tahsil oluvchi talabalar, magistrantlar, tadqiqotchilar hamda keng o‘quvchilar auditoriyasi uchun mo‘ljallangan. Matnda tarixiy tahlillar, manbalar, testlar va muhokama uchun savollar berilishi o‘quvchilarga mustaqil tahlil qilish va taqqoslash qobiliyatini rivojlantirish imkonini yaratadi. Mazkur darslik Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining AL-7823051605-sonli “Sharq mamlakatlarida gender munosabatlari (Sharqning eng mashhur 100 ayoli) elektron platformasini yaratish” nomli amamliy loyiha doirasida nashr etilgan bo‘lib, u Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti Ilmiy kengashining 2025-yil 29-martdagi 8-sonli qaroriga asosan nashrga tavsiya etilgan (Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining 2025-yil 5-sentyabrdagi 01-04-02/2096-sonli ma’lumotnomasi).  Natijada talabalar, ilmiy tadqiqotchilar uchun hind xotin-qizlari ta’limi holatini to‘liqroq etkazib berishga xizmat qilgan;
Hindistonda Britaniya ma’muriyati xotin-qizlar ta’limiga alohida e’tibor qaratgan bo‘lsa-da, bu jarayonning asosiy maqsadi ayollarni haqiqiy ma’noda ziyolilashuviga erishish emas edi. Aksincha, amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar mustamlaka siyosatining tarkibiy qismi bo‘lib, arzon ishchi kuchini tayyorlash, iqtisodiy samaradorlikni oshirish hamda inson kapitalidan yanada unumli foydalanish orqali Britaniya hukmronligini mustahkamlashga qaratilganligi hamda Hindistonning turli mintaqalarida xotin-qizlarning ta’lim sohasiga jalb etilishidagi nomutanosiblik patriarxal qadriyatlarning kuchliligi, diniy va iqtisodiy to‘siqlar, infratuzilma etishmasligi, siyosiy-ijtimoiy dasturlarning sust ijrosi, til to‘siqlari, ayol pedagog kadrlar tanqisligi va boshqa shu kabi omillar bilan izohlanib, bu holat mamlakat shimolida joylashgan Uttar-Pradesh shtatidagi ta’lim darajasini taqdqiq qilish natijalari t.f.d., prof. S.B. Shadmanova muallifligidagi “Sharq mamlakatlarida gender munosabatlari tarixi” darsligida foydalanilgan (Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining 2025-yil 5-sentyabrdagi 01-04-02/2096-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot natijalari Sharq mamlakatlari gender tarixi yo‘nalishida tahsil olayotgan talaba, magistr hamda boshqa ilmiy tadqiqotchilar uchun muhim nazariy manba sifatida xizmat qilgan;  
Janubiy Hindiston mintaqasida xotin-qizlarning ta’lim sohasiga keng jalb qilinishiga ijtimoiy-siyosiy harakatlar, xususan “Self-Respect Movement” va Dravid harakatlarining faoliyati, shuningdek, janubiy hududlarda saqlanib qolgan marumakkathayam tuzum elementlari hamda gender tenglik tamoyillarining nisbatan kuchliroq bo‘lishi ijobiy ta’sir ko‘rsatganligi aniqlanib, mazkur omillar Janubiy mintaqada ayollarning savodxonlik darajasi oshishi, ularning ta’lim jarayonida faol ishtirok etishi hamda jamiyatda xotin-qizlarning ijtimoiy mavqeyining mustahkamlanishida muhim rol o‘ynaganligi ochib berishga ma’lumotlar “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025-yil 20-avgustdagi 01-33/630-son ma’lumotnomasi). Natijada tomoshabinlarda Hindiston xotin-qizlarining ta’lim tizimi to‘g‘risida muayyan tasavvur va bilim ko‘nikmalari shakllanishiga xizmat qilgan;
Agrar sohaga yo‘naltirilgan shimoliy hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi nisbatan orqada bo‘lib, xotin-qizlarning asosan agrar soha hamda o‘zini-o‘zi band qilish sektorlarida band bo‘lishi, janubda esa aksincha xotin-qizlarning aksariyati sanoat hamda davlat korxonalarida faoliyat olib borishi hududlardagi xotin-qizlar savodxonlik ko‘rsatkichiga sezilarli ta’sir ko‘rsatganligi O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi ilmiy  yigʻilishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi 2025-yil 3-oktyabrdagi 4-09-21-5318-sonli dalolatnomasi). Mazkur dissertatsiya ishi yoshlar o‘rtasida axloqiy tarbiya, bilim berish va ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish