Raxmatov Sherzod Shuxratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Chiqindi geksan asosida efirli moylovchi qo‘shimchalarni kolloid-kimyoviy xossalari va olinish texnologiyasi», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/T5560.
Ilmiy rahbar: Axmedov Vohid Nizomovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Buxoro davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat texnika universiteti, DSc.03/28.02.2022.T.101.01. 
Rasmiy opponentlar: Buxorov Shuxrat Bo‘rievich, texnika fanlari doktori, professor; Adizov Bobir Zamirovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: chiqindi geksan asosida efirli moylovchi qo‘shimchalarni kolloid-kimyoviy xossalari va olinish texnologiyasi ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chiqindi geksan aralashmasining kimyoviy tarkibida to‘yingan uglevodorodlarning ulushi 78 % ni tashkil etishi aniqlandi hamda ajratib olingan 1700C dan 2900C gacha bo‘lgan fraksiyalarining 99% ulushi parafin uglevodorodlar yuqori vakillaridan iboratligi ilmiy asoslangan; 
parafin uglevodorodlar yuqori vakillarini sintetik yuqori yog‘ kislotalargacha oksidlash jarayoni uchun optimal rejim: harorat 1300C, kislotali muhitda oksidlovchi sifatida kaliy dixromat ishlatilishi hamda reaksiya vaqti 5 soat davom etganda 79,4% unumga erishishi isbotlangan;
yuqori yog‘ kislotalari va metanol asosida eterifikatsiyalash jarayoni uchun maqbul rejim: harorat 60-700C, katalizator sifatida sulfat kislota ishlatlishi hamda reaksiya vaqti 2 soat davom etganda 86,3 % unumga erishishi isbotlangan;
dizel yoqilg‘isiga olingan moylovchi qo‘shimchadan 200 ppm qo‘shilganda kinematik qovushqoqlik 200C da 4,6 mm2/s ekanligi va sinov na’munasining edirilishga chidamlilik xossasi tadqiq qilinganda metall edirilish dog‘i diametri chegarasi 592 mkm dan 360 mkm gacha kamayganligi isbotlangan;
chiqindi geksan fraksiyalari asosida olingan efirli moylovchi qo‘shimchalarning olinish prinsipial texnologik sxemasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Chiqindi geksan asosida efirli moylovchi qo‘shimchalarni kolloid-kimyoviy xossalari va olinish texnologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
chiqindi geksan asosida kolloid-kimyoviy xossalari yaxshilangan efirli moylovchi qo‘shimchalar ishlab chiqarish texnologiyasi “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJ ning “2025-2030-yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJning 2025 yil 1 maydagi 05-01/271-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, chiqindi geksan asosida olingan moylovchi qo‘shimchadan 200 ppm qo‘shilganda 60 0C da edirilish dog‘i diametri 360 mkm ga teng dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarish imkonini beradi;
kolloid-kimyoviy xossalari yaxshilangan efirli moylovchi qo‘shimchalar ishlab chiqarish texnologiyasi “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJning “2025-2030 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJning 2025 yil  1 maydagi 05-01/271-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, GOST 12156-1 standartiga mos moylovchanlik xossalari yaxshilangan dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarish imkonini beradi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish