Obloqulov Feruz Abduraymovichning

dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kartoshka seleksion namunalarini qimmatli xo‘jalik belgi xususiyatlari bo‘yicha baholash va tanlash», 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Qx340.

Ilmiy rahbar: Ergashev Ibragim Tashkentovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.

Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Samarqand veterinariya medisinasi instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.27.06.2017.Qx.13.01.

O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan: kartoshkaning «Farovon» navi (№NAR 00203, 30.11.2018 y.).

O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2019 yil 22 yanvardagi 01-11/211-son xulosasi.

II. Tadqiqotning maqsadi: kartoshka duragaylari, duragay populyasiyalari va o‘zidan changlatilgan liniyalarini seleksiya jarayonida yakka klonli tanlash va samarali baholash usullarini qo‘llash asosida tezpishar, bir yilda ikki hosil olishga yaroqli va boshqa qimmatli xo‘jalik belgilariga ega bo‘lgan navlarni yaratishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

kartoshka seleksion namunalarining fenologik, biometrik, virusli kasalliklar bilan zararlanish darajasi, mahsuldorlik va hosildorlik ko‘rsatkichlari aniqlangan;

kartoshka duragaylari, duragay populyasiyalari va o‘zidan changlatilgan liniyalari orasidan yakka klonli tanlash asosida tezpishar, bir yilda ikki hosil olishga yaroqli va boshqa qimmatli xo‘jalik belgilariga ega bo‘lgan «Farovon» navi yaratilgan;

kartoshkaning tezpishar, virusli kasalliklarga chidamli, hosildorligi yuqori boshlang‘ich manbalari tanlab olingan va seleksiya jarayonining keyingi bosqichlarida baholangan;

kartoshka seleksiyasida tezpisharlilik, hosildorlik va virusli kasalliklarga chidamlilik va boshqa qimmatli xo‘jalik belgilari bo‘yicha namunalar ajratilgan va amaliy seleksiya uchun tavsiya etilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Kartoshka seleksion namunalarini qimmatli xo‘jalik belgi xususiyatlari bo‘yicha baholash va tanlash yo‘nalishida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:

kartoshka duragaylari, duragay populyasiyalari va o‘zidan changlatilgan liniyalari orasidan yakka klonli tanlash asosida yangi tezpishar «Farovon» navi yaratilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 21 fevraldagi 02/029-116-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur kartoshka navi respublikamiz sharoitida ertapishar navlar qatorida ekish uchun keng maydonlarga joylashtirilgan;

bir yilda ikki hosil olishga yaroqli va boshqa qimmatli xo‘jalik belgilariga ega bo‘lgan ushbu nav 2018 yil istiqbolli nav sifatida va 2019 yildan boshlab respublikaning barcha hududlarida ekish uchun Davlat reestriga kiritilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 21 fevraldagi 02/029-116-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu kartoshka navidan Zarafshon vodiysi tuproq-iqlom sharoitida yuqori va sifatli kartoshka hosili etishtirishga erishilgan;

kartoshkaning yangi yaratilgan «Farovon» navi Samarqand viloyati Samarqand, Bulung‘ur, Jomboy, Tayloq va Urgut tumanlarida jami 115 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 21 fevraldagi 02/029-116-son ma’lumotnomasi) Buning natijasida ushbu navdan gektaridan o‘ratacha 27-31 tonna hosil olingan va andoza navga nisbatan qo‘shimcha hosil 2-3 tonnani tashkil etadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish