To‘xtasinov Shukurjon Shavkatjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda jadidchilik harakatining o‘rni va ahamiyati” 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fal639
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti PhD.03/30.04.2021.F.76.06.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Dexkanov Narimon Burxonjonovich siyosiy fanlari doktori (DSc), professor.
Rasmiy opponentlar: Ismoilov Maxamadixon Isroilovich falsafa fanlari doktori, professor; Nazarov Qiyom Normirzaevich falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Yangi O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda jadidchilik harakatining ijtimoiy-falsafiy jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fuqarolik jamiyatining siyosiy plyurializm, ijtimoiy institut va siyosiy partiyalar erkinligiga doir praksiologik faoliyat mexanizmlari, jadidlarning ijtimoiy ma’rifat va ijtimoiy tenglik g‘oyalari bilan dialektik aloqadorligi proporsional munosabatlar atributi ekanligi falsafiy asoslangan;
fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash, jamiyatni noosferalash, gumanizatsiyalashda jadidlarning ijtimoiy mas’uliyat va axloqiy pozisiyani shakllantirishga (ma’rifat, ahloq, faollik va birlik) doir qarashlari Yangi O‘zbekiston milliy demokratik taraqqiyotiga intensiv ta’siri yoshlar ongida aksiologik orientatsiyaga asoslangan munosabatni shakllantirishi ochib berilgan;
jamiyatning yangi taraqqiyot bosqichida ma’rifiy uyg‘onish va modernizatsiyalash jarayonlarini mustahkamlash, jadidchilik harakatining ijtimoiy uyg‘onish paradigmasida jamiyatning konstruktiv atributlarini ta’minlovchi ratsional ko‘rsatkichlar (birdamlik, anʼana, qadriyat) ni rivojlantirishi aniqlangan;
fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda demokratiyaning mental xususiyatlari, sotsiumlararo ijtimoiy makon strukturasida jadidlarning “ozodlik, ma’rifat, madaniya” konsepsiyasi bilan o‘zoro aloqadorlikni ta’minlab, jamiyatda diniylik va dunyoviylik uyg‘unligini ifoda etuvchi dualistik yondashuvlari, globallashuv sharoitida muhim omili ekanligi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda jadidchilik ta’limotining o‘rni va ahamiyati asosida ishlab chiqilgan takliflar asosida:
jamiyatning yangi taraqqiyot bosqichida ma’rifiy uyg‘onish va modernizatsiyalash jarayonlarini mustahkamlash, jadidchilik harakatining ijtimoiy uyg‘onish paradigmasida jamiyatning konstruktiv atributlarini ta’minlovchi ratsional ko‘rsatkichlar (birdamlik, anʼana, qadriyat) ni rivojlantirishi aniqlanganligi 2025 yil 4 yanvarda Markaz rahbari tomonidan tasdiqlangan “Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2025-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”ning IV yo‘nalishida belgilangan “Aholi o‘rtasida vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirish, yangilanish jarayonlari va tub islohotlarga daxldorlik xissini uyg‘otish, tarixiy va muhim sanalarda ularni birlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar” 23-bandi “Yoshlarda yuksak vatanparvarlik, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini rivojlantirish, harbiylar, vatan himoyachilariga hurmat uyg‘otish, Vatanni himoya qilishni eng sharafli burch ekanligini keng targ‘ib qilish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni yo‘lga qo‘yish”mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 22-iyuldagi 10/450-son dalolatnomasi). Natijada, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2025 yilda sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining samaradorligini oshirishda, talaba-yoshlarni buyuk ajdodlar merosiga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qilgan;
fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda demokratiyaning mental xususiyatlari, sotsiumlararo ijtimoiy makon strukturasida jadidlarning “ozodlik, ma’rifat, madaniya” konsepsiyasi bilan o‘zoro aloqadorlikni ta’minlab, jamiyatda diniylik va dunyoviylik uyg‘unligini ifoda etuvchi dualistik yondashuvlari, globallashuv sharoitida muhim omili ekanligi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2025-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining IV yo‘nalishida belgilangan targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 22-iyuldagi 10/450-son dalolatnomasi). Natijada, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga va yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qilgan;
fuqarolik jamiyatining siyosiy plyurializm, ijtimoiy institut va siyosiy partiyalar erkinligiga doir praksiologik faoliyat mexanizmlari, jadidlarning ijtimoiy ma’rifat va ijtimoiy tenglik g‘oyalari bilan dialektik aloqadorligi proporsional munosabatlar atributi ekanligiga oid taklif va tavsiyalardan “O‘zbekiston” teleradiokanalidagi “Millat va ma’naviyat”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” dasturlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025-yil 19-avgustdagi 05-09-1325-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur dasturlar mazmunan boyigan hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar mohiyatini aholiga etkazishga xizmat qilgan.
fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash, jamiyatni noosferalash, gumanizatsiyalashda jadidlarning ijtimoiy mas’uliyat va axloqiy pozisiyani shakllantirishga (ma’rifat, ahloq, faollik va birlik) doir qarashlari Yangi O‘zbekiston milliy demokratik taraqqiyotiga intensiv ta’siri yoshlar ongida aksiologik orientatsiyaga asoslangan munosabatni shakllantirishga oid taklif va tavsiyalardan “O‘zbekiston” teleradiokanalida 2025 yil yanvar-iyun oylarida dasturlarning ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025-yil 19-avgustdagi 05-09-1325-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Ijtimoiy fikr”, “Yangi O‘zbekiston yoshlari” va “Huquq va taraqqiyot” dasturlarini samarali tashkil etish va aholining siyosiy madaniyati va savodxonligini oshirishga xizmat qilgan.