Norbo‘taev Ma’sudjon Abdurasulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ishlab chiqarishda foydalanishga mo‘ljallangan samarador yarimo‘tkazgichli termoelektrik energiya manbalarini ishlab chiqish” 01.04.10 – «Yarimo‘tkazgichlar fizikasi» ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T2839, B2024.3.PhD/T2839
Ilmiy rahbar: Kasimaxunova Anarxan Mamasadiqovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat texnika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, PhD.03/30.11.2022.FM/T.66.04.
Rasmiy opponentlar: Alijonov Donyor Dilshodovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent; Qo‘ldashov Obbozjon Xokimovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yarim o‘tkazgichli p-BiSbTe va n-BiTeSe materiallaridan tayyorlangan termoelektrik o‘zgartirgichlar asosida sanoat korxonalarida foydalanishga mo‘ljallangan yuqori samarali uskunalar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
elektroerozion qurilma yordamida p–BiSbTe/n–BiTeSe asosidagi termoelektr generator elementlarini yuqori aniqlikda va samaradorlikda tayyorlash texnologiyasi takomillashtirilgan;
ilk bor Bi₂Te₃ asosidagi termoelektrik materiallarning “a” va “c” kristallografik yo‘nalishlar bo‘yicha chiziqli issiqlik kengayish koeffisientlari (ChKHK) –55…+45 °C harorat oralig‘ida Grunayzen modeli asosida modellashtirildi hamda ularning anizotropiya mezonining termobatareya konstruksiyasining mexanik va issiqlik barqarorligiga ta’sir etuvchi miqdoriy qonuniyati aniqlangan;
ilk bora termoelement shoxchalarining geometrik o‘lchamlarini (uzunlik va kesim yuzasini) o‘zgartirish orqali yuklama va optimal toklar orasidagi nomutanosiblikni kamaytirish imkoniyati aniqlangan, ya’ni bu nomutanosiblikning aniq geometrik bog‘liqligi matematik jihatdan asoslab berilgan;
ilk bora ΔT=80-100 °C harorat farqida ishlovchi termoelektr manba asosida 120 kVarli kondensator va akkumulyator batareyalarini bir vaqtning o‘zida zaryadlovchi hamda himoya tizimi uchun operativ tok manbai vazifasini bajaruvchi sanoat miqyosidagi energiya manbai yaratilgan;
yuqori haroratlar intervalida ishlaydigan kremniy asosidagi termoelektrik generatorlarning energetik harakteristikalarini aniqlash uchun matematik model ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ishlab chiqarish sanoati uchun termoelektrik generatorlarni yaratish va ularni parametrlarini tekshirish natijalari bo‘yicha:
Ishlab chiqarish korxonalarida foydalanishga mo‘ljallangan termogeneratorlar energetika tizimlarida o‘zgarmas operativ tok manbai sifatida rele himoyasi qurilmalarini operativ tok zanjirini o‘zgarmas tok elektroenergiyasi bilan ta’minlash maqsadida “Farg‘ona issiqlik elektr markazi” AJ da joriy qilingan. (“Farg‘ona IEM” AJ bilan Ilmiy-tadqiqot natijalarining joriy etilganligi bo‘yicha issiqlik elektr stansiyalari AJning 2024 yil 30 avgustdagi 08-5/2007 ma’lumotnomasi) Natijada korxona termobatareyalarni operativ tok manbai sifatida rele himoyasi qurilmalarini operativ tok zanjirini o‘zgarmas tok elektroenergiyasi bilan ta’minlash orqali 8 324 000 so‘mlik iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.
Elektroerozion qurilma yordamida p–BiSbTe/n–BiTeSe asosidagi termoelektr generator elementlarini yuqori aniqlikda va samaradorlikda tayyorlash texnologiyasi “FOTON” AJ da joriy etilgan. (Uzeltexsanoatning "FOTON" AJni 2024 yil 5 noyabrdagi №190 sonli ma’lumotnomasi). Buni natijasida ishlab chiqarish korxonasiga mo‘ljallangan 120 kVarli KBlarni va akkumulyator batareyalarini bir paytning o‘zida zaryadlovchi va hamda rele himoya qurilmasi uchun operativ tok manbai vazifasini o‘tovchi manbalarini ishlab chiqarishga tavsiya berilgan.