Latipova Nigoraxon Isakovnaning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sinfdan tashqari tadbirlarda o‘smir yoshdagi o‘quvchilarda ijtimoiy tashabbuskorlikni tarbiyalash metodikasi” mavzusidagi 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped9268.
Ilmiy rahbar: Ibraimov Xolboy Ibragimovich – pedagogika fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti, DSc.28/30.07.2024.Ped.165.01
Rasmiy opponentlar: Xusanova Sumbul Islamovna – pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Ibraximov Sanjar Urunbaevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sinfdan tashqari tadbirlar vositasida o‘smir yoshdagi o‘quvchilarda ijtimoiy tashabbuskorlikni tarbiyalash metodikasini takomillashtirishga yo‘naltirilgan ilmiy amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sinfdan tashqari tadbirlarning didaktik imkoniyatlari o‘smir yoshdagi o‘quvchilarda tashabbuskorlikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi oila-maktab-mahalla hamkorligi doirasidagi “Social Lab” (ijtimoiy loyihalar laboratoriyasi) va volontyorlik faoliyatini jamoatchilik ishtirokini faollashtiruvchi fuqarolik madaniyatini shakllantirish texnologiyalari bilan integratsiyalash orqali takomillashtirilgan;
ijtimoiy tashabbuskorlikni rivojlantirish strategiyalari sinfdan tashqari tadbirlar hamda axloqiy dilemmalar vositasida o‘smirlarda o‘zaro yordam, hamdo‘stlik, insoniylik va mas’uliyat qadriyatlarini tarbiyalash orqali “Men jamiyatga foydali bo‘lishim mumkin” g‘oyasini shakllantirishga yo‘naltirilgan “tajriba portfoliosi”ni integrativ pedagogik tizimga tatbiq etish asosida takomillashtirilgan;
ijtimoiy tashabbuskorlikni rivojlantirish metodikasi samaradorligi xorijiy va milliy tajribalarni tizimli integratsiya qilish orqali o‘smir yoshdagi o‘quvchilarning tashabbuskorlik ko‘nikmalarini yuqori (refleksiv-faol), o‘rta (adaptiv-amaliy), quyi (inert-reproduktiv) darajalar doirasida baholash asosida aniqlangan;
sinfdan tashqari tadbirlar vositasida ijtimoiy tashabbuskorlikni rivojlantirish modeli o‘smir yoshdagi o‘quvchilarning shaxsiy va ijtimoiy faollik ehtiyojlariga mos ravishda tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash hamda innovatsion interfaol metodlar va oila–maktab–mahalla hamkorligiga asoslangan faoliyatli-tahliliy kriterial-indikatorlar tizimini ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sinfdan tashqari tadbirlarda o‘smir yoshdagi o‘quvchilarda ijtimoiy tashabbuskorlikni tarbiyalash metodikasini takomillashtirishga qaratilgan tadqiqot natijalari asosida:
sinfdan tashqari tadbirlarning didaktik imkoniyatlari o‘smir yoshdagi o‘quvchilarda tashabbuskorlikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi oila-maktab-mahalla hamkorligi doirasidagi “Social Lab” (ijtimoiy loyihalar laboratoriyasi) va volontyorlik faoliyatini jamoatchilik ishtirokini faollashtiruvchi fuqarolik madaniyatini shakllantirish texnologiyalari bilan integratsiyalashga oid mualliflik g‘oyalaridan Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutida amalga oshirilgan I-OT-2019-9-raqamli “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida shaxmat fani bo‘yicha 3D interaktiv o‘quv-metodik qo‘llanmalarni yaratish va joriy qilish” (2019-2021) mavzusidagi innovatsion loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 11-iyuldagi 03-33-1796-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘smir yoshdagi o‘quvchilarda tashabbuskorlikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi “Social Lab” (ijtimoiy loyihalar laboratoriyasi) volontyorlik harakatlari hamda jamoatchilik ishtirokini kengaytiruvchi tadbirlarning didaktik imkoniyatlari shakllantirishga erishilgan;
ijtimoiy tashabbuskorlikni rivojlantirish strategiyalari sinfdan tashqari tadbirlar hamda axloqiy dilemmalar vositasida o‘smirlarda o‘zaro yordam, hamdo‘stlik, insoniylik va mas’uliyat qadriyatlarini tarbiyalash orqali “Men jamiyatga foydali bo‘lishim mumkin” g‘oyasini shakllantirishga yo‘naltirilgan “tajriba portfoliosi”ni integrativ pedagogik tizimga tatbiq etish asosida takomillashtirishga oid takliflaridan FZ-2016-0910202206 – davlat qayd raqami bilan ro‘yxatdan o‘tgan “Voyaga etmaganlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikka moyil o‘quvchilarni tarbiyalashning ijtimoiy-pedagogik texnologiyalari” nomli fundamental tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 11-iyuldagi 03-33-1796-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘smirlarda ijtimoiy tashabbuskorlikni rivojlantirish jarayonining mazmuni zamonaviy pedagogik nazariyalarga muvofiq oila-maktab-mahalla hamkorligini yo‘lga qo‘yish asosida takomillashtirishga xizmat qilgan;
ijtimoiy tashabbuskorlikni rivojlantirish metodikasi samaradorligi xorijiy va milliy tajribalarni tizimli integratsiya qilish orqali o‘smir yoshdagi o‘quvchilarning tashabbuskorlik ko‘nikmalarini yuqori (refleksiv-faol), o‘rta (adaptiv-amaliy), quyi (inert-reproduktiv) darajalar doirasida baholash asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutida amalga oshirilgan I-OT-2019-9-raqamli “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida shaxmat fani bo‘yicha 3D interaktiv o‘quv-metodik qo‘llanmalarni yaratish va joriy qilish” (2019-2021) mavzusidagi innovatsion loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 11-iyuldagi 03-33-1796-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning ehtiyojlariga ko‘ra tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash hamda diagnostika, motivatsiya, faoliyat va refleksiya bosqichlariga muvofiq innovatsion metodlar, oila-maktab-mahalla hamkorligi hamda kriterial-indikatorlar tizimini moslashtirishga erishilgan;
sinfdan tashqari tadbirlar vositasida ijtimoiy tashabbuskorlikni rivojlantirish modeli o‘smir yoshdagi o‘quvchilarning shaxsiy va ijtimoiy faollik ehtiyojlariga mos ravishda tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash hamda innovatsion interfaol metodlar va oila–maktab–mahalla hamkorligiga asoslangan faoliyatli-tahliliy kriterial-indikatorlar tizimini ishlab chiqish orqali takomillashtirishga oid tavsiyalardan “O‘zbekiston” Milliy teleradiokompaniyasining “Maʼnaviy-maʼrifiy va badiiy eshittirishlar”, “O‘quvchilarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etih”, “Yosh avlodni ilm-fanga jalb etish”, “Ta’lim tizimidagi yangi islohotlar” mavzusidagi maʼrifiy ko‘rsatuvlarni senariysini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasining 2025-yil 19-fevraldagi 01-37/89-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘smir yoshdagi o‘quvchilarning shaxsiy va ijtimoiy faollik ehtiyojlariga mos ravishda tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash hamda innovatsion interfaol metodlar va oila–maktab–mahalla hamkorligi tajribalarni metodikaga tizimli integratsiya qilishga erishilgan.