Kim Oksana Vladislavovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘tkir gematogen osteomielitga chalingan bolalarda suyak kollageni biomarkerlarini aniqlashning klinik diagnostik ahamiyati” 14.00.25 – Klinik-laborator va funksional diagnostika (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib4669
Ilmiy rahbar: Yusupov Shuxrat Abdurasulovich, tibbiet fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi DSc.04/30.12.2019.Tib30.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Muminova Nigora Xayrutdinovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsenti; Emanuel` Vladimir Leonidovich, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda o‘tkir osteomielitni erta aniqlash va jarrohlik davolash samaradorligida suyak kollagen almashinuvi mahsulotlarining biomarkerlarning diagnostik ahamiyatini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi :
ilk bor o‘tkir gematogen osteomielit bilan og‘rigan bolalarda yiringli-destruktiv asoratlar rivojlanishi va yallig‘lanish jarayonining surunkali kechishi xavfi yuqori bo‘lgan suyak metabolizmi biomarkerlari (PINP va β-CrossLaps) darajasining yuqori chegara qiymatlari aniqlangan;
o‘tkir gematogen osteomielit bilan og‘rigan bolalarda suyak metabolizmi biomarkerlari (PINP va β-CrossLaps) darajalarini dinamikada kuzatish yallig‘lanish jarayonining surunkali kechishi, suyak deformatsiyalarining shakllanishi va uzoq muddatli asoratlarning rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan bemorlar guruhlarini o‘z vaqtida aniqlash imkonini berishi asoslangan;
jadal skelet o‘sishi bilan tavsiflangan o‘tkir gematogen osteomielitli o‘smirlarda suyak rezorbsiyasining yaqqol buzilishi va osteogen faollikning pasayishi cho‘ziluvchan yallig‘lanish va qoldiq suyak deformatsiyalari shakllanishi xavfini sezilarli darajada oshirishi aniqlangan;
o‘tkir gematogen osteomielit bilan og‘rigan bolalarda suyak va minerallar almashinuvi biomarkerlarining kompleks va dinamik nazoratini qo‘llash xavflarni ob’ektiv tabaqalashtirish, jarrohlik aralashuvi va tiklanish chora-tadbirlari tamoyillarini individuallashtirish asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Bolalarda o‘tkir osteomielitni erta aniqlash va jarrohlik davolash samaradorligini baholash uchun biomarkerlar sifatida suyak kollagen metabolizmi mahsulotlarining diagnostik ahamiyatini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik. ilk bor o‘tkir gematogen osteomielit bilan kasallangan bolalarda yiringli-destruktiv asoratlar rivojlanishi va yallig‘lanish jarayonining surunkali kechishi xavfi yuqori bo‘lgan suyak metabolizmi biomarkerlari (PINP va β-CrossLaps) darajasining kritik chegara qiymatlari aniqlanganligi Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 19.05.2025 yildagi 87-sonli va Surxandaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 20.05.2025 yildagi 87-T-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 07 iyuldagi 21/38 sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bolalarda o‘tkir gematogen osteomielitda yiringli-destruktiv asoratlar rivojlanishining yuqori xavfi va yallig‘lanish jarayonining surunkali kechishi bilan bog‘liq suyak metabolizmi biomarkerlarining (PINP va β-CrossLaps) kritik chegara qiymatlarining o‘rnatilgan diapazoni muhim amaliy ahamiyatga ega. Iqtisodiy samaradorligi: o‘tkir gematogen osteomielit bilan og‘rigan bemorlarning 30-40% da kasalxonada yotish muddatini o‘rtacha 5-7 kunga qisqartirish va qimmat jarrohlik aralashuvlarini oldini olish imkonini beradi. Xulosa:Olingan ma’lumotlar nafaqat kasallikning erta bosqichlarida tashxis qo‘yish va bashorat qilishni ob’ektivlashtirish, balki nogironlikka olib keladigan oqibatlarning shakllanish ehtimolini kamaytirgan holda davolash va reabilitatsiya taktikasini o‘z vaqtida tuzatish imkonini beradi. 
ikkinchi ilmiy yangilik: o‘tkir gematogen osteomielit bilan og‘rigan bolalarda suyak metabolizmi biomarkerlari (PINP va β-CrossLaps) darajalarini dinamikada kuzatish yallig‘lanish jarayonining surunkaliga o‘tish, suyak deformatsiyalarining shakllanishi uzoq muddatli asoratlarning rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan bemorlar guruhlarini o‘z vaqtida aniqlash imkonini berishi asoslanganligi Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 19.05.2025 yildagi 87-sonli va Surxandaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 20.05.2025 yildagi 87-T-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 07 iyuldagi 21/38 sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: o‘tkir gematogen osteomielit bilan og‘rigan bolalarda suyak metabolizmi biomarkerlarini (PINP va β-CrossLaps) dinamik nazorat qilishni joriy etish xavf guruhidagi bemorlarni erta aniqlashga yordam beradi, nogironlikning oldini olish, reabilitatsiya muddatlarini qisqartirish va bolalarning hayot sifatini yaxshilash, ularning to‘liq ijtimoiy moslashuvi va funksional faolligini saqlab qolishni ta’minlaydi. Iqtisodiy samaradorligi: PINP va β-CrossLaps biomarkerlari monitoringini qo‘llash kasalxonada davolanish muddatini qisqartirish, qimmat jarrohlik davolash va uzoq muddatli reabilitatsiyaga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish imkonini beradi. Xulosa: o‘tkir gematogen osteomielit bilan og‘rigan bolalarda yallig‘lanishning surunkaliga o‘tish xavfini erta aniqlash va suyak deformatsiyalarini shakllantirish uchun PINP va β-CrossLaps darajalarini dinamik monitoring qilish muhimligini tasdiqlaydi. Bu esa kasallik kechishini aniqroq prognozlash va davolash taktikasini o‘z vaqtida korreksiyalash imkonini beradi, bolalik davrida og‘ir asoratlar va nogironlik rivojlanish ehtimolini kamaytiradi. 
uchinchi ilmiy yangilik: o‘tkir gematogen osteomielit bilan og‘rigan o‘smirlarda skeletning intensiv o‘sishi bilan tavsiflangan suyak rezorbsiyasining yaqqol buzilishi va osteogen faollikning pasayishi uzoq muddatli yallig‘lanish va qoldiq suyak deformatsiyalarining shakllanishi xavfini sezilarli darajada oshirishi aniqlanganligi Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 19.05.2025 yildagi 87-sonli va Surxandaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 20.05.2025 yildagi 87-T-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 07 iyuldagi 21/38 sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: o‘tkir gematogen osteomielit bilan kasallangan o‘smirlarda suyak rezorbsiyasining buzilishini erta bosqichda aniqlash qoldiq deformatsiyalar rivojlanishining oldini olish va qimmat jarrohlik aralashuvini o‘tkazish zaruratini oldini olish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: Reabilitatsiya bilan jarrohlik davolash usullarini birga olib borilishi shifoxonaga yotqizish, operatsiyalar, dori-darmonlar, ortopedik tuzatish va tiklashni o‘z ichiga oluvchi xarajatlarni kamaytirish imkonini beradi. Xulosa: o‘tkir gematogen osteomielitda o‘smirlarda skeletning intensiv o‘sishi va suyak metabolizmining buzilishi o‘rtasidagi patogenetik bog‘liqlik aniqlandi, bu esa qoldiq suyak deformatsiyalarining oldini olish uchun diagnostika, prognozlash va davolash-reabilitatsiya chora-tadbirlarini individuallashtirishda yosh xususiyatlarini asosli ravishda hisobga olish imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: o‘tkir gematogen osteomielit bilan og‘rigan bolalarda suyak va minerallar almashinuvi biomarkerlarining kompleks va dinamik nazoratini qo‘llash xavflarni ob’ektiv tabaqalashtirish, jarrohlik aralashuvi va tiklanish chora-tadbirlari tamoyillarini individuallashtirish asoslanganligi Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 19.05.2025 yildagi 87-sonli va Surxandaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 20.05.2025 yildagi 87-T-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 07 iyuldagi 21/38 sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bolalarda o‘tkir gematogen osteomielitda yiringli-destruktiv asoratlar rivojlanishining yuqori xavfi va yallig‘lanish jarayonining surunkali kechishi bilan bog‘liq suyak metabolizmi biomarkerlarining dinamik monitoringini qo‘llashning maqsadga muvofiq. Iqtisodiy samaradorligi biomarkerlar monitoringini qo‘llash kasalxonada davolanish muddatini qisqartirish, qimmat jarrohlik davolash va uzoq muddatli reabilitatsiyaga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish imkonini beradi. Xulosa: o‘tkir gematogen osteomielit bilan og‘rigan bolalarda xavflarni aniq tabaqalashtirish va davolash-reabilitatsiya taktikasini shaxsiylashtirish uchun suyak va minerallar almashinuvi biomarkerlarining kompleks dinamik monitoringini qo‘llashning maqsadga muvofiqligi ilmiy asoslangan, bu esa davolashning jarrohlik va reabilitatsiya bosqichlari samaradorligini sezilarli darajada oshiradi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish