Umarov Baxtishod Baxridin o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Somoniylar hukmronligi davrida Buxoro shahri”, 07.00.01 - O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari) 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Tar1200
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.Tar.72.07 raqamli Ilmiy kengash.
Ilmiy rahbar: G‘oyibov Bobir Sobirovich - tarix fanlari doktori(DSc), professor.
Rasmiy opponentlar: Rahimov Komiljon Rahmatovich - tarix fanlari doktori(DSc), dotsent; Vohidov Shodmon Huseynovich - tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot:  Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Somoniylar hukmronligi davrida Buxoro shahri tarixini va shahar hayotidagi o‘zgarishlarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Abu Abdulloh al-Jayhoniy, Al-Muqaddasiy, Ibn al-Asir, Gardiziy, as-Sam’oniy va Mirxond kabi mualliflarning asarlarida Somoniylar davriga oid keltirilgan ma’lumotlar arxeologik tadqiqotlar asosida tizimli tahlil qilinib, ularning tarixiy mazmuni, voqealarning shahar hayotiga ta'siri, davrning ijtimoiy-madaniy hayotini aks ettiruvchi jihatlari, shuningdek, arab xalifaligi istilolari davridan to Somoniylar hukmronligining so‘nggi bosqichigacha bo‘lgan tarixiy jarayonlarda Buxoro shahrining barqaror taraqqiyoti va shahar topografiyasidagi o‘zgarishlar dalillandi;
Somoniylar davrida mintaqada kechgan iqtisodiy va madaniy yuksalish, Buxoro shahrining Somoniylar boshqaruvi markaziga aylanishiga ta’sir ko‘rsatgan sabab va omillar (geosiyosiy, strategik, iqtisodiy, ijtimoiy-diniy, Ismoil Somoniy fenomeni), shuningdek, shaharning islom madaniyati markazlaridan biriga aylanishi va nufuzining oshishi isbotlab berilgan;
Buxoro shahrining somoniylar davridagi tipologik tuzilishi kompleks tarzda ilmiy asosda o‘rganilib, somoniy hukmdorlar tomonidan shaharda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, Jo‘yi Mo‘liyon manzilining joylashuv o‘rni, ark, shahriston, rabad va registon qismlarining ijtimoiy-iqtisodiy vazifalari, yuksalish dinamikasi, shuningdek, shahardagi mavjud darvozalar, ularning IX-X asrlardagi joylashuvi va nomlanishi, shahar va uning shahriston qismi xaritasi yaratildi; 
Movarounnahrda renessansning vujuda kelishi va taraqqiyotida Buxoro va buxoroliklarning tutgan o‘rni, somoniylar saroyida tarix va adabiyotning alohida fan sifatida shakllanish jarayoni, hukmdorlarning olimlarga ko‘rsatgan homiyligi va ilm-fan rivojiga ta’siri, saroy atrofida shakllangan ilmiy muhit, diniy va dunyoviy ilmlarga bo‘lgan yuqori darajadagi e’tibor, madrasa va masjidlarning ijtimoiy hayotdagi o‘rni va ahamiyati ortganligi, kitob va kutubxonachilik sohasidagi taraqqiyot, shuningdek, fors tili (fors-tojik)ning yuksalishida Buxoro shahrining tutgan o‘rni dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Somoniylar hukmronligi davrida Buxoro shahrida kechgan o‘zgarishlarni o‘rganish yuzasidan olingan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Abu Abdulloh al-Jayhoniy, Al-Muqaddasiy, Ibn al-Asir, Gardiziy, as-Sam’oniy va Mirxond kabi mualliflarning asarlarida Somoniylar davriga oid keltirilgan ma’lumotlar arxeologik tadqiqotlar asosida tizimli tahlil qilinib, ularning tarixiy mazmuni, voqealarning shahar hayotiga ta'siri, davrning ijtimoiy-madaniy hayotini aks ettiruvchi jihatlari, shuningdek, arab xalifaligi istilolari davridan to Somoniylar hukmronligining so‘nggi bosqichigacha bo‘lgan tarixiy jarayonlarda Buxoro shahrining barqaror taraqqiyoti va shahar topografiyasidagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar  “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Real fakt” va “Muborak maskanlar” nomli turkum ko‘rsatuvlari ssenariylarini shakllantirishda foydalanildi (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” Davlat muassasasining 2024-yil 20-fevraldagi 02-28-272-son ma’lumotnomasi). Natijada, Somoniylar davrida Buxoro shahrida kechgan ijtimoiy-madaniy jarayonlar hamda iqtisodiy munosabatlar haqida tomoshabinlarga ilmiy dalillangan, qiziqarli va tarixiy bilimlarni oshirishga xizmat qiluvchi yangi ma’lumotlar taqdim etilgan.
Somoniylar davrida mintaqadagi kechgan iqtisodiy va madaniy yuksalish, Buxoro shahrining Somoniylar boshqaruvi markaziga aylanishiga ta’sir ko‘rsatgan sabab va omillar (geosiyosiy, strategik, iqtisodiy, ijtimoiy-diniy, Ismoil Somoniy fenomeni), shuningdek, shaharning islom madaniyati markazlaridan biriga aylanishi va nufuzining oshishi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” nomli ko‘rsatuvini ssenariylarini tayyorlashda keng foydalanildi (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” Davlat muassasasining 2024-yil 20-fevraldagi 02-28-272-son ma’lumotnomasi). Natijalarning amaliyotga joriylanishi teletomoshabinlarda Buxoroning o‘rta asrlar davri tarixi, Somoniylar davrida kechgan tarixiy jarayonlar bo‘yicha dunyoqarashlarini boyishiga xizmat qildi.
Buxoro shahrining somoniylar davridagi tipologik tuzilishi kompleks tarzda ilmiy asosda o‘rganilib, somoniy hukmdorlar tomonidan shaharda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, Jo‘yi Mo‘liyon manzilining joylashuv o‘rni, ark, shahriston, rabad  va registon qismlarining ijtimoiy-iqtisodiy vazifalari, yuksalish dinamikasi, shuningdek, shahardagi mavjud darvozalar, ularning IX-X asrlardagi joylashuvi va nomlanishi bo‘yicha berilgan ma’lumotlar Buxoro muzey-qo‘riqxonasi faoliyatida turli ko‘rgazmalar qilishda hamda fond materiallarini kataloglashtirishda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2024-yil 18-iyuldagi 04-07/2762-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur natijalar Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasi hujjatlar fondining boyishiga, shuningdek, muzeyga tashrif buyuruvchilar hamda sayyor darslarda ishtirok etuvchi talabalarning somoniylar davridagi tarixiy inshootlar haqidagi ilmiy bilimlarini boyitishga xizmat qildi.
Movarounnahrda renessansning vujuda kelishi va taraqqiyotida Buxoro va buxoroliklarning tutgan o‘rni, somoniylar saroyida tarix va adabiyotning alohida fan sifatida shakllanish jarayoni, hukmdorlarning olimlarga ko‘rsatgan homiyligi va ilm-fan rivojiga ta’siri, saroy atrofida shakllangan ilmiy muhit, diniy va dunyoviy ilmlarga bo‘lgan yuqori darajadagi e’tibor, madrasa va masjidlarning ijtimoiy hayotdagi o‘rni va ahamiyati ortganligi, kitob va kutubxonachilik sohasidagi taraqqiyoti haqidagi ma’lumotlar Buxoro davlat universiteti tarix yo‘nalishi talabalari uchun “Jahon sivilizatsiyalari tarixi” darsligi (Buxoro: Fan va ta’lim, 2022)ning “Markaziy Osiyo sivilizatsiyasi. Markaziy Osiyo sivilizatsiyasini vujudga keltiruvchi mustaqil manba” deb nomlangan XIII bobida aks etgan (Buxoro davlat universitetining 2024-yil 26-avgustda berilgan 02/4781-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy natijalar Markaziy Osiyo sivilizatsiyasida o‘rta asrlar Buxoro shahrining tutgan muhim o‘rni, ilmiy markaz sifatidagi rolini ko‘rsatib berish va talabalarning o‘rta asrlar davriga oid bilimlarini oshirishga ham imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish