Narbekov Nodir Narmatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Modulli-kompetentli yondashuv asosida talabalarni innovatsion muhandislik faoliyatini rivojlantirish metodikasi (Mexanika o‘quv fani misolida)”, 13.00.02–“Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” (texnika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped4150
Ilmiy rahbar: Turmatov Jaloliddin Raxmatullaevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jizzax politexnika instituti, PhD.03/30.06.2020.T.115.01.
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor Askarov Ixtiyor Baxtiyorovich, pedagogika fanlari doktori, (DSc) professor O‘rinov Uyg‘un Abdullaevich .
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Modulli-kompetentli yondashuv asosida talabalarning innovatsion muhandislik faolityatini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
modulli-kompetentli yondashuv asosida talabalarning bilim imkoniyatlari, tizimli muhandislik tafakkuri, innovatsion muhandislik faolityatini tarkibiy komponentlari, individual ta’lim traektoriyasi (individual learning trajectories) yordamida innovatsion muhandislik faolityatini rivojlantirish tuzilmasi ishlab chiqilgan;
muhandislik ta’limida raqamli transformatsiya tamoyillari asosida, innovatsion muhandislik faoliyatini shakllantirishda raqamli texnologiyalardan, ta’lim platformalarini o‘quv jarayoniga integratsiyalash orqali talabalarning innovatsion muhandislik faolityatni rivojlantirish modeli ishlab chiqilgan;
“uch komponentli didaktik sinergetika” (EHM uchun dastur + oʻquv adabiyotlari + mobilni vebsayt) hamda “The table of elemens”, “The Insighs method”, “Scoring discussion” va “Science assignment” metodlari bilan integratsiya qilinib, talabalarning innovatsion muhandislik faolityatini rivojlantirishga xizmat qiluvchi metodika takomillashtirilgan;
tajriba-sinov ishlari, amaliy loyihalar va muammoli topshiriqlar asosida talabalarning innovatsion muhandislik faoliyatini baholovchi competence-oriented evaluation system (kompetensiyaga yo‘naltirilgan baholash tizimi) asosida talabalarning innovatsion muhandislik faolityatini rivojlanganlik mezonlari (bazaviy, adaptiv va innovatsion) optimallashtirilgan va baholash darajalari (past, o‘rta, yuqori) ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Talabalarning innovatsion muhandislik faolityatini rivojlantirish va umumkasbiy fanlarni o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
talabalarini innovatsion muhandislik faolityatini modulli-kompetentli yondashuv asosida rivojlantirishda ularning bilim imkoniyatlarini va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish o‘qitishning istiqbolli tizimlaridan biri ekanligi, “modulli ta’lim” texnologiyalaridan foydalangan holda “ta’lim traektoriyasi” ni rivojlantirishning didaktik shart-sharoitlari va modelini loyihalashtirishtirish bosqichlarni izchil amalga oshirish asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar texnika oliy ta’lim tizimida innovatsion muhandislik faoliyatni tashkil etish jarayoniga tatbiq etilgan va “Mexanika (Materiallar qarshiligi)” nomli o‘quv qo‘llanma (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 13-maydagi 166-sonli buyrug‘i asosida №166-474 raqamli nashr ruxsatnomasi) yaratilgan. Mazkur o‘quv qo‘llanma bo’lajak transport muhandislari uchun o‘quv materiallarini zamonaviy didaktik ta’minotini yaratishga hizmat qilgan;
umumkasbiy fanlaridan yaratilgan o‘quv qo‘llanma va darsliklar, maxsus kurs dasturi hamda amaliy laboratoriyalar va topshiriqlarni bajarishga qaratilgan elektron dasturlar orqali talabalarning innovatsion muhandislik faoliyatga layoqatini shakllantirish uchun ilmiy-innovatsion tadqiqot ishlarini amaliyotga joriy qilish sxema (tuzilma) si ishlab chiqilgan va umumkasbiy fanlarini o‘qitish metodikasi “The table of elemens (Elementlar jadvali)”, “The Insighs method” (Insays)”, “Scoring discussion” va “Science assignment” kabi interfaol metodlarni qo‘llash asosida takomillashtirilgan, “Materiallar qarshiligi” nomli darslik (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-sonli buyrug‘i asosida №68-683 raqamli nashr ruxsatnomasi) mazmuniga singdirilgan. Mazkur o‘quv-metodik taʼminot muhandislik elektron ta’lim dasturlari vositasida talabalarning innovatsion muhandislik faoliyatini rivojlantirishga doir ilmiy-metodik tavsiyalarni ommalashtirishga erishilgan.
tajriba-sinov ishlari, amaliy loyihalar va muammoli topshiriqlar asosida talabalarning innovatsion muhandislik faoliyatini baholovchi competence-oriented evaluation system (kompetensiyaga yo‘naltirilgan baholash tizimi) asosida talabalarning innovatsion muhandislik faolityatini rivojlanganlik mezonlari (bazaviy, adaptiv va innovatsion) optimallashtirilishiga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Modulli-kompetentli yondashuv asosida talabalarni muhandislik faoliyatini rivojlantirish metodikasi” nomli maxsus kurs dasturini ishlab chiqishda (Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi 2023-yil 17-oktyabrdagi 02/01-01-139-son ma’lumotnomasi). foydalanilgan. Natijada modulli-kompetentli yondashuv asosida talabalarni innovatsion muhandislik faoliyatini rivojlantirish metodikasi ishlab chiqilgan.