Shukurova Sultana Saidsultanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Temir yo‘l transportida yuk tashish bo‘yicha daromadlar va xarajatlar tahlilini takomillashtirish», 08.00.08 - “Buxgalteriya hisobi, audit va iqtisodiy tahlil” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt5139.
Ilmiy rahbar: Babaxalov Narbuta Eshnazarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DsC.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Xajimuratov Nizomjon Shukrullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, prof; Kalonov Muhiddin Bahriddinovich, iqtisodiyot fanlari doktori, prof;
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi temir yo‘l transportida yuk tashish bo‘yicha daromad va xarajatlar tahlilini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
temir yo‘l transportida daromadlar va xarajatlar hisobini yuritishning differensiyalashgan yondashuvi orqali “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning transformatsiya jarayonida belgilangan moliyaviy natijalarga erishish ko‘rsatkichini oshirish imkonini ta’minlash asoslangan;
temir yo‘l transportida xarajatlar tarkibini yuk tashish, yo‘lovchi tashish va yo‘lovchi tashish turlari bo‘yicha alohida hisob yuritish taklifi asoslanib, bu hisobot tizimini 3 bosqichli tartibda avtomatlashtirish orqali buxgalteriya hisobining aniqligi va shaffofligini oshirish taklifi ishlab chiqilgan;
temir yo‘l transportida daromadlar va xarajatlarning ekonometrik baholash mezonlari ishlab chiqilib, panel ma’lumotlari tahlili orqali sohadagi muammolarni aniqlash va ularning samarali echimlarini ishlab chiqish imkoni asoslangan;
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning uzoq muddatli strategiyasini belgilovchi temir yo‘l transporti korxonalarining moliyaviy holatiga ta’sir etuvchi omillar negizida 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Temir yo‘l transport tizimining iqtisodiy samaradorligi va xususiyatlaridan kelib chiqib ta’rif berilishi va tasniflanishi asosida:
temir yo‘l transportida daromadlar va xarajatlar hisobini yuritishning differensiyalashgan yondashuvi orqali “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning transformatsiya jarayonida belgilangan moliyaviy natijalarga erishish ko‘rsatkichini oshirish imkonini ta’minlash taklifi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan “Temir yo‘l transporti tizimini tubdan isloh qilish yuzasidan chora-tadbirlari dasturi”ni ishlab chiqishda joriy etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2025-yil 6-fevraldagi 02/533-25-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ning transformatsiya jarayonidagi belgilangan natijalarga erishish imkonini yaratgan;
temir yo‘l transportida xarajatlar tarkibini yuk tashish, yo‘lovchi tashish va yo‘lovchi tashish turlari bo‘yicha alohida hisob yuritish taklifi asoslanib, bu hisobot tizimini 3 bosqichli tartibda avtomatlashtirish orqali buxgalteriya hisobining aniqligi va shaffofligini oshirish taklifi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan “Temir yo‘l transporti tizimini tubdan isloh qilish yuzasidan chora-tadbirlari dasturi”ni ishlab chiqishda joriy etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2024-yil 12-sentabrdagi 09/3572-24-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida xarajatlar hisobini alohida yuritish va buxgalteriya hisobini yuritishda qulay tizim ishlab chiqilgan;
temir yo‘l transportida daromadlar va xarajatlarning ekonometrik baholash mezonlari ishlab chiqilib, panel ma’lumotlari tahlili orqali sohadagi muammolarni aniqlash va ularning samarali echimlarini ishlab chiqish taklifi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan “Temir yo‘l transporti tizimini tubdan isloh qilish yuzasidan chora-tadbirlari dasturi”ni ishlab chiqishda joriy etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2024-yil 12-sentabrdagi 09/3572-24-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida sohadagi muammolarni aniqlash va ularning echimini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning uzoq muddatli strategiyasini belgilovchi temir yo‘l transporti korxonalarining moliyaviy holatiga ta’sir etuvchi omillar negizida 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan “Temir yo‘l transporti tizimini tubdan isloh qilish yuzasidan chora-tadbirlari dasturi”ni ishlab chiqishda joriy etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2025-yil 6-fevraldagi 02/533-25-sonli ma’lumotnomasi); Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ iqtisodiy faoliyatining istiqbolini ta’minlashda samarali rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatli strategiyasini ishlab chiqish va uni amalga oshirish darajasini aniqlashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish