Nizamov Asrorning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistondagi qadimgi gidrotexnik inshootlarning hududiy tarqalishi, tasnifi va ulardan foydalanishning tabiiy geografik jihatlari», 11.00.01 – Tabiiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.DSc/Gr63. 
Ilmiy maslahatchi: Xikmatov Fazliddin, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Gr.01.06.
Rasmiy opponentlar: Mirakmalov Mirali Turonboevich, geografiya fanlari doktori, dotsent; Boymirzaev Karimjon Mirzaxmedovich, geografiya fanlari doktori, professor; Yunusov G‘olib Xo‘jaevich, geografiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistondagi qadimgi gidrotexnik inshootlarning tabiiy geografik omillarga bog‘liq holda hududiy tarqalish xususiyatlarini aniqlash, vazifalariga ko‘ra tasniflash hamda ulardan, hozirgi suv resurslari taqchilligi sharoitida, foydalanish imkoniyatlarini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda qadimda bunyod etilgan gidrotexnik inshootlar hududiy tarqalishining geologik, orotektonik, seysmik, relef, iqlim, gidrologik, gidrogeologik va boshqa tabiiy omillarga bog‘liqligi asoslangan;
tabiiy sharoiti turlicha bo‘lgan hududlardagi qadimgi suv inshootlari funksional vazifalari, faoliyat turi va ularni belgilaydigan suv manbalariga ko‘ra tasniflangan;
qadimgi gidrotexnik inshootlar faoliyatining, to‘yinish sharoitlari va suv rejimiga ko‘ra, gidrologik (yuza suvlar), gidrogeologik (er osti suvlari) hamda aralash manbalar hisobiga ta’minlanishi aniqlangan;
O‘zbekistonning suv o‘ta taqchil cho‘l zo‘nalarida modernizatsiya qilingan (quduqlar, sardobalar, qoqlar kabi) qadimgi gidrotexnik inshootlardan keng foydalanish imkoniyatlari mavjud bo‘lgan istiqbolli hududlar aniqlangan;
O‘zbekistonda qadimgi gidrotexnik inshootlar hududiy tarqalishining mavzuli xaritalari takomillashtirilgan va suv taqchilligi sharoitida ulardan, tabiiy geografik sharoitga mos holda, foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistondagi QGTIning hududiy tarqalishi, tasnifi va ulardan foydalanishning tabiiy geografik jihatlari boʻyicha olingan natijalar asosida: 
O‘zbekistondagi QGTI hududiy tarqalishining geologik, orotektonik, seysmik, iqlim, gidrologik, gidrogeologik kabi omillarga bog‘liqligini asoslashning ilmiy natijalari va xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining “Kartografiya” Davlat ilmiy ishlab chiqarish korxonasi (DIICh)da O‘zbekiston Milliy atlasining “O‘zbekiston hududidagi qadimdan sug‘oriladigan erlar. Masshtab 1:2500000” kartasini tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2025-yil 18-martdagi 03/08-2744-sonli ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston hududida qadimda mavjud bo‘lgan suv omborlari va ular suvi bilan sug‘orilgan er maydonlarini aniqlashning qo‘shimcha imkoniyatlari yaratilgan; 
tabiiy sharoiti turlicha bo‘lgan hududlarda joylashgan QGTIning funksional vazifalari va faoliyat turiga ko‘ra tasniflash natijalari hamda unga asos bo‘lgan materiallardan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining “Kartografiya” DIICh korxonasida yuqorida qayd etilgan karta matnini (Qadimiy sug‘orishning paydo bo‘lishi), kartaga ilova qilingan qadimgi sug‘orish maydonlari reja-sxemalarini (O‘rta asrlar shahri – Varaxsha atrofidagi sug‘orish tizimlarining rejasi va boshq.) tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2025-yil 18-martdagi 03/08-2744-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ayrim qadimgi gidrotexnik inshootlarni modernizatsiya qilish, ularning yangi namunalarini loyihalash va qurishni amalga oshirish haqida qarorlar qabul qilish imkoniyatlari yaratilgan; 
qadimgi gidrotexnik inshootlar faoliyatining, to‘yinish sharoitlari va suv rejimiga ko‘ra, gidrologik (yuza suvlar), gidrogeologik (er osti suvlari) hamda aralash manbalar hisobiga ta’minlanishi haqidagi ilmiy materiallardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligining “Esi-eko-film” studiyasida “Sardoba”, “Borsa kelmas”, “Chink - sukunat saltanati” ilmiy-ommobop va hujjatli filmlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligining 2025-yil 11-martdagi 01-05/07-542-sonli ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekistondagi qadimgi gidrotexnik inshootlar haqida ilmiy axborotlarni  ommaga etkazish imkoniyatlari kengaytirilgan;
O‘zbekistonning suv o‘ta taqchil cho‘l zo‘nalarida modernizatsiya qilingan (quduqlar, sardobalar, qoqlar kabi) qadimgi gidrotexnik inshootlar haqidagi ilmiy ma’lumotlar aks etgan “Sardoba”, “Borsa kelmas” kabi ilmiy-ommobop filmlar O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston”, “Dunyo bo‘ylab”, “Madaniyat va ma’rifat” televizion kanallarida namoyish etilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 18-fevraldagi 04-04-483-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotning asosiy ilmiy xulosalari teleko‘ruvchilarda o‘lkamiz tabiati, qadimgi suv inshootlari, ularni muhofaza qilishga qaratilgan bilimlarning shakllanishiga, O‘zbeksitonda ichki va tashqi turizmni rivojlantirishga xizmat qilgan;  
qadimgi suv inshootlarining tabiiy geografik omillarga bog‘liq holda hududiy tarqalishini aks ettiruvchi, GAT texnologiyalarini qo‘llash asosida tayyorlangan, mavzuli xaritalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligida “O‘zbekistonning ichki suv havzalari” o‘quv filmini tayyorlashda foydalanilgan va mazkur film O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston”, “Dunyo bo‘ylab”, “Madaniyat va ma’rifat” televizion kanallarida efirga uzatilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligining 2025-yil 11-martdagi 01-05/07-542-sonli va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 18-fevraldagi 04-04-483-sonli ma’lumotnomalari). Natijada tadqiqotning ilmiy-amaliy xulosalari, ma’lumotlari va materiallari oliy ta’lim muassasalari talabalari hamda aholi barcha qatlamlarining mamlakatimiz suv havzalari haqidagi bilimlarini boyitishga xizmat qilgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish