Mamanazarova Nasiba Jo‘raevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sug‘oriladigan erlarda meliorativ tadbirlar samaradorligini oshirish yo‘llari”, 08.00.04-“Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Iqt1977
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Shoxo‘jaeva Zebo Safoevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat texnika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/30.01.2020.I.10.03
Rasmiy opponentlar: Qodirov Abdurashid Madjidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Sangirova Umida Rustamovna, iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD)
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot instituti Samarqand filiali
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sug‘oriladigan erlarda meliorativ tadbirlar samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qishloq xo‘jaligi erlari meliorasiyasi bilan bog‘liq mavjud nazariy qarash va qoidalarni tanqidiy o‘rganish asosida “qishloq xo‘jaligi meliorasiya samaradorligi” tushunchasi ilmiy asoslandi va melioratsiya samaradorlik ko‘rsatkichlari tizimi takomillashtirildi;
sug‘oriladigan erlarning kapital bilan ta’minlanganlik darajasini tabaqali baholash maqsadida “sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi erlarining kapital ta’minoti koeffisienti” taklif qilindi;
sho‘rga chidamli, tuproq meliorativ holatini yaxshilovchi va ishlab chiqaruvchiga iqtisodiy samara beruvchi ekinlardan foydalanish hisobiga tuproq meliorativ holati yomonlashgan erlarda “fitomeliorativ tadbirlarni amalga oshirish mexanizmi” tavsiya etildi;
Qashqadaryo viloyatida ekin erlari meliorativ holati bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan paxta va don etishtirish iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlarining 2025-2030 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sug‘oriladigan erlarda meliorativ tadbirlar samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
qishloq xo‘jaligi erlari melioratsiyasi bilan bog‘liq nazariy qoidalar tahlillari asosida “Qishloq xo‘jaligiga yaroqli melioratsiya samaradorligi” tushunchasi iqtisodiy mohiyatini va samaradorlik ko‘rsatkichlari tizimini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar amaliyotga joriy etish uchun qabul qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 12 noyabrdagi №05/06-04-398-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, qishloq xo‘jaligiga yaroqli melioratsiya samaradorligi ko‘rsatkichlar tizimi iqtisodiy, ekologik, texnik, ijtimoiy va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari orqali baholash mumkin. Ular erlarning meliorativ holatini yaxshilash, tabiiy resurslardan samarali foydalanish, iqtisodiy samaradorlikni oshirish va ijtimoiy sharoitlarni yaxshilashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi;
erdan foydalanish samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi erlarining kapital bilan ta’minlanganlik darajasiga baho berish imkonini beruvchi “Sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi erlarining kapital ta’minoti koeffisienti” amaliyotga tatbiq etish uchun qabul qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 12 noyabrdagi №05/06-04-398-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif Qashqadaryo viloyatida sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi erlariga sarflanadigan kapital miqdorini aniq baholash imkoni bo‘ladi va erlarning iqtisodiy salohiyatini oshirish uchun qay darajada investisiya kiritish zarurligini ko‘rsatib beradi hamda iqtisodiy va texnik ko‘rsatkichlar tahlili asosida qishloq xo‘jaligi erlarida samarali va barqaror faoliyat olib borishga zamin yaratadi;
sho‘rga chidamli, tuproq meliorativ holatini yaxshilovchi va ishlab chiqaruvchiga iqtisodiy samara beruvchi ekinlardan foydalanish hisobiga tuproq meliorativ holati yomonlashgan erlarda “fitomeliorativ tadbirlarni amalga oshirish mexanizmi” amaliyotga joriy etish tavsiya etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 12 noyabrdagi №05/06-04-398-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu mexanizm Qashqadaryo viloyatida sho‘rlangan erlarning tuproq meliorativ holatini yaxshilashga qaratilgan bo‘lib, shunday sharoitdagi ishlab chiqaruvchiga ham iqtisodiy foyda keltirish imkonini beradi. Chunki, ushbu mexanizm fitomeliorativ tadbirlar orqali tuproq sifatini oshirish va suv tejamkorlikni ta’minlash, urug‘chilik tizimi, agrotexnika, drenaj va rotatsiya tadbirlari asosida mahsulot etishtiruvchi sub’ektlar faoliyatida qo‘shimcha foyda olishga xizmat qiladi;
Qashqadaryo viloyatida ekin erlari meliorativ holati bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan paxtachilik va g‘allachilik faoliyati iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlarining 2025-2030 yilgacha davr uchun prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 12 noyabrdagi №05/06-04-398-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni joriy etish Qashqadaryo viloyati ekin maydonlarining meliorativ holatini yaxshilanishi, jumladan, qishloq xo‘jaligida sug‘oriladigan umumiy er maydoniga nisbatan sho‘rlangan erlarning yillar kesimida o‘rtacha 1 foizga qisqarishi natijasida, paxtachilikda foyda marjasi keyingi besh yilda 6,2 foizga etib, o‘rtacha o‘sish sur’ati 5,8 foizni tashkil etadi hamda 2030 yilda 2025 yilga nisbatan 1,33 barobarga ortishi ta’minlanadi. G‘allachilikda esa foyda marjasi keyingi besh yilda 40,7 foizga etib, o‘rtacha o‘sish sur’ati 4,74 foizni tashkil etadi hamda 2030 yilda 2025 yilga nisbatan 1,26 barobarga ortishi ta’minlanadi.