Rizaev Nodir Sobirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Buxoro jadidlari ijtimoiy-siyosiy qarashlarining falsafiy tahlili”, 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Fal1574
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.02.2020.F.72.08.
Ilmiy rahbar: Muzaffarov Firuz Davronovich, falsafa fanlari doktori, professor
Rasmiy opponentlar: Amriddinova Dilrabo Tursunovna, falsafa fanlari doktori, professor; Nazarov Qiyom Normirzaevich, falsafa fanlari doktori, professor 
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat texnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Buxoro jadidlarining ijtimoiy-siyosiy qarashlarining yangilanayotgan islohotlardagi konstruktiv ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Buxoro ma’rifatparvar jadidlarining oila, axloqiy-ma’naviy tarbiya, o‘qituvchi sha’ni va qadr qimmati, huquqiy savodxonlik, tabiatni asrash kabi ijtimoiy-siyosiy qarashlaridan yoshlar tarbiyasini zamonaviy asosda isloh qilishda Vatanga sadoqat, burch va mas’uliyat kabi axloqiy sifatlarni takomillashtirishda, iroda va matonat, kabi individual fazilatlarni rivojlantirishda, halollik, vijdonlilik, ilm-fan va texnologiyalardan foydalanish va ijtimoiy-ekologik mas’uliyat kabi baxtli hayot uchun zarur ijtimoiy malaka hamda ko‘nikmalarni shakllantirishda foydalanish imkoniyatlari asoslab berilgan;
Abdurauf Fitratning “Hind sayyohi qissasi” asaridagi ma’rifatparvarlikka asoslangan (jamiyat taraqqiyotining asosi sifatida ilm, tafakkur erkinligi, adolat, inson sha’ni va or-nomusini ulug‘lash) tamoyillarning ijtimoiy-siyosiy ahamiyati, turli diniy e’tiqod va madaniyat vakillariga nisbatan bag‘rikenglik munosabatlarini tartibga solish, millatlararo muloqotni mustahkamlash hamda ijtimoiy birdamlikni ta’minlashda ma’rifatning hal qiluvchi o‘rni ochib berilgan;
Mirzo Sirojiddin Hakim Buxoriyning davlat boshqaruvi, ijtimoiy munosabatlarni rivojlantirish va xalqaro diplomatik aloqalarni mustahkamlashga oid ijtimoiy-siyosiy qarashlari va murosa falsafasi, insonparvarlik tamoyillariga asoslangan falsafiy-axloqiy g‘oyalari Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishga xalaqit berayotgan konservativ va reaksion hodisalar (befarqlik, diniy mutaassiblik, g‘araz va adovat)ning oldini olishda muhim omil ekanligi dalillangan; 
Buxoro jadidlari – Fitrat, Sadriddin Ayniy, Munzim kabi ma’rifatparvarlarning insonparvarlik, hurfikrlilik va bag‘rikenglik tamoyillariga asoslangan ilmiy-falsafiy hamda ma’naviy-ma’rifiy merosi asosida axborot urushi kuchaygan murakkab geosiyosiy sharoitda yoshlarni yot g‘oyalar va mafkuraviy tahdidlardan asrash, ularda tanqidiy tafakkur va fuqarolik mas’uliyatiga tayangan faol ijtimoiy pozisiyani shakllantirishga qaratilgan ta’limni milliy va jahon ilm-faniga uyg‘unlashtirish, kitobxonlik orqali ma’rifat tarqatish kabi mexanizmlari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Buxoro jadidlarining ijtimoiy-siyosiy qarashlarini tadqiq etish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida: 
Buxoro ma’rifatparvar jadidlarining oila, axloqiy-ma’naviy tarbiya, o‘qituvchi sha’ni va qadr qimmati, huquqiy savodxonlik, tabiatni asrash kabi ijtimoiy-siyosiy qarashlaridan yoshlar tarbiyasini zamonaviy asosda isloh qilishda Vatanga sadoqat, burch va mas’uliyat kabi axloqiy sifatlarni takomillashtirishda, iroda va matonat, kabi individual fazilatlarni rivojlantirishda, halollik, vijdonlilik, ilm-fan va texnologiyalardan foydalanish va ijtimoiy-ekologik mas’uliyat kabi baxtli hayot uchun zarur ijtimoiy malaka hamda ko‘nikmalarni shakllantirishda foydalanish imkoniyatlari yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy-nazariy xulosalaridan O‘zbekiston mahallalari uyushmasining “Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati samaradorligini oshirish, mahalla institutini aholiga eng yaqin va xalqchil tuzilmaga aylantirish borasidagi sa’y-harakatlari dasturi”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston mahallari uyushmasi huzuridagi Mahalla Akademiyasining 2025-yil 7-martdagi 01-03/05-son ma’lumotnomasi). Natijada, fuqarolar yig‘inlarining mushtarak manfaatlarini ifoda etadigan uyushmaga birlashish huquqlarini royobga chiqarish hamda davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirishga xizmat qilgan;
Abdurauf Fitratning “Hind sayyohi qissasi” asaridagi ma’rifatparvarlikka asoslangan (jamiyat taraqqiyotining asosi sifatida ilm, tafakkur erkinligi, adolat, inson sha’ni va or-nomusini ulug‘lash) tamoyillarning ijtimoiy-siyosiy ahamiyati, turli diniy e’tiqod va madaniyat vakillariga nisbatan bag‘rikenglik munosabatlarini tartibga solish, millatlararo muloqotni mustahkamlash hamda ijtimoiy birdamlikni ta’minlashda ma’rifatning hal qiluvchi o‘rniga doir ishlab chiqilgan ilmiy amaliy taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi faoliyatida jumladan, 2024-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora tadbirlar dasturining VI yoʻnalishida belgilangan “Buyuk allomalar va ma’rifatparvar jadidlarning ma’naviy meʼrosini chuqur o‘rganish,ilmiy-ijodiy asarlarini keng targ‘ib qilishga doir chora-tadbirlar” 42-bandi “Buyuk alloma va ma’rifatparvar jadidlar hayoti va faoliyatini chuqur o‘rganish, boy ma’naviy va madaniy meroslaini asrab avaylash, ilmiy-ijodiy asarlarini keng targ‘ib qilish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 7-martdagi 10/109 son ma’lumotnomasi). Natijada, Buxoro jadidlarining ijtimoiy siyosiy qarashlarini ilmiy tadqiq etishga va qarashlaridan yoshlar siyosiy ongini yuksaltishga xizmat qilgan; 
Mirzo Sirojiddin Hakim Buxoriyning davlat boshqaruvi, ijtimoiy munosabatlarni rivojlantirish va xalqaro diplomatik aloqalarni mustahkamlashga oid ijtimoiy-siyosiy qarashlari va murosa falsafasi, insonparvarlik tamoyillariga asoslangan falsafiy-axloqiy g‘oyalari Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishga xalaqit berayotgan konservativ va reaksion hodisalar (befarqlik, diniy mutaassiblik, g‘araz va adovat)ning oldini olishda muhim omil ekanligiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi yillik ish rejalari va dasturlarida belgilangan loyihalarini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2025-yil 26-fevraldagi 04-13/177-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yosh avlod ma’naviy olamini boyitish, mafkuraviy immunitetini oshirishda ma’rifiy dunyoqarash hamda falsafiy mushohadasini kengaytirishga xizmat qilgan;
Buxoro jadidlari – Fitrat, Sadriddin Ayniy, Munzim kabi ma’rifatparvarlarning insonparvarlik, hurfikrlilik va bag‘rikenglik tamoyillariga asoslangan ilmiy-falsafiy hamda ma’naviy-ma’rifiy merosi asosida axborot urushi kuchaygan murakkab geosiyosiy sharoitda yoshlarni yot g‘oyalar va mafkuraviy tahdidlardan asrash, ularda tanqidiy tafakkur va fuqarolik mas’uliyatiga tayangan faol ijtimoiy pozisiyani shakllantirishga qaratilgan ta’limni milliy va jahon ilm-faniga uyg‘unlashtirish, kitobxonlik orqali ma’rifat tarqatish kabi mexanizmlariga doir ilmiy-nazariy xulosalar va takliflardan Buxoro viloyati teleradiokanalining “Assalom, Buxoro”, “Buxoro bo‘ylab”, “Najot ta’limda” ko‘rsatuvlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2025-yil 18-apreldagi 72-son ma’lumotnomasi). Natijada, yosh avlodning ma’naviy olamini boyitishga, mafkuraviy immunitetini oshirishga, jamiyatda farovonlikka erishishning asosiy kaliti sifatida ilm-ma’rifatda ekanligi to‘g‘risidagi ko‘nikmalarining shakllanishiga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish