Ilyasov Ulugbek Baxtiyarovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Pravovoe regulirovanie investisionnoy deyatel`nosti sub’ektov Respubliki Uzbekistan na territoriyax inostrannix gosudarstv», 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Yu790
Ilmiy rahbar: Samarxo‘jaev Botir Bilolovich, yuridik fanlar doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Said Saidaxrarovich, yuridik fanlar doktori, professor; Ergashev Vosidjon Yokubovich, yuridik fanlari nomzodi, professor
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik 
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi rezidentlarining chet eldagi investisiya faoliyatini xalqaro huquq, investisiya bitimlari va milliy qonunchilik talablari asosida huquqiy tartibga solishni takomillashtirishga qaratilgan amaliy va ilmiy asoslangan takliflar hamda tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
investor uchun noqulay o‘zgarishlardan kafolat mulk, ulush, aksiya, savdo obektlariga, turar joylarga, er uchastkalariga va boshqa tabiiy resurslarga egalik huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqni tasdiqlovchi hujjat kuchga kirgan sanadan boshlab amal qilishi, shuningdek, xorijiy investorlar va O‘zbekiston Respublikasida mehnat shartnomalari asosida faoliyat yuritayotgan xorijiy fuqarolarning shaxsiy ehtiyojlari uchun olib kiriladigan mol-mulk bojxona bojlardan ozod etilishi haqidagi taklifi asoslab berilgan;
xorijiy investisiyalarga ega korxonalarga er uchastkalari yigirma besh yilgacha ijaraga berilishi va binolar hamda inshootlarga mulk huquqi o‘tganda ijara huquqining ham o‘tishi to‘g‘risidagi taklif asoslab berilgan;
texnopark boshqaruv kompaniyasiga rezidentlar mahsulotini xalqaro bozorlarga targ‘ib etishga ko‘maklashish majburiyati yuklatilishi va investisiya shartnomalarini tuzish, innovatsion hamda yuqori texnologik ishlab chiqarishlarni tashkil etish huquqi berilishi to‘g‘risidagi taklif asoslab berilgan;
individual investisiya hisob raqamini ochish va undan foydalanish tartibini, shu jumladan, mablag‘larni hisobga olish, imtiyozlarni qo‘llash hamda hisobni yopish tartibini huquqiy tartibga solish bo‘yicha taklif asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston Respublikasi subektlarining xorijiy davlatlar hududidagi investisiya faoliyatini huquqiy tartibga solish boʻyicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
investor uchun noqulay o‘zgarishlardan kafolat mulk, ulush, aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar, savdo ob’ektlari, turar joy binolari, er uchastkalari hamda boshqa tabiiy resurslarga bo‘lgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqni tasdiqlovchi hujjat kuchga kirgan sanadan boshlab amal qilishi, shuningdek, xorijiy investorlar va O‘zbekiston Respublikasida mehnat shartnomalari asosida faoliyat yuritayotgan xorijiy fuqarolar shaxsiy ehtiyojlari uchun olib kirayotgan mol-mulki bojxona boji to‘lashdan ozod etilishi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining “Investisiyalar va investision faoliyat to‘g‘risida”gi Qonunining 19-moddasi to‘rtinchi qismi uchinchi xatboshisi hamda 54-moddasi oltinchi qismi ishlab chiqilishida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2024-yil 24-dekabrdagi 27/2-360-24-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklif investorlar huquqlarini ta’minlashga xizmat qilgan.
xorijiy investisiyalarga ega korxonalarga er uchastkalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan yigirma besh yilgacha bo‘lgan muddatga ijaraga berilishi, bunday korxonalar tomonidan er qonunchilik asosida foydalanilishi, shuningdek, bino va inshootlarga mulk huquqi o‘tgan taqdirda ijara huquqining ham o‘tishi haqidagi taklif “Investisiyalar va investision faoliyat to‘g‘risida”gi Qonunning 54-moddasi to‘qqizinchi, o‘ninchi va o‘n birinchi qismlarini ishlab chiqishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2024-yil 24-dekabrdagi 27/2-360-24-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklif investorlar huquqlarini himoya qilishga xizmat qilgan.
texnoparkning boshqaruvchi kompaniyasi rezidentlar mahsulotlarini xalqaro ko‘rgazmalarda namoyish etish va ularni xorijiy bozorlarga ilgari surishda ko‘maklashish majburiyatiga ega bo‘lishi, shuningdek, investisiya shartnomalarini tuzish, innovatsion mahsulot ishlab chiqarish, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik o‘rnatish va o‘z vakolati doirasida xalqaro shartnomalar tuzish huquqiga ega bo‘lishi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-oktyabrdagi 606-son qarori bilan tasdiqlangan “Hududlarda innovatsion va investision faoliyatni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorga ilova qilingan “Inno” innovatsion ta’lim-ishlab chiqarish texnoparki to‘g‘risidagi Nizomning 10 va 11-bandlarini ishlab chiqishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Kotibiyatining Axborot-tahlil departamenti 2025-yil 5-fevraldagi 12-16-9-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklif investorlar huquqlarini ta’minlashga xizmat qilgan.
shaxsiy investisiya hisobvarag‘ini ochish va undan foydalanish maqsadlarini, undagi pul mablag‘larini hisobga olish tartibini, ularning holati to‘g‘risida ma’lumot taqdim 
etish, ish haqi va boshqa daromadlar bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llash hamda hisobvaraqni yopish tartibini belgilovchi taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-iyundagi 331-son qarori bilan tasdiqlangan “Shaxsiy investisiya hisobvarag‘ini ochish va undagi pul mablag‘larini hisobga olish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomni ishlab chiqishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yangi loyihalar milliy agentligining 2025-yil 20-yanvardagi 02/14-2-251-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklif investorlar huquqlarini ta’minlashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish