Murodova Aziza Yorqin qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Virtual ta’lim texnologiyalari asosida bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02–“Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” (texnika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Ped10157
Ilmiy rahbar: Ximmataliev Do‘stnazar Omonovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jizzax politexnika instituti, PhD.03/30.06.2020.T.115.01.
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari doktori, professor Yarmatov Raximboy Baxramovich, pedagogika fanlari doktori, professor Jo‘raev Husniddin Oltinboevich.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi virtual ta’lim texnologiyalari asosida bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
texnika yo‘nalishi oliy ta’lim muassasalarida talabalarning divergent, fazoviy va texnik fikrlash kabi kasbiy kompetensiyalarini rivoglantirishda tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan umumiy talablarga tashxislash va novatorlikka oid kasbga yo‘naltirilgan masalalar va kuzatuvchanlik, texnik taffakur, texnikani boshqarish bo‘yicha dasturiy vositalarni kiritish orqali o‘qitishning didaktik imkoniyatlari aniqlashtirilgan;
bo‘lajak muhandislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash modeli komponentlari mazmuniga talabalarning kasbiy faoliyatga oid kompetensiya sifatlarini hamda mutaxassislikka oid kreativligini oshirishga qaratilgan virtual ta’lim vositalarining didaktik, o‘quv metodik, vizuallik, diagnostik, intellektual imkoniyatlari va innovatsion o‘qitish metodlarini modelning jarayoniy bloki mazmuniga singdirish orqali takomillashtirilgan;
texnika oliy ta’lim muassasalarida talabalarning kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish metodikasi metrologik sertifikatlash o‘tkazishda imitatsion va sxematik modellashtirishga mo‘ljallangam raqamli va amaliy dasturiy ta’minotga ustuvorlik berish hamda virtual ta’lim vositalaridan samarali foydalanishga yo‘naltirilgan dars ssenariylarini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
texnika yo‘nalishi oliy ta’lim muassasalarida kasbiy fanlardan talabalarning mustaqil ta’lim faoliyatini tashkil etishga mo‘ljallangan virtual ta’lim vositalarini laboratoriya mashg‘ulotlarida metologik eksperimentlar o‘tkazishga doir motivatsion, kamunikativlik, intelektuallik va axborotlilikka asoslangan modelining samaradorligini subektlararo o‘zaro ta’sirning mantiqiy-tartiblashgan tizimida kasbiy kompetentlikni baholashning motivatsion, faoliyatli va kreativ mezonlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Texnika yo‘nalishi oliy ta’lim muassasalarida didaktik ta’lim vositasida kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
texnika yo‘nalishi oliy ta’lim muassasalarida talabalarning divergent, fazoviy va texnik fikrlash kabi kasbiy kompetensiyalarini rivoglantirishda tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan umumiy talablarga tashxislash va novatorlikka oid kasbga yo‘naltirilgan masalalar va kuzatuvchanlik, texnik taffakur, texnikani boshqarish bo‘yicha dasturiy vositalarni kiritish orqali o‘qitishning didaktik imkoniyatlari aniqlashga oid takliflardan Jizzax politexnika instituti ilmiy tadqiqot rejasining OT-F1-049 raqamli “Talabalarga assertiv xulqni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” (Jizzax politexnika institutining 15 yanvar 2025 yildagi 03-74-74 sonli ma’lumotnomasi) mavzusidagi amaliy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan . Natijada ushbu taklif texnika yo‘nalishi oliy ta’lim muassasalarida kasbiy faoliyatga tayyorlash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan; 
bo‘lajak muhandislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash modeli komponentlari mazmuniga talabalarning kasbiy faoliyatga oid kompetensiya sifatlarini hamda mutaxassislikka oid kreativligini oshirishga qaratilgan virtual ta’lim vositalarining didaktik, o‘quv metodik, vizuallik, diagnostik, intellektual imkoniyatlari va innovatsion o‘qitish metodlarini modelning jarayoniy bloki mazmuniga singdirish orqali takomillashtirishga oid tavsiyalar va takliflar esa Jizzax politexnika instituti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining “AIF 1/4 – Kasb-hunarga yo‘naltirilgan markaz va elektronika bo‘yicha qo‘shma o‘quv laboratoriya yaratish” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 17-fevral 2025 yildagi 02/01-01-61-sonli ma’lumotnomasi) mavzusidagi xalqaro amaliy tadqiqot loyihasi doirasida bajarilgan. Natijada, ushbu loyiha doirasida ishlab chiqilgan zamonaviy didaktik o‘quv vositalari bo‘lajak muhandislarda kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishga xizmat qilgan; 
texnika oliy ta’lim muassasalarida talabalarning kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish metodikasi metrologik sertifikatlash o‘tkazishda imitatsion va sxematik modellashtirishga mo‘ljallangam raqamli va amaliy dasturiy ta’minotga ustuvorlik berish hamda virtual ta’lim vositalaridan samarali foydalanishga yo‘naltirilgan dars senariylarini ishlab chiqish asosida takomillashtirishga oid ilmiy-metodik tavsiyalar “Intellektual o‘lchash asboblari” fanidan darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2023 yil 29-sentyabr 438- sonli buyrug‘i asosida berilgan
№ 140687 raqamli nashr ruxsatnomasi). Mazkur taklif va tavsiyalar talabalarning mustaqil ta’limiy faoliyatining rivojlantirishga, bo‘lajak muhandislardan tayanch texnik kompetensiyalarni rivojlanishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish