Elimov Lochin Shavkatovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Evropa renessansi davri tarixiga Amir Temurning ta’siri”, 07.00.03 – Jahon tarixi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Tar588
Ilmiy rahbar: Karimov Nodir Rahmonqulovich, tarix fanlar doktori, 
dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/31/01/2024/Tar.21.03  Rasmiy opponentlar: 
Yusupova Dilorom Yunusovna, tarix fanlari doktori, akademik.
Abdullaev Ulug‘bek Artikboevich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Evropa tarixiy manbalarida Amir Temur faoliyatiga berilgan baholarni o‘rganish hamda uning Renessans davridagi o‘rniga bildirilgan munosabatni ilmiy asosda yoritishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
xorijiy tarixchilarning Amir Temur faoliyatiga nisbatan bildirgan noto‘g‘ri talqinlari tanqidiy baholanishi natijasida ayrim g‘arb tarixchilarining uni faqat “vayronkor bosqinchi” sifatida ko‘rsatishi va uning ilm-fan hamda madaniyat rivojiga qo‘shgan hissasini butunlay e’tiborsiz qoldirishi rad etilib, Usmonli sultoni Boyazid I ustidan qozonilgan g‘alabaning “tasodifiy voqea” sifatida talqin qilinishi ilmiy asosda inkor etilishi orqali uning Evropa siyosiy barqarorligi va madaniy uyg‘onish jarayoniga ko‘rsatgan real ta’siri isbotlangan;
Amir Temurning Yaqin Sharq hududida olib borgan g‘olibona harbiy yurishlari sababli Evropa va Sharq xalqlari o‘rtasidagi siyosiy hamda diplomatik munosabatlar ijobiy tomonga o‘zgarganligi, uzoq vaqt davomida tang bo‘lib qolgan aloqalar Sohibqironning bu mintaqaga kirib kelishi bilan qayta jonlanganligi, natijada ikki mintaqa o‘rtasida o‘zaro ishonch va hamkorlik mustahkamlanganligi, bu esa o‘z navbatida madaniy aloqalarning tiklanishiga va ilmiy hamda ma’naviy meros almashinuvi uchun keng imkoniyatlar yaratilishiga olib kelganligi asoslangan;
Evropa adabiy-badiiy tafakkurida Amir Temur obrazining shakllanishi uni faqat Sharq hukmdori sifatida emas, balki kuch, iroda, adolat va aql timsoli sifatida talqin etilishi, jumladan, Kristofer Marloning “Buyuk Termur” tragediyasida Amir Temur insoniy qudrat va tafakkur imkoniyatlarining timsoli sifatida gavdalantirilganligi, Edmund Spenserning “Sehrli malika” asarida u g‘ayrat, iroda va ezgulik yoʻlidagi kurash ramzi sifatida talqin qilinganligi, Dyurer va Bottichelli asarlaridagi ikonografik tahlillar Amir Temur shaxsiga xos kuch, tartib va ilohiy adolat g‘oyalarining Evropa san’atida ramziy tarzda mujassam etilganligi, Ariosto asarlarida esa Sohibqironning obrazidan Evropa risarlik eposiga xos jasorat va ma’naviy yuksaklik timsoli sifatida foydalanilganligi ochib berilgan;
Amir Temurning Osiyoning g‘arbiy qismidagi faol harakatlari mintaqaning geosiyosiy vaziyatiga ta’sir ko‘rsatganligi, Italiya davlatlarining siyosiy mustahkamlanishiga yordam berganligi, ularning madaniy taraqqiyotiga ham bilvosita turtki bo‘lganligi, Sohibqiron davrida Samarqandda shakllangan meʼmoriy an’analar, xususan gumbaz qurilishi uslubi XV asr boshlarida Florensiyada paydo bo‘ldi, keyinchalik boshqa Evropa shaharlari meʼmorchiligiga ham keng yoyilganligi, bu esa Sharq va G‘arb madaniyatlari o‘rtasidagi uzviy ta’sir va o‘zaro aloqalarning muhim dalili sifatida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. xorijiy tarixchilarning Amir Temur faoliyatiga nisbatan bildirgan noto‘g‘ri talqinlari tanqidiy baholanishi natijasida ayrim g‘arb tarixchilarining uni faqat “vayronkor bosqinchi” sifatida ko‘rsatishi va uning ilm-fan hamda madaniyat rivojiga qo‘shgan hissasini butunlay e’tiborsiz qoldirishi rad etilib, Usmonli sultoni Boyazid I ustidan qozonilgan g‘alabaning “tasodifiy voqea” sifatida talqin qilinishi ilmiy asosda inkor etilishi orqali uning Evropa siyosiy barqarorligi va madaniy uyg‘onish jarayoniga ko‘rsatgan real ta’siri isbotlangan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat unitar korxonasi tomonidan 2023-yil 08-avgust sanasi bilan taqdim etilgan 02-31-1192-son ma’lumotnoma). Natijada, teleko‘rsatuv milliy tariximizni obektiv yoritish, xorijiy stereotiplarga qarshi ilmiy asosda dalillar keltirish va Amir Temur merosini Yangi O‘zbekiston mafkuraviy-ma’naviy tiklanishining tarkibiy qismi sifatida anglash jarayoniga sezilarli hissa qo‘shdi.
