G‘afurova Gulnoz Alixonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Guanidin hosilasi asosidagi ingibitor sintezi, texnologiyasi va metallarga  adsorbsiyasining tadqiqi», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/T4591.
Ilmiy rahbar: Olimov Bobir Bahodir o‘g‘li, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Buxoro davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat texnika universiteti, DSc.03/28.02.2022.T.101.01. 
Rasmiy opponentlar: Bozorov G‘ayrat Rashidovich, texnika fanlari doktori, professor; Sanetullaev Ernazar Esbosinovich, texnika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: guanidin hosilasi asosidagi ingibitor sintezi, texnologiyasi va metallarga adsorbsiyasini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
akril kislota, metanal, guanidin va uning rodanidli tuzi asosida yangi tarkibli korroziya ingibitori sintezlangan va turli  optimal muhitlar tanlanib, jarayon uchun 75°C da reaksiya unumi 86,5% ga erishishi ilmiy asoslangan;
sintezlangan korroziya ingibitor uchun Gibbs energiyasi hisoblanib, G=-21,86 va -22,41 kJ/mol ekanligi aniqlanib, korroziya ingibitorining metall yuzasidagi adsorbsiyasi o‘z-o‘zidan sodir bo‘lishi ilmiy isbotlangan;
sintezlangan ingibitorning adsorbsiyalanish jarayonida konsentratsiyasi 100-300 mg/l gacha oshirilganda korrozoyaning aktivlanish energiyasi 36,84 kJ/mol dan 52,13 kJ/molga oshganligi isbotlangan; 
korroziya tezligi 0,096 mm/yil, himoyalanish darajasi 93,3%, sirtni to‘la qoplash darajasi 0,933 va tormozlash koeffisienti 15 ekanligi gravimetrik usulda ilmiy isbotlangan;
guanidin hosilasi asosida GXMA (guanidinxlorido metil akrilat) korroziya ingibitorning olinish prinsipial texnologik sxemasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Guanidin hosilasi asosidagi ingibitor sintezi, texnologiyasi va metallarga adsorbsiyasining tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
guanidinxloridometilakrilat tarkibli korroziya ingibitori “Olot neft va gaz qidiruv ekspedisiyasi” MChJning “2025-2030 yillarda amaliyotga joriy qilish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (Olot neft va gaz qidiruv ekspedisiyasi” MChJning 2025 yil 31 yanvardagi 56-son ma’lumotnomasi). Natijada, ingibitor qo‘llanilganda suv-neft emulsiyalarida ingibitorning adsorbsiyalanishi aralash mexanizmda amalga oshib, korroziyadan himoyalash samaradorligini St20 po‘lat namunasi uchun 93,4% ni, 09G2S markalisi uchun esa 93,2% gacha oshirish imkonini beradi;
tarkibida donor atomlari bo‘lgan ingibitorlar “Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi” MChJning “2025-2030 yillarda amaliyotga joriy qilish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi” MChJning 2025 yil 14 iyuldagi Po1/TV-2762 son ma’lumotnomasi). Natijada, guanidinxloridometilakrilat korroziya ingibitorining St20 va St3 markali po‘latlarda o‘rtacha himoyalash darajasi 93,3% gacha oshirish imkonini beradi.

 

 

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish