Maqsumov G‘ofurjon Axmadovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kam invaziv texnologiyalardan foydalangan holda bolalarda ichak invaginatsiyasini tashxislash va davolash taktikasini takomillashtirish”, 14.00.40 – Shoshilinch tibbiyot (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib4771.
Ilmiy rahbar: Akilov Xabibulla Ataullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.63.01.
Rasmiy opponentlar: Tulyaganov Davron Baxtiyarovich, tibbiyot fanlari doktori; Mametov Ravshan Raimberdievich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qirg‘iziston).
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi bolalarda ichak invaginatsiyasini tashxislash va jarrohlik aralashuvi usullarini takomillashtirish orqali davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ichak invaginatsiyasi bilan kasallangan bemor bolalarda taklif etilgan irrigoskopiya va laparoskopiyani bir vaqtda qo‘llanishiga asoslangan endoskopik dezinvaginatsiyaning yangi usuli ichak ichki bosimini 140 mm simob ustunigacha oshirilishi va ichak devorlari holatini vizual nazorat qilinishi hisobiga samarasi isbotlangan;
ichak invaginatsiyasi bilan kasallangan bolalarni tashhislash usullarining diagnostik qiymati baholangan va tekshirish vaqtini qisqartirishga olib keladigan mantiqiy ketma-ketligi asoslangan;
ichak invaginatsiyasi birinchi marta bo‘lgan bolalarda laparoskopik dezinvaginatsiya jarayonidagi konversiyalar bilan bog‘liq asosiy xavf omillari (kech tashxis, ichak ishemiyasi, peritonit belgilari va boshqalar) aniqlangan va ularning operatsiyadan keyingi asoratlarni rivojlanishida prognostik qiymati isbotlangan;
ichak invaginatsiyasining murakkab shakllarida mahalliy nekroz va ichak rezeksiyasi darajasini aniqlaydigan yangi usullar asosida bolalarda turli xil stoma operatsiyalari uchun ko‘rsatmalar takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
“Kam invaziv texnologiyalardan foydalangan holda bolalarda ichak invaginatsiyasini tashxislash va davolash taktikasini takomillashtirish“ mavzusidagi yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 07 iyuldagi 21-sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ichak invaginatsiyasi bilan kasallangan bemor bolalarda taklif etilgan irrigoskopiya va laparoskopiyani bir vaqtda qo‘llanib, ichakdagi bosimni 140 mm simob ustunigacha oshiradigan laparoskopik dezinvaginatsiyaning yangi usuli jarayonni soddalashtirishi va shuningdek, ichak devorlari holatini vizual nazorat qilish imkonini berishi batafsil majmuaviy tahlil qilish orqali ushbu toifadagi bemorlarning klinik profili tavsiflanganligi 2025 yil 6 martida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Ilmiy kengashi yig‘ilishida №1- son bayonnomasi bilan tasdiqlangan “Bolalarda ichak invaginatsiyasini tashxislash va davolashni takomillashtirish uchun minimal invaziv texnologiyalardan foydalanish” mavzusidagi uslubiy tavsiyanomada o‘z aksini topgan. Tavsiyanoma Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Toshkent viloyati (10.04.2025 yildagi №56-son buyruq) va Buxoro (11.04.2025 yil; №116-son buyruq) filiallarining klinik amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: ichak invaginatsiyasi bilan og‘rigan bemorlarning yosh va jins tarkibini, yo‘ldosh kasalliklar turini, ichaklarning shikastlanish sathini, ichak invaginatsiyasi turini batafsil majmuaviy tahlil qilish orqali davolash taktikasini aniq tanlab olishga va tashxislash sifatini yaxshilashga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: tadqiqot natijalari keraksiz bo‘lgan tashxislash muolajalarini qisqartirish va davolash samaradorligini oshirish natijasida bir nafar bemor uchun byudjet mablag‘laridan 375000 so‘m, tadbiq ko‘lamiga nisbatan esa (n=76) 28500000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: ichak invaginatsiyasi bilan og‘rigan bolalarni tekshirish usullarining diagnostik qiymati va mantiqiy ketma-ketligi asoslandi va baholandi, ularning samaradorligini oshirish va tekshirish vaqtini qisqartirishga olib kelishini aniqlashga imkon beradigan bevosita va bilvosita belgilarni o‘z ichiga oluvchi ichak invaginatsiyasining multislays kompyuter tomografiya semiotikasi bir tizimga keltirildi va illyustratsiyalar bilan to‘liq bayon etilgan hamda ushbu murakkab kasallikni xirurgik davolashning shaxsiylashtirilgan strategiyasini tanlashda multislays kompyuter tomografiya belgilar muhim rol` o‘ynashi asoslanganligi 2025 yil 6 martda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Ilmiy kengashi yig‘ilishida №1- son bayonnomasi bilan tasdiqlangan “Bolalarda ichak invaginatsiyasini tashxislash va davolashni takomillashtirish uchun minimal invaziv texnologiyalardan foydalanish” mavzusidagi uslubiy tavsiyanomasida joriy etilgan. Tavsiyanoma Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Toshkent viloyati (10.04.2025 yildagi №56-son buyruq) va Buxoro (11.04.2025 yil; №116-son buyruq) filiallarining klinik amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: multislays kompyuter tomografiyani qo‘llanilishi tashxislash aniqligini oshirishga va ichak invaginatsiyasini erta aniqlanishi hisobiga davolash natijalarini yaxshilashga va layoqatsizlikni kamaytirishga asos bulgan. Iqtisodiy samaradorligi: tashxis qo‘yishni tezlashtirish va tashxislashning samarasiz usullariga bo‘lgan xarajatlarni pasaytirish natijasida bir nafar bemor uchun byudjet mablag‘laridan 585000 so‘m, tadbiq ko‘lamiga nisbatan esa (n=2) 1170000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: ichak invaginatsiyasi birinchi marta bo‘lgan bolalarda laparoskopik dezinvaginatsiya paytida konversiyaning asosiy xavf omillari ilk bora aniqlangan, bu esa operatsiyadan keyingi asoratlarning oldini olishga imkon bergan, bunday yondashuv orqali operatsiyalarning shikastlantiruvchanligini kamaytirish va davolash natijalarini ishonchli darajada yaxshilash mumkinligi isbotlanganligi 2025 yil 6 martida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Ilmiy kengashi yig‘ilishida №1 son bayonnomasi bilan tasdiqlangan, “Bolalarda ichak invaginatsiyasini tashxislash va davolashni takomillashtirish uchun minimal invaziv texnologiyalardan foydalanish” mavzusidagi uslubiy tavsiyanomasida o‘z aksini topdi. Tavsiyanoma Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Toshkent viloyati (10.04.2025 yildagi №56-son buyruq) va Buxoro (11.04.2025 yil; №116-son buyruq) filiallarining klinik amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: natijalarning qiyosiy tahlili shuni ko‘rsatdiki, jarrohlik amaliyotidan keyingi asoratlarning ko‘rsatkichi 20,3% dan 4,1% gacha va o‘lim ko‘rsatkichi 3,4% dan 1% gacha kamayishi kuzatilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Shifoxonada davolanish davomiyligi o‘rtacha 11 dan 4 kungacha qisqartirilishi natijasida bir nafar bemor uchun byudjet mablag‘laridan kuniga 205000 so‘m, tadbiq ko‘lamiga nisbatan esa (n=98, o‘rtacha 7 kunga qisqartirilgan) 140630000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ichak invaginatsiyasini tashxislash va davolashda noinvaziv va minimal invaziv tashxislash (multislays kompyuter tomografiya, pnevmoirrigografiya va ultratovush tashhislash) va davolash (pnevmoirrigokompressiya bilan birgalikda laparoskopik dezinvaginatsiya) usullari markaziy o‘rinni egallovchi yangi algoritm ishlab chiqilib, bu algoritm davolash taktikasini muqobillashtirishga, xirurgik amaliyotlarning shikastlantirish darajasini kamaytirishga va ushbu og‘ir xirurgik kasallikni davolashning natijalarini yaxshilashga hizmat qilishi asoslangan. Algoritm Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi ning klinik amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Davolash taktikasini optimallashtirish shikastlantiruvchi jarrohlik aralashuvlarini kamaytirishga va klinik natijalarning yaxshilanishiga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: davolashni kam invaziv usullarini joriy etilishi vositalarni sezilarli tejalishiga olib kelgan; an’anaviy davolash usulini o‘rtacha tannarxi 8800000 so‘m, taklif etilayotgan kam invaziv davolash usulining eng past tannarhi esa 3200000 so‘mni tashkil etib, bir nafar bemorga 5600000 so‘m, tadbiq ko‘lamiga nisbatan esa (n=76) 425600000 so‘m iqtisod qilishga imkonini bergan.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Kam invaziv texnologiyalardan foydalangan holda bolalarda ichak invaginatsiyasini tashxislash va davolash taktikasini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsion tadqiqoti natijalarining amaliyotga joriy qilinganligi to‘g‘risida ilmiy yangilikni boshqa davolash-profilaktika muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining 2025 yil 19 sentyabrdagi 01-01/2275-sonli xati yuborilgan.