Kubatov Shahobjon Rahmonovichning
falsafa fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda ijtimoiy davlat nazariyasi va amaliyotining falsafiy tahlili» 09.00.04 – «Ijtimoiy falsafa».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/Fal246.
Ilmiy maslahatchi: Agzamxodjaeva Saida Sabitxanovna, falsafa fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Musaev Odil Raxmatovich – falsafa fanlari doktori, professor, Izzetova Emine Mustafaevna – falsafa fanlari doktori, professor, Yaxshilikov Jo‘raboy Yaxshilikovich – falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Yangi O‘zbekiston sharoitida ijtimoiy davlat, uning nazariy-huquqiy asoslarini falsafiy tahlil qilish hamda rivojlanishining asosiy tendensiyalarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ijtimoiy davlatning tarixiy-madaniy o‘ziga xoslik va global makroijtimoiy jarayonlar bilan belgilanadigan dinamik hodisa sifatidagi konseptual arxitektonikasini qurish natijasida ijtimoiy adolatning gnoseologik, ontologik va aksiologik jihatlari, davlat va fuqarolik jamiyatining uyg‘unligi hamda dialektik bog‘liqligini birlashtirgan tektonik sivilizatsion o‘zgarishlar davrida ijtimoiy davlatning falsafiy paradigmasi shakllantirildi;
«integral ijtimoiy tartib» tamoyili orqali individual avtonomiya va jamoaviy mas’uliyat o‘rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf etishning taklif etilgan evristik modeli ijtimoiy davlat antinomiyalarini universallik va partikulyarlikning dialektik qarama-qarshiligi prizmasi orqali konseptuallashtirishda davlatning ijtimoiy jarayonlarga aralashuvining nafaqat rasmiy-yuridik, balki metafizik chegaralari aniqlangan;
tarixiy teleologiya prizmasi yordamida ijtimoiy siyosatni qonuniylashtirishning yashirin mexanizmlarini ochib berish vositasida postmodernizmning relyativistik chaqiriqlari kontekstida ijtimoiy adolatning an’anaviy diskurslarini dekonstruksiya qilish orqali «dinamik ijtimoiy ekvilibristika»ning shakllanishiga olib keluvchi ijtimoiy-iqtisodiy determinizm va birdamlikning transsendent imperativlari o‘rtasidagi muvozanat aniqlangan;
ijtimoiy mas’uliyatning an’anaviy shakllari siyosiy va huquqiy modernizatsiya impulslari ta’sirida o‘zgarishi ijtimoiy siyosatning milliy modelida sivilizatsion sintez orqali konseptual tahlil qilingan hamda O‘zbekistonning global adolat nazariyasi kontekstida ijtimoiy davlat sifatidagi falsafiy talqini ochib berilgan;
antropotsentrizm o‘z o‘rnini ijtimoiy siyosatga xos ekogumanistik yondashuvga bo‘shatib beruvchi «ekoijtimoiy davlat» konsepsiyasi ishlab chiqilib, unda ekologik adolat ijtimoiy davlatning ajralmas tarkibiy qismi sifatida va tabiiy resurslar axloqiy-falsafiy tushunishni talab qiladigan ijtimoiy kapital fenomeni sifatida talqin etilgan hamda bu model O‘zbekistonda ijtimoiy davlat amaliyotini ekologik barqarorlik, adolat va ijtimoiy hamjihatlik tamoyillari bilan boyitishga xizmat qilishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda ijtimoiy davlat nazariyasi va amaliyoti tahlili doirasida ishlab chiqilgan ijtimoiy-falsafiy xulosa va takliflar asosida:
ijtimoiy davlatning tarixiy-madaniy o‘ziga xoslik va global makrosotsial jarayonlar bilan belgilanadigan dinamik hodisa sifatidagi konseptual arxitektonikasini qurish natijasida ijtimoiy adolatning gnoseologik, ontologik va aksiologik jihatlari, davlat va fuqarolik jamiyatining uyg‘unligi va dialektik bog‘liqligini birlashtirgan tektonik sivilizatsion o‘zgarishlar davrida ijtimoiy davlatning falsafiy paradigmasi shakllantirilgan ilmiy xulosalar va natijalardan 2023-2025-yillarda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining tahliliy-ekspert va ma’rifiy faoliyatida, jumladan, BMT, YXHT va boshqa inson huquqlarini himoya qilish institutlari bilan xalqaro hamkorligi doirasida O‘zbekistonning barqaror rivojlanish, ijtimoiy huquqlar va huquqni qo‘llashning madaniy o‘ziga xosligi o‘rtasidagi bog‘liqlik masalalari bo‘yicha pozisiyasini asoslashda foydalanilgan (Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining 2025-yil 16-apreldagi 01/412-sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari O‘zbekistonning inson huquqlari va ijtimoiy adolat masalalaridagi pozisiyasini sivilizatsion va madaniy asoslarda asoslashga xizmat qilgan. Xususan, 2023–2025-yillarda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining BMT, YXHT kabi xalqaro institutlar bilan hamkorlik doirasida tayyorlangan tahliliy hujjatlarida ijtimoiy davlat va madaniy o‘ziga xoslik o‘rtasidagi dialektik bog‘liqlik tushunchasi qo‘llangan. Ushbu yondashuv O‘zbekistonning barqaror rivojlanish va huquqni qo‘llashdagi milliy modelini xalqaro miqyosda konseptual asoslash imkonini bergan.
«integral ijtimoiy tartib» tamoyili orqali individual avtonomiya va jamoaviy mas’uliyat o‘rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf etishning taklif etilgan evristik modeli ijtimoiy davlat antinomiyalarini universallik va partikulyarlikning dialektik qarama-qarshiligi prizmasi orqali konseptuallashtirishda davlatning ijtimoiy jarayonlarga aralashuvining nafaqat rasmiy-yuridik, balki metafizik chegaralari aniqlangan ilmiy xulosalar va natijalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston 24» teleradiokanalining «Studiya 24», «Menimcha», «Tahlilnoma», «Taraqqiyot formulasi», «Maxsus reportaj» kabi ko‘rsatuvlarining ssenariylarini yozishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 30-apreldagi 04-16-960-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar tinglovchilarga ijtimoiy davlat konsepsiyasining falsafiy asoslarini, xususan, «integral ijtimoiy tartib» tamoyilining mazmuni orqali individual avtonomiya va jamoaviy mas’uliyat o‘rtasidagi ziddiyatlarni hal qilishdagi ilmiy yondashuvlarni etkazishga xizmat qilgan. Bu orqali davlatning ijtimoiy jarayonlarga aralashuvi faqat rasmiy-yuridik emas, balki ma’naviy-metafizik chegaralari doirasida ham tushuntirilib, fuqarolar ongida ijtimoiy davlatning universal va lokal o‘lchamlarini uyg‘unlashtiruvchi yangi ma’rifiy nuqtayi nazar shakllantirdi.
tarixiy teleologiya prizmasi yordamida ijtimoiy siyosatni qonuniylashtirishning yashirin mexanizmlarini ochib berish vositasida postmodernizmning relyativistik chaqiriqlari kontekstida ijtimoiy adolatning an’anaviy diskurslarini dekonstruksiya qilish orqali «dinamik ijtimoiy ekvilibristika»ning shakllanishiga olib keluvchi ijtimoiy-iqtisodiy determinizm va birdamlikning transsendent imperativlari o‘rtasidagi muvozanat aniqlangan ilmiy xulosalar va natijalardan «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining 2024-2025-yillardagi g‘oyaviy-mafkuraviy va tahliliy faoliyatida foydalanilgan hamda me’yorlar va ma’nolarning postmodernistik relyativizatsiyasi sharoitida ijtimoiy adolatning an’anaviy diskurslarini falsafiy dekonstruksiyalashga asoslangan ushbu konsepsiya bir qator ichki partiyaviy doktrinal ishlanmalar va dasturiy ko‘rsatmalarga asos bo‘ldi. («Milliy tiklanish» demokratik partiyasining 2025-yil 14-apreldagi 02/02-37-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar platforma hujjatlarini, munozara tezislarini tayyorlash jarayonida, shuningdek, partiya vakillarining ommaviy chiqishlari ritorikasi va qadriyatlar bazasini shakllantirishda faol qo‘llanildi.
ijtimoiy mas’uliyatning an’anaviy shakllaridagi siyosiy va huquqiy modernizatsiya impulslari ta’sirida o‘zgarishi orqali ijtimoiy siyosatning milliy modeli sivilizatsion sintez optikasi orqali konseptual tahlil qilingan hamda O‘zbekistonning global adolat nazariyasi kontekstida ijtimoiy davlat sifatidagi falsafiy talqini ochib berilgan ilmiy xulosalar va natijalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining ijtimoiy davlat konsepsiyasini milliy sharoitga mos holda shakllantirishga doir strategik yondashuvlarini, ijtimoiy siyosatning axloqiy-huquqiy asoslarini aniqlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining 2025-yil 25-apreldagi 04/19/1960-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar ijtimoiy siyosatning barqaror taraqqiyot, ekologik yondashuv va demografik muvozanat nuqtayi nazaridan qayta ko‘rib chiqilishida nazariy poydevor sifatida xizmat qilgan hamda xodimlarning malakasini oshirish, fuqarolik subektligi va ijtimoiy adolat tamoyillari asosida ijtimoiy davlatni shakllantirishga bag‘ishlangan seminar va davra suhbatlari uchun metodik materiallar tayyorlash imkoniyatini bergan.
antropotsentrizm o‘z o‘rnini ijtimoiy siyosatga ekogumanistik yondashuvga bo‘shatib beruvchi «ekoijtimoiy davlat» konsepsiyasi taklif etilib, ekologik adolat ijtimoiy davlatning ajralmas tarkibiy qismi sifatida asoslangan hamda tabiiy resurslar nafaqat iqtisodiy kategoriya, balki axloqiy-falsafiy tushunishni talab qiladigan ijtimoiy kapital fenomeni sifatida talqin qilingan ilmiy xulosalar va natijalardan Oʼzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-fevraldagi «Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish yanada rivojlantirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi O‘RQ-906-son, 2024-yil 21-noyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga hayvonot va o‘simlik dunyosining muhofazasini kuchaytirishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi O‘RQ-1004-son, 2025-yil 11-martdagi «Atrof-muhit bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilish jarayonida jamoatchilikning axborot olish imkoniyati, ishtiroki va odil sudlovga erishish imkoniyati to‘g‘risidagi Konvensiyaga (Orxus, 1998-yil 25-iyun) O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi haqida»gi O‘RQ-1045-son Qonunlarini ishlab chiqishda foydalanilgan. (Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil 1-apreldagi 3/dn-65-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy natijalar ekologik muvozanat, jamoatchilik ishtiroki va ijtimoiy adolat tamoyillarini huquqiy siyosatga integratsiya qilishga xizmat qilgan.