Negmatov Ulug‘bek Mirzobaxram o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 01.04.10 – «Yarimo‘tkazgichlar fizikasi» ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2025.1.PhD/FM1262
Ilmiy rahbar:, Erkaboev Ulug‘bek Inoyatillaevich fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.11.2022.FM/T.66.04 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar:
Zaynabiddinov Sirojiddin Zaynabiddinovich - Andijon davlat universiteti, f.-m.f.d., akademik
Rasulov Rustam Yavkachovich – Farg‘ona davlat universiteti, f.-m.f.d., professor;
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: : o‘zgaruvchan kuchsiz magnit maydondagi kvant o‘lchamli yarimo‘tkazgichlarning holatlar zichligi ossillyasiyalarini fazaviy portretini qurish va uning haroratga bo‘g‘liqligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor, o‘zgaruvchan kuchsiz magnit maydon induksiyasini vaqtga bog‘liqligi B(t) funksiyasidan, kvant o‘raning diskret energetik sathlarini E_n^2d (B(t),ω_c ) va uning vaqt bo‘yicha o‘zgarish tezligi (〖dE〗_n^2d (B(t),ω_c ))/dt larining analitik ifodalari topilgan.
dinamik kuchsiz magnit maydondagi kvant o‘lchamli yarimo‘tkazgichlarining o‘tkazuvchanli zonasidagi Landau sathlarini vaqt va o‘zgaruvchan magnit maydon chastotasiga bog‘liqligining fazaviy portretlarini PhasePortret[E_n^2d (B(t),ω_c );(dE_n^2d (B(t),ω_c ))/dt ] aniqlovchi matematik model ishlab chiqilgan.
o‘zgaruvchan kuchsiz magnit maydondagi kvant o‘raning holatlar zichligi ossillyasiyalarini vaqtga bog‘liqligi N_s^2d (E,B(t),d) va (dN_s^2d (E,B(t),d))/dt ifodalaridan uning fazaviy portretlari PhasePortret[N_s^2d (E,B(t),d);(dN_s^2d (E,B(t),d))/dt ] yaratilgan.
ilk bor, Shryodinger tenglamasi orqali kvant o‘lchamli yarimo‘tkazgichning energetik holatlar zichligi ossillyasiyalarini o‘zgaruvchan kuchsiz magnit maydon chastotasi, ta’sir etish vaqti va kvant o‘ra qalinliklariga bog‘liqliklarini ifodalovchi yangi umumlashgan analitik ifoda N_s^2d (E,B(t),ω_c,d) topilgan.
fazaviy portretlarini PhasePortret[N_s^2d (E,B(t),ω_c,d);(dN_s^2d (E,B(t),ω_c,d))/dt ] aniqlovchi matematik model ishlab chiqilgan.
Gauss taqsimot funksiyasini hisobga olgan xolda nanostrukturali yarimo‘tkazgichning holatlar zichligi ossillyasiyasining fazaviy portreti PhasePortret[N_s^2d (E,B(t),T,ω_c,d);(dN_s^2d (E,B(t),T,ω_c,d))/dt ] ni haroratga bogliqligini aniqlovchi matematik model ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zgaruvchan magnit maydondagi yarimo‘tkazgichlarning kvant ossillyasiya effektlarini haroratga bog‘liqligini fazaviy portretini yaratish natijalari asosida:
o‘zgaruvchan kuchsiz magnit maydondagi kvant o‘lchamli yarimo‘tkazgichning holatlar zichligi ossillyasiyalarini vaqtga va kvant o‘ra qalinligiga bog‘liqligini matematik modeli “To‘g‘ri zonali bo‘lmagan birinchi turdagi nanostrukturali yarimo‘tkazgichlarda zaryad tashuvchilar va eksitonlar dinamikasi” fundamental ilmiy loyihasida foydalanilgan (Rossiya fanlar akademiyasi Sibir bo‘limi A.V.Rjanov nomidagi yarimo‘tkazgichlar fizikasi institutining 2025-yil 20 maydagi 15307/242-26-6215-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanishda o‘zgaruvchan kuchsiz magnit maydondagi zaryadli zarralarning energetik spektrini haroratga bog‘liqligining dinamik o‘zgarishini aniqlash imkonini bergan;
o‘zgaruvchan kuchsiz magnit maydondagi yarimo‘tkazgichlarning holatlar zichligi ossillyasiyalarini haroratga bog‘liqligining fazaviy portretlari bo‘yicha olingan natijalar “Yuqori sezgir bo‘yoqli quyosh elementlari (DSSC) ishchi qatlamlarini fotoelektrik xarakteristikalariga haroratni, ultratovushni va ulardagi moddalar miqdorining ta'sirini o‘rganish orqali ulardan respublikamizda optimal foydalanish tavsiyalarini ishlab chiqish” mavzusidagi fundamental loyihada harorat ta’siridagi energetik spektrlarni o‘zgarishini aniqlashda foydalanilgan (Namangan muhandislik-texnologiya institutining 2025-yil 3 apreldagi 1178-024 sonli ma’limotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish yarimo‘tkazgichlarning holatlar zichligi ossillyasiyalarini o‘zgaruvchan kuchsiz magnit maydon induksiyasi va vaqtga bog‘liqligini aniqlash imkonini bergan.