Amir Temurning Yaqin Sharq hududida olib borgan g‘olibona harbiy yurishlari sababli Evropa va Sharq xalqlari o‘rtasidagi siyosiy hamda diplomatik munosabatlar ijobiy tomonga o‘zgarganligi, uzoq vaqt davomida tang bo‘lib qolgan aloqalar Sohibqironning bu mintaqaga kirib kelishi bilan qayta jonlanganligi, natijada ikki mintaqa o‘rtasida o‘zaro ishonch va hamkorlik mustahkamlanganligi, bu esa o‘z navbatida madaniy aloqalarning tiklanishiga va ilmiy hamda ma’naviy meros almashinuvi uchun keng imkoniyatlar yaratilishiga olib kelganligi asoslangan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan 2025-yil 18-avgust sanasi bilan taqdim etilgan 01-3-22-097 -son ma’lumotnoma). Natijada, mazkur ilmiy natijalar yoshlar ongida Amir Temur va Temuriylar sulolasining jahon tarixidagi o‘rni haqida chuqurroq tasavvur shakllantirishga xizmat qildi.
Evropa adabiy-badiiy tafakkurida Amir Temur obrazining shakllanishi uni faqat Sharq hukmdori sifatida emas, balki kuch, iroda, adolat va aql timsoli sifatida talqin etilishi, jumladan, Kristofer Marloning “Buyuk Termur” tragediyasida Amir Temur insoniy qudrat va tafakkur imkoniyatlarining timsoli sifatida gavdalantirilganligi, Edmund Spenserning “Sehrli malika” asarida u g‘ayrat, iroda va ezgulik yoʻlidagi kurash ramzi sifatida talqin qilinganligi, Dyurer va Bottichelli asarlaridagi ikonografik tahlillar Amir Temur shaxsiga xos kuch, tartib va ilohiy adolat g‘oyalarining Evropa san’atida ramziy tarzda mujassam etilganligi, Ariosto asarlarida esa Sohibqironning obrazidan Evropa risarlik eposiga xos jasorat va ma’naviy yuksaklik timsoli sifatida foydalanilganligi ochib berilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2025-yil 27-avgust sanasi bilan taqdim etilgan 02-1037-son ma’lumotnoma). Natijada, Evropa renessansi davri tarixida Amir Temurning o‘rni asosida aholining, ayniqsa yoshlarning vatanparvarlik ruhida tarbiyalanishi, ma’naviy ruhlanishi va ezgu maqsadlar yo‘lida birlashishiga xizmat qilgan.
Amir Temurning Osiyoning g‘arbiy qismidagi faol harakatlari mintaqaning geosiyosiy vaziyatiga ta’sir ko‘rsatganligi, Italiya davlatlarining siyosiy mustahkamlanishiga yordam berganligi, ularning madaniy taraqqiyotiga ham bilvosita turtki bo‘lganligi, Sohibqiron davrida Samarqandda shakllangan meʼmoriy an’analar, xususan gumbaz qurilishi uslubi XV asr boshlarida Florensiyada paydo bo‘ldi, keyinchalik boshqa Evropa shaharlari meʼmorchiligiga ham keng yoyilganligi, bu esa Sharq va G‘arb madaniyatlari o‘rtasidagi uzviy ta’sir va o‘zaro aloqalarning muhim dalili sifatida dalillangan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2025-yil 27-avgust sanasi bilan taqdim etilgan 02-1037-son ma’lumotnoma). Bu markaz faoliyatining Yangi O‘zbekiston ma’naviyat siyosati konsepsiyasiga uyg‘un holda, Amir Temur shaxsini global sivilizatsiyalararo muloqot ramzi sifatida targ‘ib etish yo‘nalishlarini shakllantirishga xizmat qildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish