Usmanova Dilfuzaxon Ibroximovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.     Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Covershenstvovanie formirovaniya strategicheskogo menedjmenta v sportivnix organizatsiyax (na primere shaxmatnoy federatsii”, 08.00.13 – Menejment. (Sport tashkilotlarida strategik menejmentni shakllantirishni takomillashtirish (shaxmat federatsiyasi misolida))
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Iqt1619
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Ikramov Murat Akramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.60.03
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Abdullaev Abdujabbor;  iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD) Safina Nafisa Talgatovna
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sport tashkilotlarini strategik boshqaruvni takomillashtirishni ilmiy asoslashdan iborat bo‘lib, bu ommaviylikning o‘sishini ta’minlaydi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida shaxmatni rivojlantirish instrumentlaridan foydalanish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:    
sport tashkilotlarida tez o‘zgaruvchan muhit, muxlislar va homiylarga bog‘liqlik, sportchilarning iste’dodini boshqarish va rivojlantirish, sport inshootlari va infratuzilmani boshqarish, manfaatdor tomonlar bilan hamkorlik qilish kabi o‘ziga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda mualliflik yondashuvi asosida “sport tashkilotlarida strategik menejment” atamasi shakllantirilgan bo‘lib, unda “tashkilotning resurslarini asosiy maqsad va vazifalarini amalga oshirishda aholining turli xil qatlamini ommaviy jalb etish” deb ta’riflangan;
sport tashkilotlarida strategik menejmentning zamon talablarini inobatga olgan holda (globallashuv, raqamlashtirish, ekologiyalash va boshqalar) qo‘shimcha prinsiplar ishlab chiqilgan, ular asosida aholining turli qatlamlarini jismoniy madaniyat va sportga jalb etish imkoniyatlari kengaygan hamda strategik menejment turlari tasniflashtirilgan;
ishlab chiqilgan va takomillashtirilgan boshqaruv strategiyalari tamoyillari asosida shaxmat bilan shug‘ullanishni ommaviylashtirish modeli ishlab chiqilgan bo‘lib, ushbu model asosida aholining intellektual saviyasini rivojlantirish, uzviylik va uzlyuksizlikni ta’minlash asoslangan;
taklif etilgan modeli asosida shaxmat bilan shug‘ullanishni ommaviylashtirish strategiyasi ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasida 2030-yilga qadar shaxmatga jalb etishni rivojlantirish prognozi ishlab chiqildi. 
IV. Sport tashkilotlarida strategik menejmentni shakllantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
sport tashkilotlarida tez o‘zgaruvchan muhit, muxlislar va homiylarga bog‘liqlik, sportchilarning iste’dodini boshqarish va rivojlantirish, sport inshootlari va infratuzilmani boshqarish, manfaatdor tomonlar bilan hamkorlik qilish kabi o‘ziga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda mualliflik yondashuvi asosida “sport tashkilotlarida strategik menejment” atamasi shakllantirilgan bo‘lib, unda “tashkilotning resurslarini asosiy maqsad va vazifalarini amalga oshirishda aholining turli xil qatlamini ommaviy jalb etish” deb ta’riflangan. Sport tashkilotlarida o‘ziga xos xususiyatlari (tez o‘zgaruvchan muhit, muxlislar va homiylardan bog‘liqligi, iqtidorli yoshlarni tarbiyalash va rivojlantirish, sport inshootlari va infratuzilmalarini boshqarish, va manfaatdor tomonlar bilan hamkorlik olib borish) mavjud bo‘lib, ular strategik menejmentida inobatga olinishi asoslangan. Natijada boshqaruv tizimi samaradorligi oshgan, tashkilotning ichki muvofiqlashuvi kuchaygan, qaror qabul qilish mexanizmlari takomillashtirilgan hamda yosh sportchilarning natijadorligini oshirishga qaratilgan faoliyat izchil yo‘lga qo‘yilgan. Tadqiqotlar asosida ishlab chiqilgan “sport tashkilotlarini strategik boshqarish” tushunchasining ta’riflari, boshqaruv tizimi tushunchasi - funksional jihatdan siyosat va protseduralar strategiyalarining yig‘indisi sifatida, shuningdek, “strategik boshqaruv va boshqaruv tizimlari”, “sport tashkilotlarida strategik menejmentning xususiyatlari va talablari” tushunchalari maqsadlarni aniq belgilash va tashqi muhit talablariga muvofiqligi nuqtayi nazaridan O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2023-yil 26-oktyabrdagi 01/1336-A/F-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Sport menejmenti va marketingi” nomli o‘quv qo‘llanmaga kiritilgan; 
sport tashkilotlarida strategik menejmentning zamon talablarini inobatga olgan holda (globallashuv, raqamlashtirish, ekologiyalash va boshqalar) qo‘shimcha prinsiplar ishlab chiqilgan, ular asosida aholining turli qatlamlarini jismoniy madaniyat va sportga jalb etish imkoniyatlari kengaygan hamda strategik menejment turlari tasniflashtirilgan. Bunday bosqichma-bosqich yondashuv natijasida yoshlar o‘rtasida shaxmatga bo‘lgan qiziqish sezilarli darajada oshdi. Xususan, shaxmat bilan shug‘ullanuvchi aholi soni 30 foizga oshishi kutilmoqda; 
ishlab chiqilgan va takomillashtirilgan boshqaruv strategiyalari tamoyillari asosida shaxmat bilan shug‘ullanishni ommaviylashtirish modeli ishlab chiqilgan bo‘lib, ushbu model asosida aholining intellektual saviyasini rivojlantirish, uzviylik va uzlyuksizlikni ta’minlash asoslangan. Ushbu model asosida shaxmat ta’limini tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar jadvali ishlab chiqildi. Ushbu model o‘zaro bog‘liq bosqichlardan iborat bo‘lib, yoshlarni erta yoshdan shaxmatga uzlyuksiz o‘rgatish, mashg‘ulot va musobaqa faoliyatida ishtirok etish orqali salomatligini mustahkamlash va ijtimoiylashuviga xizmat qiladi. Natijada shaxmat bilan shug‘ullanuvchi yoshlar soni 19,5 foizga oshgan; 
taklif etilgan modeli asosida shaxmat bilan shug‘ullanishni ommaviylashtirish strategiyasi ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasida 2030-yilga qadar shaxmatga jalb etishni rivojlantirish prognozi ishlab chiqildi, unda aholini qamrab olish, sport klublarini rivojlantirish va boshqalar nazarda tutilgan va amaliyotga joriy etilishi natijasida sport tadbirlarini samarali boshqarish hisobiga shaxmat bilan shug‘ullanuvchi yoshlar soni 19,5 foizga, iqtisodiy samaradorlik esa 19.31-19.3% ga oshgan, bu esa yoshlarni erta yoshdan shaxmatga jalb qilish, ularning salomatligi va intellektual salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish