Xashimov Anvarbek Taxirjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sun’iy havzalarda baliq etishtirishning iqtisodiy samaradorligini oshirish yo‘llari”, 08.00.04-“Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt3206
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Umarov Suxrob Rustamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/30.01.2020.I.10.03
Rasmiy opponentlar: Nazarova Fotima Xakimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Dusmuratov Radjapbay Davletbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sun’iy havzalarda baliq etishtirishning iqtisodiy samaradorligini oshirish yo‘llari bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
baliqchilikka ixtisoslashgan sun’iy hovuzlarda baliqlarni ilmiy asoslangan va balanslashtirilgan ratsionlar asosida oziqlantirish rejimi va me’yorlari asoslangan;
iste’mol bozorlarini tirik, muzlatilgan sifatli arzon baliqlar bilan hamda baliqchilik mahsulotlarini etishtirish va sotish tizimi samaradorligini oshirishni ta’minlaydigan, ta’sischi a’zolarning mulkiy haq-huquqlarini himoya qiladigan ixtisoslashgan hovuz baliqchiligi kooperativlarini tashkil etish asoslangan;
sun’iy havzalarda baliq etishtirishga yo‘naltiriladigan aylanma mablag‘lar uchun kreditlarni baliqlarning etilish davri (3-5 oy)ga mos hamda baliqchilik xo‘jaligi quvvatidan kelib chiqib belgilangan imtiyozli davrda ozuqa, chovoq va YoMM xarajatlarining 70 foizini qoplab berish taklif etilgan;
sun’iy hovuz baliqchilik sohasini rivojlantirish va ozuqa ta’minotini yaxshilash asosida Andijon viloyatida baliq mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmining 2029-yilgacha bo‘lgan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sun’iy havzalarda baliq etishtirishning iqtisodiy samaradorligini oshirish yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
hovuz baliqchiligida baliqlarni balanslashtirilgan ratsionlarga mos ozuqalar bilan ta’minlash hamda oziqlantirish havzalarida oziqlantirish rejimi me’yorlari Andijon viloyati Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 16-iyundagi 03/23-3/1-05/3603-son ma’lumotnomasi). Natijada parrandachilikda parhezni optimallashtirish va hovuz baliqlarini boqish chastotasini oshirish baliq mahsuldorligini 3,5 s/ga, rentabellik darajasini esa 2,9 martaga oshishi aniqlangan;
iste’mol bozorini sifatli tirik va muzlatilgan baliqlar bilan ta’minlash, baliq etishtirish va sotish samaradorligini oshirishni ta’minlaydigan hovuz baliqchiligi kooperativlarini tashkil etish taklifi Andijon viloyati Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 16-iyundagi 03/23-3/1-05/3603-son ma’lumotnomasi). Natijada qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari o‘rtasida baliq etishtirish samaradorligi oshib, kooperativlar bozorni sifatli mahsulotlar bilan to‘ldirishiga xizmat qiladi;
sun’iy havzalarda baliq etishtirishda aylanma mablag‘lar uchun kreditlarni baliq etilish davri (3-5 oy)ga mos bo‘lgan imtiyozli davrda hamda baliqchilik xo‘jaligi quvvatidan kelib chiqib ozuqa, chovoq va YoMM xarajatlarining 70 foizgacha ajratish taklifi Andijon viloyati Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 16-iyundagi 03/23-3/1-05/3603-son ma’lumotnomasi). Natijada, baliqchilik subektlari aylanma mablag‘larini ta’minlashi uchun baliqning etilish davrida imtiyozli davrda hamda ozuqa, chovoq va YoMM xarajatlarini imtiyozli kredit berish orqali rag‘batlantiriladi;
hovuz baliqlari etishtirish va ozuqa ta’minotini yaxshilash asosida Andijon viloyatida baliq mahsulotlarini ishlab chiqarishning 2029-yilgacha bo‘lgan prognoz parametrlari bo‘yicha taklifi Andijon viloyati Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 16-iyundagi 03/23-3/1-05/3603-son ma’lumotnomasi). Natijada, hovuz baliqlarini etishtirish va ta’minotini yaxshilash asosida 2029-yilga borib, viloyatda etishtiriladigan baliq hajmi 30113,8 tonnaga hamda baliq mahsuldorligi 64,5 s/ga oshishi prognoz qilingan.