Minovarova Charrazxon Anvarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Semizligi bo‘lgan yoshlarda arterial gipertenziyaning klinik va patogenetik xususiyatlari, davolashni mukamallashtirish” 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tib3753.
Ilmiy rahbar: Ataxadjaeva Gulchexra Abdunabievna, tibbiet fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/30.12.2019.Tib30.02.
Rasmiy opponentlar: Raximova Dilorom Alimovna, tibbiet fanlar doktori, professor; Najmitdinova Dilorom Kamaritdinovna, tibbiet fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: abdominal semizligi bo‘lgan yoshlarda arterial gipertenziyaning gormonal va metabolik xavf omillarini aniqlash va standart kombinatsiyalangan antigipertenziv terapiya negzida jismoniy mashqlarni samaradorligini baholashdan iborat .
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
arterial gipertoniya va abdominal semizlikga chalingan yosh bemorlarda klinik va patogenetik xususiyatlar, shu jumladan, metabolik kasalliklarning dastlabki belgilari, gormonal muvozanatning va kunlik qon bosimi profilini o‘zgarishi aniqlangan;
adiponektin, leptin, rezistin darajalari bilan insulinrezistentlik darajasi, shuningdek ularning arterial gipertenziyaga ta’siri o‘rtasidagi bog‘liqlik  arterial gipertenziya va abdominal semizlik bilan og‘rigan yosh bemorlarda aniqlangan;
arterial gipertenziya va abdominal semizlik bilan og‘rigan yosh bemorlarda metabolik ko‘rsatkichlarni kompleks baholash (metabolografiya ma’lumotlariga ko‘ra - VO₂-kislorod iste’moli, RQ-nafas olish koeffisienti, RMR-tinch xolatda metabolizm tezligi) va bioimpedans tahlili (tana tarkibi, visseral yog‘, faza burchagi) aniqlangan;
abdominal semizlik bilan birgalikda arterial gipertenziya bilan og‘rigan yosh bemorlarda qon bosimini barqarorlashtirish uchun dori terapiyasiga qo‘shimcha yondashuv sifatida individual jismoniy tarbiya dasturining samaradorligi va jismoniy faollikning metabolik o‘zgarishlarni me’yorilashtirishga leptin va insulinrezistentlik darajasining ta’siri asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Semizligi bo‘lgan yoshlarda arterial gipertenziyaning klinik va patogenetik xususiyatlari, davolashni mukamallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
birinchi ilmiy yangilik: arterial gipertoniya va abdominal semizlikga chalingan yosh bemorlarda klinik va patogenetik xususiyatlar, shu jumladan, metabolik kasalliklarning dastlabki belgilari, gormonal muvozanatning va kunlik qon bosimi profilini o‘zgarishi aniqlanganligi Toshkent viloyati Qibray tumani tibbiyot birlashmasi 30.05.2024 yildagi 1716-10-139-TB/2024-sonli va Surxandaryo viloyat Angor tumani tibbiyot birlamshmasining 03.06.2024 yildagi 1684-8-109-TB/2024-sonli sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 07 iyuldagi 21/83 sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: abdominal semizlikga ega arterial gipertenziyali yosh bemorlarni jismoniy mashqlar yordamida davolash bo‘yicha ishlab chiqilgan algoritm terapevtik yondashuvlarni optimallashtirishga, shuningdek, yosh bemorlarda yurak-qon tomir asoratlari rivojlanishi xavfini oldini olishga xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi: ushbu yondashuv bir yilda abdominal semizlik va arterial gipertenziyaga chalingan bemorlarni gospitalizatsiya xarajatlarini ikki baravarga qisqartirish imkonini berdi. Xulosa: Olingan tadqiqot natijalari I–III darajali arterial gipertenziya va abdominal semizlikka ega yosh bemorlarda yurak-qon tomir kasalliklari xavf omillarini aniqlash hamda asoratlar rivojlanishi ehtimolini baholash imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: adiponektin, leptin, rezistin darajalari bilan insulinrezistentlik darajasi, shuningdek ularning arterial gipertenziyaga ta’siri o‘rtasidagi bog‘liqlik  arterial gipertenziya va abdominal semizlik bilan og‘rigan yosh bemorlarda aniqlanganligi Toshkent viloyati Qibray tumani tibbiyot birlashmasi 30.05.2024 yildagi 1716-10-139-TB/2024-sonli va Surxandaryo viloyat Angor tumani tibbiyot birlamshmasining 03.06.2024 yildagi 1684-8-109-TB/2024-sonli sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 07 iyuldagi 21/83 sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: abdominal semizlik negzidagi arterial gipertenziyasi bor yosh bemorlarda yurak qon tomir tizimi asoratlarini erta oldini olishdaa diagnostik va terapevtik yondashuvlarni optimallashtirish algoritmi asosida yuqori yurak-qon tomir kasalliklari xavfiga moyilligi erta bosqichlarda aniqlandi. Iqtisodiy samaradorligi: yosh bemorlarda yurak-qon tomir asoratlarining erta diagnostikasiga va gospitalizatsiya muddatlarini qisqartirishga xizmat qiladi. Xulosa: Adiponektin, leptin va rezistin darajalari bilan insulinrezistentligi darajasi o‘rtasidagi bog‘liqlik hamda ularning arterial gipertenziyaga ta’sirini aniqlash orqali yuqori xavf guruhiga mansub bemorlarni erta aniqlash, individual yondashuvni qo‘llash va og‘ir asoratlarning oldini olish orqali bemorlarning hayot sifatini va ijtimoiy faolligini saqlashga erishiladi.
uchinchi ilmiy yangilik: arterial gipertenziya va abdominal semizlik bilan og‘rigan yosh bemorlarda metabolik ko‘rsatkichlarni kompleks baholash (metabolografiya ma’lumotlariga ko‘ra - VO₂-kislorod iste’moli, RQ-nafas olish koeffisienti, RMR-tinch xolatda metabolizm tezligi) va bioimpedans tahlili (tana tarkibi, visseral yog‘, faza burchagi) aniqlanganligi Toshkent viloyati Qibray tumani tibbiyot birlashmasi 30.05.2024 yildagi 1716-10-139-TB/2024-sonli va Surxandaryo viloyat Angor tumani tibbiyot birlamshmasining 03.06.2024 yildagi 1684-8-109-TB/2024-sonli sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 07 iyuldagi 21/83 sonli xulosasi).  Ijtimoiy samaradorligi: yurak-qon tomir xavflari erta rivojlanishining metabolik belgilari diagnostikasi va jismoniy mashqlar orqali terapevtik yondashuvlarni optimallashtirish algoritmi arterial gipertenziya va abdominal semizlik bilan kasallangan yosh bemorlarda yuqori xavfni erta bosqichda aniqlash imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: Arterial gipertenziya va abdominal semizlikka ega bemorlarda yurak-qon tomir asoratlarining erta diagnostikasi va gospitalizatsiya muddatlarining qisqarishiga sabab bo‘ldi. Xulosa: bu tadqiqot yurak-qon tomir tizimi kasalliklarining profilaktikasi samaradorligini oshirish, nogironlik va vaqtidan oldin o‘lim holatlarini kamaytirishda muhim ahamiyatga ega.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: abdominal semizlik bilan birgalikda arterial gipertenziya bilan og‘rigan yosh bemorlarda qon bosimini barqarorlashtirish uchun dori terapiyasiga qo‘shimcha yondashuv sifatida individual jismoniy tarbiya dasturining samaradorligi va jismoniy faollikning metabolik o‘zgarishlarni me’yorilashtirishga leptin va insulinrezistentlik darajasining ta’siri asoslanganligi Toshkent viloyati Qibray tumani tibbiyot birlashmasi 30.05.2024 yildagi 1716-10-139-TB/2024-sonli va Surxandaryo viloyat Angor tumani tibbiyot birlamshmasining 03.06.2024 yildagi 1684-8-109-TB/2024-sonli sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 07 iyuldagi 21/83 sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: arterial gipertenziya va abdominal semizlik bor bo‘lgan yosh bemorlarda individual jismoniy tarbiya dasturini dori darmon terapiyaga qo‘shimcha usul sifatida qo‘llash orqali xavf guruhiga kiradigan bemorlarni erta bosqichda aniqlash, og‘ir asoratlarning rivojlanishini oldini olish va shu tariqa bemorlarning hayot sifatini hamda ijtimoiy faolligini oshirish bilan namoyon bo‘ldi va yurak qon tomir tizimi kasalliklarining profilaktikasi samaradorligini oshirishga, nogironlik va vaqtidan oldin o‘limni kamaytirishga yordam berdi. Iqtisodiy samaradorligi: individual jismoniy tarbiya dasturi algoritmi bir yilda bir bemorni ikki baravarga gospitalizatsiya qilish xarajatlarini kamaytirishga imkon berdi, bu esa ushbu bemorlar to‘g‘risidagi diagnostika va davolash ishlariga sarflanadigan mablag‘larni tejashga sabab bo‘ldi. Xulosa: Arterial gipertenziya va abdominal semizlik bor bo‘lgan yosh bemorlarda erta bosqichda yurak-qon tomir asoratlari xavfiga moyillikni aniqlash va oldini olish imkonini yaratadi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish