Ja’farov Ibrohimjon Xolmuhammad o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Globallashuv sharoitida ma’naviy-axloqiy qadriyatlar transformatsiyasi: ijtimoiy-falsafiy tahlil” 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fal1419
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat pedagogika instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti PhD.03/30.04.2021.F.76.06.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Kodirov Nodirbek Mamasolievich falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Rasmiy opponentlar: Sobirova Marxabo Abduganievna falsafa fanlari doktori (DSc); Abdumutal Axadjonovich Qambarov falsafa fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat  universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi globallashuv sharoitida ma’naviy-axloqiy qadriyatlarda yuz berayotgan transformatsiya jarayonlarining ijtimoiy-falsafiy jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
raqamli dunyoda milliy o‘zlikni anglashdagi paradigmatik (erkinlik, mustaqillik, hurfikrlilik) o‘zgarishlar, yoshlarda insoniylik, ma’suliyat va ijodkorlik kabi ma’naviy-axloqiy imperativlarga intensiv ta’siri orqali, jamiyatda aksiologik birdamlikni belgilovchi ma’naviy qadriyatlar tizimini ekanligi ochib berilgan; 
globallashuv sharoitida ma’naviy-axloqiy qadriyatlar tizimini mustahkamlash, avlodlararo vorisiylikni belgilashda anʼanaviylik va zamonaviylikning dixotomik uzviyligini aks ettirishi orqali jamiyatda ratsional aksiologik tafakkurni rivojlantirishi axloqiy ong va madaniy o‘zlikni saqlashga qaratilgan strategik yondashuvlar ekanligi falsafiy asoslangan;  
jamiyatda ekzistensial xatarlarni bartaraf etuvchi axloqiy mexanizmlar (tenglik, hamkorlik, muloqot, ma’suliyat) ni rivojlantirish, yoshlarda ijtimoiy infantillik(ijtimoiylashuv mexanizmlarining buzilishi) ni oldini olib, yoshlarning kreativ faolligi va intellektual salohiyatiga ijobiy ta’siri ochib berilgan; 
globallashuv sharoitida aksiologik birlashuv tamoyillarini (hamjihatlik, muloqot, tenglik) rivojlantirish, jamiyatda erkin tafakkur, ijtimoiy faollik va bag‘rikenglik tuyg‘usini mustahkamlab, global maydondagi ekzistensial xatarlarni bartaraf etishda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni zamonaviy ijtimoiy voqelik bilan uyg‘un holda anglashning dialektik aloqadorligi ilmiy dalillangan;  
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Globallashuv sharoitida ma’naviy-axloqiy qadriyatlar transformatsiyasi: ijtimoiy-falsafiy tahlil” bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida: 
raqamli dunyoda ma’naviy-axloqiy qadriyatlar tizimini rivojlantirish, milliy o‘zlikni anglashda dinamik o‘zgarishlarni keltirib chiqarishiga oid taklif va tavsiyalaridan 2024 yil 4-yanvarda Markaz rahbari tomonidan tasdiqlangan “Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”ning III yo‘nalishida belgilangan “Milliy g‘oya targ‘ibotini kuchaytirish, jamiyatda sog‘lom mafkura, yangi ma’naviy makon, ma’rifatli jamiyatni barpo etishga qaratilgan chora-tadbirlar” 18-bandi “G‘oyaviy-mafkuraviy tahdidlarning ta’sirini tadqiq qilish, zamonaviy raqamli targ‘ibot texnologiyalarini qo‘llash borasida rivojlangan mamlakatlar tajribasini o‘rganish uchun ilmiy jamoalarni xorijga yuborish yuzasidan takliflar tayyorlash” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 25 iyundagi 10/371-son dalolatnomasi). Natijada, globallashuv sharoitida ma’naviy-axloqiy qadriyatlar transformatsiyasini yoritishga xizmat qilgan;
globallashuv sharoitida ma’naviy-axloqiy qadriyatlar tizimini mustahkamlash, avlodlararo vorisiylikni belgilashda anʼanaviylik va zamonaviylikning dixotomik uzviyligini aks ettirishiga doir ilmiy xulosa va tavsiyalaridan “O‘zbekiston” teleradiokanalidagi “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Millat va ma’naviyat” dasturlarining ssenariylarini (2025 yil yanvar-iyun oylarida) tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025-yil 7-iyuldagi 05-09-1083-son ma’lumotnomasi). Natijada,  axloqiy ong va madaniy o‘zlikni saqlashga qaratilgan strategik yondashuvlarni ishlab chiqishga hamda jamiyatda ratsional aksiologik tafakkurni rivojlantirishga xizmat qilgan;
jamiyatda ekzistensial xatarlarni bartaraf etuvchi axloqiy mexanizmlar (tenglik, hamkorlik, muloqot, ma’suliyat) ni rivojlantirish, yoshlarda ijtimoiy infantillik(ijtimoiylashuv mexanizmlarining buzilishi) ni oldini olishiga doir xulosa va takliflaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining III yo‘nalishida belgilangan “Milliy g‘oya targ‘ibotini kuchaytirish, jamiyatda sog‘lom mafkura, yangi ma’naviy makon, ma’rifatli jamiyatni barpo etishga qaratilgan chora-tadbirlar” 18-bandi “G‘oyaviy-mafkuraviy tahdidlarning ta’sirini tadqiq qilish, zamonaviy raqamli targ‘ibot texnologiyalarini qo‘llash borasida rivojlangan mamlakatlar tajribasini o‘rganish uchun ilmiy jamoalarni xorijga yuborish yuzasidan takliflar tayyorlash” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 25 iyundagi 10/371-son dalolatnomasi). Natijada, globallashuv sharoitida ma’naviy-axloqiy qadriyatlar transformatsiyasini yoritishga xizmat qilgan;
globallashuv sharoitida aksiologik birlashuv tamoyillarni (hamjihatlik, muloqot, ma’suliyatni) rivojlantirish, yoshlarda erkin tafakkur, ijtimoiy faollik va ijtimoiy mas’uliyat tuyg‘usini mustahkamlashiga doir ilmiy taklif va xklosalaridan Yoshlar ishlari agentligi va hududiy boshqarmalarining “Yoshlar dasturi”, “Ish rejasi” va boshqa yo‘l xaritalari bandlarida hamda yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviyma’rifiy ishlar sohasida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlari (konferensiya, davra suhbati, seminar va uchrashuvlar)da foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligining 2025-yil 8-iyuldagi 05-01-18-886-son ma’lumotnomasi). Natijada, g‘oyaviy-mafkuraviy tahdidlarni bartaraf etishda ma’naviy-axloqiy qadriyatlar hamda milliy merosning fenomenologik uyg‘unligi mustahkamlashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish