Berdimuratova Lazzat Duysenovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasi Qizilqum hududi toponimlarining tarixiy- lingvistik tadqiqi” 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD.Fil2814
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Navoiy davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Mingbaev Nurlan Jakipovich, filologiya fanlari doktori.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.113.02.
Rasmiy opponentlar: Turobov Abduraim Malikovich filologiya fanlari doktori, professor; Temirov Sherali Abduxalilovich filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Tadqiqotning maqsadi Qizilqum hududi onomastik birliklari tizimini tasvirlash va tadqiq etish, ya’ni hududning umumturkiy toponimlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Qizilqum hududiga oid toponimlar semantik tasnifga ko‘ra oykonim, gidronim, oronim, nekronim, agroonim va dromonim guruhlariga ajratilib, ularning nomlanishida urug‘ nomlari (Oyko‘nek, Teleu, KeneGES), antroponimlar (Xolmurodqazg‘on, Utamurod, Eltoy), fitotoponimlar (Jing‘ildi, Shengeldi, Ajiriqli) va zoonimlar (Qulanqoq, Ot quduq, Oqbo‘ta) asosiy nominatsion omillar sifatida ishtirok etganligi asoslangan;
toponimlarning hosil bo‘lishida kompozisiya (Yassikechuv, Kampirsoy, Mingbuloq) va onomastik konversiya (Tepa, Koriz) usullari yetakchilik qilganligi, affiksatsiya (Ajiriqli, Qog‘ali, Tuyachi) usulining nisbatan kam qo‘llanilganligi aniqlangan;
“qishloq”, “ovul”, “rabot”, “quduq”, “buloq”, “soy”, “tog‘”, “tepa”, “jar”, “bel” kabi aniqlagichlar semantik markaz sifatida toponimlarning shakllanishida faol ishtirok etganligi Xo‘jaovul, Qumrabot, Qoraquduq, Oydinbuloq, Oqsoy, Bo‘kantov, Uchtepa, Oqjar, Saribel toponimlari misolida dalillangan;
toponimlar tub, affiksli, qo‘shma, aniqlagichli va murakkab tarkibli modellar asosida tasniflanib, ularning strukturaviy va etimologik xususiyatlari tahlili orqali Konimex, Ko‘kcha, Kengsoy, Qumrabot, Chordara kabi joy nomlarining asosini tarixiy-lingvistik motivatsiya tashkil etishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriylanishi. O‘zbekiston Respublikasi Qizilqum hududi toponimlarining tarixiy-lingvistik tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
Qizilqum hududiga oid toponimlar semantik tasnifga ko‘ra oykonim, gidronim, oronim, nekronim, agroonim va dromonim guruhlariga ajratilib, ularning nomlanishida urug‘ nomlari (Oyko‘nek, Teleu, KeneGES), antroponimlar (Xolmurodqazg‘on, Utamurod, Eltoy), fitotoponimlar (Jing‘ildi, Shengeldi, Ajiriqli) va zoonimlar (Qulanqoq, Ot quduq, Oqbo‘ta) asosiy nominatsion omillar sifatida ishtirok etganligi asoslangan xulosalardan 2017-2020-yillardagi 2016-09081165532 raqamli “Qoraqolpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika Fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpogiston filialining 2024-yil 8-maydagi 181-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha doirasidagi nazariy ishlanmalarning toponimik jihatdan yangi ilmiy g‘oyalar bilan boyitilishiga erishilgan;
toponimlarning hosil bo‘lishida kompozisiya (Yassikechuv, Kampirsoy, Mingbuloq) va onomastik konversiya (Tepa, Koriz) usullari yetakchilik qilganligi, affiksatsiya (Ajiriqli, Qog‘ali, Tuyachi) usulining nisbatan kam qo‘llanilganligi aniqlangan xulosalardan 2022-2024-yillarda bajarilgan IL-402104209. “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” mavzusidagi amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 1-maydagi 04/1-1142-son ma’lumotnomasi). Natijada, amaliy loyiha lingvistik shakllanish mexanizmlari bo‘yicha puxta ilmiy asoslar bilan mustahkamlangan;
“qishloq”, “ovul”, “rabot”, “quduq”, “buloq”, “soy”, “tog‘”, “tepa”, “jar”, “bel” kabi aniqlagichlar semantik markaz sifatida toponimlarning shakllanishida faol ishtirok etganligi Xo‘jaovul, Qumrabot, Qoraquduq, Oydinbuloq, Oqsoy, Bo‘kantov, Uchtepa, Oqjar, Saribel toponimlari misolida dalillangan xulosalardan 2017-2020-yillardagi 2016-09081165532 raqamli “Qoraqolpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika Fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpogiston filialining 2024-yil 8-maydagi 181-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha konsepsiyasida toponimik semantikaning hududiy o‘ziga xosliklarini aks ettirish imkoniyati kengaytirilgan;
toponimlar tub, affiksli, qo‘shma, aniqlagichli va murakkab tarkibli modellar asosida tasniflanib, ularning strukturaviy va etimologik xususiyatlari tahlili orqali Konimex, Ko‘kcha, Kengsoy, Qumrabot, Chordara kabi joy nomlarining asosini tarixiy-lingvistik motivatsiya tashkil etishi asoslangan xulosalardan 2022-2024-yillarda bajarilgan IL-402104209. “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” mavzusidagi amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 1-maydagi 04/1-1142-son ma’lumotnomasi). Natijada, dasturiy modellashtirish uchun zarur bo‘lgan grammatik va leksik birliklar asosida toponimlarning lingvistik strukturasi boyitilishiga erishilgan.