Saitmuratov Saitmurat Masharip o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Davlat sektorida ichki auditni rejalashtirish va o‘tkazish jarayonlarini takomillashtirish”, 08.00.08 - Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Iqt5493
Ilmiy rahbar: Mamatkulov Murodjon Shukurovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Maxsudov Begmatjon Yo‘ldashalievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Alikulov Abdimo‘min Ismatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi davlat sektorida ichki audit tadbirlarini o‘tkazish tartibini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ichki auditorlik faoliyatining boshqaruv tuzilmasidagi aloqadorlik va hisobdorlik munosabatlari davlat boshqaruvi tizimida ichki auditning funksional mohiyatiga strategik maslahatchi sifatidagi tizimli yondashuv asosida takomillashtirilgan;
davlat sektorida audit resurslarini samarali yo‘naltirishni ta’minlash maqsadida to‘rt o‘lchovli xavf indeksi bo‘yicha ob’ektlarni ustuvorlik darajasiga ko‘ra segmentlash imkonini beruvchi yondashuv orqali yuqori xavf darajasiga ega ob’ektlarni audit qamroviga ustuvor tarzda jalb qilish, resurslarning maqbul taqsimoti va ichki audit samaradorligini oshirish taklifi asoslangan;
ichki audit tadbirlarini o‘tkazishda jarayonning tizimliligi, izchilligi va funksional to‘liqligini ta’minlovchi etti bosqichli algoritmik model` orqali audit faoliyatining hujjatlashtirilganlik, aniqlik va izchillik darajasini ta’minlash taklifi asoslangan;
audit tavsiyalarining amaliyotga tatbiq etilishini ta’minlash maqsadida “ijro kartasi” va monitoring jadvaliga asoslangan tizimli nazorat yondashuvi orqali audit xulosalari ijrosining “real time” monitoringini yo‘lga qo‘yish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Davlat sektorida ichki audit tadbirlarini o‘tkazish tartibini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
ichki auditorlik faoliyatining boshqaruv tuzilmasidagi aloqadorlik va hisobdorlik munosabatlari davlat boshqaruvi tizimida ichki auditning funksional mohiyatiga strategik maslahatchi sifatidagi tizimli yondashuv asosida takomillashtirilish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2025-yil 12-iyundagi 05-03-09/01-11/3068-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etish natijasida ichki audit boshqaruv qarorlarini qabul qilishda faol axborot manbaiga aylanishi ta’minlangan va uning strategik funksiyasi amaliy jihatdan kuchaytirilishiga olib kelgan;
davlat sektorida audit resurslarini samarali yo‘naltirishni ta’minlash maqsadida to‘rt o‘lchovli xavf indeksi bo‘yicha ob’ektlarni ustuvorlik darajasiga ko‘ra segmentlash imkonini beruvchi yondashuv orqali yuqori xavf darajasiga ega ob’ektlarni audit qamroviga ustuvor tarzda jalb qilish, resurslarning maqbul taqsimoti va ichki audit samaradorligini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2025-yil 12-iyundagi 05-03-09/01-11/3068-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etish natijasida yuqori xavf darajasiga ega ob’ektlar audit qamroviga ustuvor tarzda jalb qilinib, resurslarning maqbul taqsimoti va ichki audit samaradorligining oshishiga erishilgan;
ichki audit tadbirlarini o‘tkazishda jarayonning tizimliligi, izchilligi va funksional to‘liqligini ta’minlovchi etti bosqichli algoritmik model` orqali audit faoliyatining hujjatlashtirilganlik, aniqlik va izchillik darajasini ta’minlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2025-yil 12-iyundagi 05-03-09/01-11/3068-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etish natijasida ichki audit faoliyatining hujjatlashtirilganligi, aniqligi va izchilligi ortib, tavsiyalar sifati va ularga bo‘lgan ishonch darajasi mustahkamlanishiga sabab bo‘lgan;
audit tavsiyalarining amaliyotga tatbiq etilishini ta’minlash maqsadida “ijro kartasi” va monitoring jadvaliga asoslangan tizimli nazorat yondashuvi orqali audit xulosalari ijrosining “real time” monitoringini yo‘lga qo‘yish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2025-yil 12-iyundagi 05-03-09/01-11/3068-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etish natijasida audit xulosalari ijrosining real-time monitoringi yo‘lga qo‘yilib, tavsiyalarni bajarish ko‘rsatkichi hamda ularning boshqaruvga ta’sir darajasi sezilarli oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish