Salimov Bekzod Baxtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Kichik biznes korxonalarida innovatsion faoliyatni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy asoslarini takomillashtirish”, 08.00.15-“Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Iqt1384.
Ilmiy rahbari: Kasimov Azamat Abdukarimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2020.I.16.02.
Rasmiy opponentlar Gafurov Ubaydulla Vahabovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Kasimova Fotima Tulkunovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat Texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Kichik biznes korxonalarida innovatsion faoliyatni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “kichik biznes korxonalarida innovatsion faoliyatni rivojlantirish” tushunchasi kichik biznes korxonalari imkoniyatlari, hududlarning iqtisodiy rivojlanganlik darajasi, innovatsion infratuzilma elementlarining integral ta’siridan kelib chiqib takomillashtirilgan va korxonalarni “kichik korxona”, “o‘rta korxona” va “mikrofirma” biznes toifalariga kiritishda tovar aylanmasi mezonidan tashqari ishchilar soni mezonini kiritish asoslangan;
Kichik biznes korxonalarida innovatsion faoliyatni rivojlantirishda imitatsion innovatsiyalardan foydalanish hamda imitatsion innovatsiyalardan foydalanish algoritmi bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan;
kichik biznes korxonalarida innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun kadrlarni tayyorlashda bakalavr va magistratura dasturlarida “Biznesning rivojlanishini boshqarish”, “Innovatsion menejment”, “Biznes informatika” fanlarini rivojlantirish, “Sun’iy intellektni boshqarish”, “Loyihaviy tahlil”, “Yashil texnologiya” va “Dasturlash” fanlarini o‘quv dasturlariga kiritish tayyorlanadigan kadrlarning malakaviy kompetentligini oshirishi asoslangan;
hududlarning iqtisodiy rivojlanganlik darajasi, innovatsion infratuzilma elementlari va kichik biznes korxonalarining innovatsion salohiyatini ifodalovchi umumiy integral indeks ko‘rsatkichlari bo‘yicha hududlar reytingi “Eng yuqori indeks” 146,4; “Yuqori indeks” 30,4-37,3; “O‘rta indeks” 22,0-25,4; “Quyi indeks” 13,8-18,6; sifatida aniqlangan va bunga ko‘ra kichik biznes korxonalarining hududlar kesimida yuqori texnologik, o‘rta yuqori”, o‘rta texnologik va quyi texnologik mahsulotlarni ishlab chiqarish, va imitatsion innovatsiyalardan foydalanish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kichik biznes korxonalarida innovatsion faoliyatni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
kichik biznes korxonalarida innovatsion faoliyatni rivojlantirishda imitatsion innovatsiyalardan foydalanish hamda imitatsion innovatsiyalardan foydalanish algoritmi bo‘yicha takliflar Palata faoliyatida foydalanish uchun qabul qilingan . Bu takliflar kichik biznes va “Yashnobod” innovatsion texnoparki faoliyatiga joriy qilingan. (O‘zbekiston Sanoat palatasining 2025-yildagi 06-05-33-6903-son ma’lumotnomasi). Bu “Yashnobod” innovatsion texnoparkining innovatsion faolligi oshishiga va imitatsion obektlarni samarali tanlashga imkon yaratdi.
korxonalarni “mikrofirma” “kichik korxona” va “o‘rta korxona” biznes toifalariga kiritishda tovar aylanmasi mezonidan tashqari ishchilar soni mezonini kiritish taklifi Palata faoliyatida foydalanish uchun qabul qilingan. Bu takliflar kichik biznes korxonalari faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Sanoat palatasining 2025-yildagi 06-05-33-6903-son ma’lumotnomasi), bu kichik va o‘rta korxonalarida soliq bazasini qisqartirishni, hamda yashirin iqtisodiyotni oldini olishga olib keladi.
Kichik biznes korxonalarida innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun kadrlarni tayyorlashda bakalavr va magistratura dasturlarida “Biznesning rivojlanishini boshqarish”, “Innovatsion menejment”, “Biznes informatika” fanlarini rivojlantirish, “Sun’iy intellektni boshqarish”, “Loyihaviy tahlil”, “Yashil texnologiya” va “Dasturlash” fanlarini o‘quv dasturlariga kiritish orqali kadrlarning malakaviy kompetentligini oshirishi bo‘yicha taklifi Palata faoliyatida foydalanish uchun qabul qilingan. Bu takliflar Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining o‘quv dasturlariga joriy qilingan(O‘zbekiston Sanoat palatasining 2025-yildagi 06-05-33-6903-son ma’lumotnomasi). Bu kichik biznes bo‘yicha tayyorlanadigan kadrlarning kompitentligini oshirishga olib kelgan.
hududlarning iqtisodiy rivojlanganlik darajasi, innovatsion infratuzilma elementlari va kichik biznes korxonalarining innovatsion salohiyatini ifodalovchi umumiy integral indeks ko‘rsatkichlari “Eng yuqori” 146,4; “Yuqori” 30,4-37,3; “O‘rta” 22,0-25,4; “Quyi ” 13,8-18,6; ko‘rinishda aniqlangan va shunga ko‘ra Toshkent shaxrida yuqori texnologik maxsulotlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish taklifi Palata faoliyatida foydalanish uchun qabul qilingan (O‘zbekiston Sanoat palatasining 2025-yildagi 06-05-33-6903-son ma’lumotnomasi. Bu takliflar Toshkent shaxrida joylashgan kichik biznes korxonalari faoliyatiga joriy qilingan, bu toshknt shaxridagi kichik biznes korxonalarida yuqori va o‘rta texnologik maxsulotlarni ishlab chiqarishni kegayishiga olib keldi va Yashnobod innovatsion texnoparkda 3D printerlai, robotlar, plastik to‘lov kartalarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.