Po‘latov G‘olibjon Murodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Gazni qayta ishlash zavodining nordon gazlar tarkibidagi vodorod sulfidni utilizatsiya qilish orqali natriy sulfid olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.08 – Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/T5819.
Ilmiy rahbar: Yusupov Farxod Maxkamovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Adizov Bobirjon Zamirovich, texnika fanlari doktori, professor; To‘raev Tolib Bozorovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gazni qayta ishlash zavodlarida hosil bo‘ladigan nordon gazlar tarkibidagi vodorod sulfid (H₂S) ni utilizatsiya qilish orqali natriy sulfid (Na₂S) olishning samarali texnologiyasini ishlab chiqish va rudalarni boyitish jarayonida qo‘llash imkoniyatlarini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ca(OH)₂ orqali CO₂ ni ajratish va NaOH orqali H₂S ni yutib, Na₂S olish reaksiyasini o‘z ichiga olgan sanoat sharoitida natriy sulfid olishning ikki bosqichli texnologik sxemasi ishlab chiqilgan;
30 % li NaOH eritmasidan foydalangan holda 50 °C haroratda, pH ≈ 13–14 oralig‘ida 60 daqiqalik ishlov berish jarayoni natijasida Na₂S hosil bo‘lishining maqbul sharoitlari aniqlanishi natijasida Na₂S hosil bo‘lish darajasini 75,9 % gacha etkazish ilmiy isbotlangan;
sintez qilingan Na₂S namunalarining kristall tuzilmasi (XRD), funksional guruhlari (FTIR) va molekulyar xususiyatlari (XRF, SEM-EDS) o‘rganilib, Na₂S ning asosiy fazasi aniqlangan hamda eritmani bug‘latish jarayonining issiqlik balansi (Q ≈ 1850–1900 kJ/kg) va texnologik hisob-kitoblari ishlab chiqilgan;
flotatsiyada NS-14 markali Na₂S reagentining samaradorligi standart sanoat Na₂S namunasi bilan taqqoslanganda, mis (Cu) ajralish samaradorligi mos ravishda 93,01 % (NS-14) va 93,88 % (standart), qo‘rg‘oshin (Pb) uchun 92,08 % (NS-14) va 93,03 % (standart), rux (Zn) konsentratidagi miqdor esa 11,69 % (NS-14) va 10,41 % (standart) ni tashkil etishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahalliy xomashyo asosidagi noorganik sorbentlar bilan nordon gazlar va vodorod sulfidini absorbsiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalarga asoslanib:
metallurgiya, engil, kimyo sanoatilarida foydalaniladigan natriy sulfid uchun texnik shart “O‘zbekneftegaz” AJ Muborak GQIZ bilan kelishilgan va O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan tasdiqlangan (TU 23766064-13:2021). Mazkur texnik shart mahsulotning sifati va texnologik jarayonini nazorat qilish imkonini bergan;
gazni qayta ishlash zavodlarida hosil bo‘ladigan nordon gazlar tarkibidagi vodorod sulfid (H₂S)dan natriy sulfid olishning ishlab chiqarish texnologiyasi “Muborak GQIZ” unitar shuʼba korxonasida amaliyotga joriy etilgan ("O‘zbekneftgaz" aksiyadorlik jamiyatining 2025 yil 04-iyundagi 03-18-8-555-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur texnologiyani ishlab chiqarish sharoitida amaliyotga tatbiq etish imkonini bergan