Rustambekova Shaxnoza Shoiskandar qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Glaukomaning turli ko‘rinishida ul`trabiomikroskopik ma’lumotlarga asoslangan holda oldingi kamera chuqurligini qiyosiy baholash», 14.00.08 – Oftal`mologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1676.
Ilmiy rahbar: Ikramov Azizbek Fozilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.95.01.
Rasmiy opponentlar: Nabiev Abduvali Mirzaalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Islamov Ziyavuddin Sadriddinovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiët instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ul`tratovushli biomikroskopiya yordamida ko‘z olmasining topanatomik xususiyatlarini aniqlash orqali yopiq burchakli glaukomaning turli shakllarini erta tashxislash va davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oftal`mologik shikoyatlarsiz turli xil ko‘rinishlardagi birlamchi yopiq burchakli glaukoma bilan og‘rigan bemorlarda ko‘z olmasining old qismini mul`timodal baholash asosida yosh, jins va komorbid holatdan qat’i nazar, barcha bemorlarda ko‘rish a’zosining shikastlanishi kuzatilishi aniqlangan;
ul`tratovush biomikroskopiyasi va gonioskopiya ma’lumotlarini qiyosiy baholash asosida ko‘zning oldingi kamerasi chuqurligi, rangdor pardaning prikorneal sohadagi ildiz qismi qalinligi, orqa kameraning chuqurligi va uzunligi kabi ko‘rsatkichlarning miqdoriy va sifat o‘zgarishlari birlamchi yopiq burchakli glaukomaning turlarini tashxislashda differensial yondashuv mezoni ekanligi isbotlangan;
ul`tratovush biomikroskopiyasi yordamida birlamchi yopiq burchakli glaukomada oldingi kamerasi burchagi to‘silishining patogenetik mexanizmiga ko‘ra qorachiq blokli, tekis rangdor pardali, vitreoxrustalik blokli hamda oldingi kamera burchagi qisqargan holda kechuvchi shakllarini juda aniqlik bilan belgilash imkonini beruvchi ko‘zning oldingi segmenti tuzilmalari o‘rtasidagi anatomik-topografik xususiyatlar aniqlangan;
ul`tratovushli biomikroskopiyaning eng axborotli mezonlariga asoslangan holda birlamchi yopiq burchakli glaukomani erta tashxislash va xirurgik davolash usulini tanlash tartiboti ishlab chiqilgan hamda uning klinik samaradorligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yopiq burchakli glaukomaning turli shakllarini erta tashxislash va davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: oftal`mologik shikoyatlarsiz turli xil ko‘rinishlardagi birlamchi yopiq burchakli glaukoma bilan og‘rigan bemorlarda ko‘z olmasining old qismini mul`timodal baholash asosida yosh, jins va komorbid holatdan qat’i nazar, barcha bemorlarda ko‘rish a’zosining shikastlanishi kuzatilishi aniqlanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 27 avgustda 6i-55/u-son bilan tasdiqlangan «Glaukomaning har xil turlarida ul`tratovushli biomikroskopiya ma’lumotlari bo‘yicha old kamera chuqurligini qiyosiy baholash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Andijon viloyat ko‘z kasalliklari shifoxonasining 04.01.2025 yildagi 273-son hamda Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filialining 10.12.2024 yildagi 220-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 10 martdagi 13/09-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ushbu ilmiy yangilikdan foydalanish ko‘rish a’zosining shikastlanishini erta tashxislash va o‘z vaqtida davolash, shuningdek yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olish xisobiga bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: yopiq burchakli glaukomaning turli shakllari bilan kasallangan bemorlarni davolashda ushbu ilmiy yangilikdan foydalanish kasallik asoratlarini oldini olish va adekvat davolash usulini qo‘llash xisobiga bemorlarning statsionarda bo‘lish muddatini o‘rtacha 4 kunga qisqartirishga hamda 1 bemorning statsionarda bo‘lishi 4 kunlik jami xarajatlarini qisqarishi hisobiga 788000 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinishiga imkon beradi (hozirgi kunda klinikaning oftal`mologiya bo‘limida 1 yotoq kuni uchun to‘lov 142000 so‘mni, dori-darmon xarajati o‘rtacha 55000 so‘mni tashkil qiladi). Xulosa: ushbu ilmiy yangilikdan foydalanish o‘rin-kunlarni qisqartirish hisobiga tadqiqot ko‘lami bo‘yicha (n=124) 97712000 so‘m byudjet mablag‘lari tejalishiga imkon beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ul`tratovush biomikroskopiyasi va gonioskopiya ma’lumotlarini qiyosiy baholash asosida ko‘zning oldingi kamerasi chuqurligi, rangdor pardaning prikorneal sohadagi ildiz qismi qalinligi, orqa kameraning chuqurligi va uzunligi kabi ko‘rsatkichlarning miqdoriy va sifat o‘zgarishlari birlamchi yopiq burchakli glaukomaning turlarini tashxislashda differensial yondashuv mezoni ekanligi isbotlanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 27 avgustda 6i-55/u-son bilan tasdiqlangan «Glaukomaning har xil turlarida ul`tratovushli biomikroskopiya ma’lumotlari bo‘yicha old kamera chuqurligini qiyosiy baholash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Andijon viloyat ko‘z kasalliklari shifoxonasining 04.01.2025 yildagi 273-son hamda Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filialining 10.12.2024 yildagi 220-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 10 martdagi 13/09-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bemorlarni ushbu ilmiy yangilikdan foydalanish birlamchi yopiq burchakli glaukomaning turlarini tashxislashda differensial yondashuvga imkon beradi, bu esa ratsional davolash xisobiga bemorlarning xayot sifatini oshirishga, mehnat qobiliyatini tez tiklanishiga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: ushbu ilmiy yangilikdan foydalanish orqali birlamchi yopiq burchakli glaukomaning turlarini tashxislashga differensial yondashuv kam axborotli va noo‘rin tekshiruvlar uchun xarajatlarni kamaytiradi. Xulosa: ushbu ilmiy yangilikdan foydalanish bir bemor uchun o‘rtacha 305400 so‘m iqtisod qilinishiga olib keldi.
uchinchi ilmiy yangilik: ul`tratovush biomikroskopiyasi yordamida birlamchi yopiq burchakli glaukomada oldingi kamera burchagi to‘silishining patogenetik mexanizmiga ko‘ra qorachiq blokli, tekis rangdor pardali, vitreoxrustalik blokli hamda oldingi kamera burchagi qisqargan holda kechuvchi shakllarini juda aniqlik bilan belgilash imkonini beruvchi ko‘zning oldingi segmenti tuzilmalari o‘rtasidagi anatomik-topografik xususiyatlar aniqlashtirilganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 27 avgustda 6i-55/u-son bilan tasdiqlangan «Glaukomaning har xil turlarida ul`tratovushli biomikroskopiya ma’lumotlari bo‘yicha old kamera chuqurligini qiyosiy baholash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Andijon viloyat ko‘z kasalliklari shifoxonasining 04.01.2025 yildagi 273-son hamda Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filialining 10.12.2024 yildagi 220-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 10 martdagi 13/09-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ul`tratovush biomikroskopiyasi yordamida birlamchi yopiq burchakli glaukomada oldingi kamera burchagi to‘silishining patogenetik mexanizmini aniqlik bilan belgilash glaukomaning har xil turlarini to‘g‘ri tashxislash va davolash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: yopiq burchakli glaukomaning turli shakllari bilan kasallangan bemorlarni tashxislashda ushbu ilmiy yangilikdan foydalanish kasallik asoratlarini oldini olish va adekvat davolash usulini qo‘llash xisobiga bemorlarning statsionarda bo‘lish muddatini o‘rtacha 4 kunga qisqartirishga hamda 1 bemorning statsionarda bo‘lishi 4 kunlik jami xarajatlarini qisqarishi hisobiga 788000 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinishiga imkon beradi (hozirgi kunda klinikaning oftal`mologiya bo‘limida 1 yotoq kuni uchun to‘lov 142000 so‘mni, dori-darmon xarajati o‘rtacha 55000 so‘mni tashkil qiladi). Xulosa: ushbu ilmiy yangilikdan foydalanish o‘rin-kunlarni qisqartirish hisobiga tadqiqot ko‘lami bo‘yicha (n=124) 97712000 so‘m byudjet mablag‘lari tejalishiga imkon beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ul`tratovushli biomikroskopiyaning eng axborotli mezonlariga asoslangan holda birlamchi yopiq burchakli glaukomani erta tashxislash va xirurgik davolash usulini tanlashning ishlab chiqilgan tartiboti hamda uning klinik samaradorligi asoslanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 27 avgustda 6i-55/u-son bilan tasdiqlangan «Glaukomaning har xil turlarida ul`tratovushli biomikroskopiya ma’lumotlari bo‘yicha old kamera chuqurligini qiyosiy baholash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Andijon viloyat ko‘z kasalliklari shifoxonasining 04.01.2025 yildagi 273-son hamda Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filialining 10.12.2024 yildagi 220-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 10 martdagi 13/09-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: birlamchi yopiq burchakli glaukomani erta tashxislash va xirurgik davolash usulini tanlashning ishlab chiqilgan tartiboti qo‘llash diagnostik xatolar va davolashdan keyingi asoratlar sonini kamaytirish, bemorlarning reabilitatsiya vaqtini qisqartirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: taklif etilgan tartibotni qo‘llash orqali bemorlarning statsionarda bo‘lish muddati 4 kunga qisqartirildi. Buning natijasida 1 bemorning statsionarda bo‘lishi 1 kunlik jami xarajatlarining o‘rtacha miqdori 197000 so‘mni tashkil etgani holda 977000 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinishiga imkon bergan. Xulosa: ushbu ilmiy yangilikdan foydalanish o‘rin-kunlarni qisqartirish hisobiga 1 bemor uchun 977000 so‘m byudjet mablag‘lari tejalishiga imkon beradi.