Salimov Esanjon Xusen o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Raqamli ta’lim muhitida bo‘lajak iqtisodchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasi” (Iqtisodiyotda axborot kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar fani misolida), 13.00.02–“Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” (texnika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Ped6821/1
Ilmiy rahbar: Kuziev Botir Nomozovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jizzax politexnika instituti, PhD.03/30.06.2020.T.115.01.
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari doktori, professor Hamidov Jalil Abdurasulovich, pedagogika fanlari bo‘yicha  falsafa  doktori, dotsent, Raximov Sobir Ziyodullaevich
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi Raqamli ta’lim muhitida bo‘lajak iqtisodchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalari talabalarining iqtisodiy kompetentligi mazmuni “iqtisodiy tafakkur”, “iqtisodiy madaniyat”, “iqtisodiy ong” tushunchalarini tahlil qilish hamda kompetentli yondashuvni qo‘llash asosida aniqlashtirilgan; 
oliy ta’lim muassasalari talabalarida iqtisodiy kompetentlikni shakllantirishning didaktik modeli maqsadli, metodologik, mazmunli, texnologik, natijaviy-baholash komponentlarning uzviyligini ta’minlash orqali ishlab chiqilgan;
ta’lim jarayonida talabalarning iqtisodiy kompetentligini shakllantirish metodikasi AKT modullar siklini interaktiv metodlarorqali o‘qitish, auditoriyadan tashqari trening kurslarini tashkil etish hamda ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan (Web-quest, Sesond Life) foydalanish asosida takomillashtirilgan; 
oliy ta’lim muassasalarida talabalarning iqtisodiy kompetentligini shakllanganlik darajasini baholashning obektivlik xususiyatlari iqtisodiy kompetenlikni baholashga qaratilgan treninglar majmuini joriy etish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
oliy ta’lim muassasalarida talabalarning iqtisodiy kompetentligini shakllantirish modeli maqsadli, mazmunli, jarayonli, baholovchi-natijaviy komponentlarni uzviyligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan va amaliyotga joriy etilgan;
auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarda talabalarning iqtisodiy kompetentligini shakllantirishga qaratilgan, biznes treninglar, moliyaviy resurslarni boshqarishga qaratilgan treninglar, kommunikativ kompetensiyani shakllantiruvchi treninglar, muloqot treninglari, o‘z komandasini shakllantirishga qaratilgan treninglarni o‘tkazish metodikasini o‘z ichiga olgan hamda mustaqil ta’lim muhitda talabalarni biznes treninglar orqali iqtisodiy kompetentligini shakllantirishni amalgaoshirish  jarayonini yoritib berishga qaratilgan “Iqtisodiy kompetentlikni shakllantirishda treninglarni tashkil etish metodikasi va dasturi” o‘quv-uslubiy qo‘llanmasi chop etilgan va amaliyotga tadbiq etilgan.
oliy ta’lim muassasalari talabalarida iqtisodiy kompetentlikni shakllantirishga qaratilgan “Iqtisodiyotda axborot kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar” nomli elektron dastur ishlab chiqilgan va o‘quv jarayoniga tadbiq etilgan (Intelektual mulk markazining № DGU 28413  - raqamli mualliflik guvohnomasi).
bo‘lajak mutaxassislarning iqtisodiy kompetentligining rivojlanganlik darajasini aniqlashga imkon beruvchi amaliy testlar, keyslar, kompetentlikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan muammoli topshiriqlar, iqtisodiy kompetentlikni  baholash indikatorlari ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan;
ta’lim jarayonida iqtisodiy kompetentlikni shakllantirishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga qaratilgan Matematika 1 nomli o‘quv qo‘llanmasi o‘quv jarayoniga joriy etilgan (Samarqand Iqtisodiyot va servis instituti Kengashining 2023-yil 10-noyabrdagi 4-sonli qarori bilan tasdiqlangan 105-10/11-sonli guvohnomasi).
AKT modullar siklini modulli o‘qitish bosqichlarini loyihalashtirish va interfaol hamda innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan metodikadan oliy ta’lim muassasalari o‘quv jarayonlarida foydalanilmoqda.

Yangiliklarga obuna bo‘lish