Saidxanova Nazokat Joldasovnaning pedagogika fanlari doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘quvchilarga hayot xavfsizligi qoidalarini o‘rgatish asosida mas’uliyat tuyg‘usini tarbiyalash metodikasi” mavzusidagi 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Ped8770. 
Ilmiy rahbar: Xusanova Sumbul Islamovna – pedagogika fanlari doktori (DSc), professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti, DSc.28/30.07.2024.Ped.165.01
Rasmiy opponentlar: Ibragimov A’lamjon Amrillaevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Olimov Shirinboy Sharopovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘quvchilarga hayot xavfsizligi qoidalarini o‘rgatish asosida mas’uliyat tuyg‘usini tarbiyalash metodikasini takomillashtirishga yo‘naltirilgan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarda mas’uliyat tuyg‘usini tarbiyalash mazmuni dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda hayot xavfsizligini faqat jismoniy emas, balki ma’naviy mas’uliyatning bir qismi sifatida hayot xavfsizligi qoidalarini o‘rgatish bilan xavfsizlikka oid ma’naviy-axloqiy g‘oyalarni shaxsiy qadriyat sifatida shakllantirish asosida takomillashtirilgan;
mas’uliyat tuyg‘usini tarbiyalash metodikasi o‘quvchilarga hayot xavfsizligi qoidalarini o‘rgatish jarayonida interfaol usullar (case-study, role-play, brainstorming) va axborot texnologiyalarini (multimedia, simulyasiya, virtual reallik) tarbiyaviy ta’sir vositalari (ishontirish, o‘rnak ko‘rsatish, mashqlantirish) bilan integrativ qo‘llash orqali ijtimoiy-axloqiy ong hamda shaxsiy javobgarlik modelini amaliyotga tatbiq etish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda mas’uliyat tuyg‘usi tarbiyalanganlik samaradorligini baholash mezon ko‘rsatkichlari hayot xavfsizligi qoidalarini o‘zlashtirganlikning yuqori (xavfli vaziyatlarda to‘g‘ri va tezkor qaror qabul qila oladi, o‘zining va boshqalarning xavfsizligi uchun mas’uliyatni his etadi), o‘rta (xavfsizlik qoidalarini biladi, biroq ularni amaliyotda doimiy qo‘llashda barqaror emas) va quyi (xavfsizlik me’yorlarini to‘liq anglamagan, mas’uliyat hissi sust, xavfli holatlarda noaniq harakat qiladi) darajalari mazmunini aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarga hayot xavfsizligi qoidalarini o‘rgatish texnologiyalari o‘quv-tarbiya jarayonida xavfsiz xulq-atvor tajribasini boyitish, xavfli holatlarning oldini olish, favqulodda vaziyatni to‘g‘ri baholash hamda mas’uliyatli qaror qabul qilish qobiliyatini rivojlantiruvchi “oila–maktab–mahalla” hamkorligi bilan ijtimoiy-pedagogik integratsiya va profilaktik faoliyat uzviyligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘quvchilarga hayot xavfsizligi qoidalarini o‘rgatish asosida mas’uliyat tuyg‘usini tarbiyalash metodikasi  yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida: 
o‘quvchilarda mas’uliyat tuyg‘usini tarbiyalash mazmuni dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda hayot xavfsizligini faqat jismoniy emas, balki ma’naviy mas’uliyatning bir qismi sifatida hayot xavfsizligi qoidalarini o‘rgatish bilan xavfsizlikka oid ma’naviy-axloqiy g‘oyalarni shaxsiy qadriyat sifatida shakllantirish asosida takomillashtirishga oid takliflaridan “Umumta’lim maktablarining 5-6 sinf adabiyot darslarida IT-texnologiyalarini qo‘llash metodikasi” mavzusidagi olima ayollar innovatsion  loyiha (2024-2025-yy.) doirasida foydalanilgan (Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutining 2025-yil 21-maydagi 01-09/274-sonli ma’lumotnomasi). Natijada dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda hayot xavfsizligini faqat jismoniy emas, balki ma’naviy mas’uliyatning bir qismi sifatida o‘quvchilarga hayot xavfsizligi qoidalarini o‘rgatish bilan xavfsizlikka oid ma’naviy-axloqiy g‘oyalarni shaxsiy qadriyat sifatida shakllantirishga erishilgan;
mas’uliyat tuyg‘usini tarbiyalash metodikasi o‘quvchilarga hayot xavfsizligi qoidalarini o‘rgatish jarayonida interfaol usullar (case-study, role-play, brainstorming) va axborot texnologiyalarini (multimedia, simulyasiya, virtual reallik) tarbiyaviy ta’sir vositalari (ishontirish, o‘rnak ko‘rsatish, mashqlantirish) bilan integrativ qo‘llash orqali ijtimoiy-axloqiy ong hamda shaxsiy javobgarlik modelini amaliyotga tatbiq etish asosida takomillashtirishga oid mualliflik g‘oyalari Toshkent shahar, Namangan va Qashqadaryo viloyatlarining umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2025-yil 20-fevraldagi 01/11-11-144-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarga hayot xavfsizligi qoidalarini o‘rgatish jarayonida interfaol usullar va axborot texnologiyalarini tarbiyaviy ta’sir vositalari bilan integrativ qo‘llashga erishilgan.
o‘quvchilarda mas’uliyat tuyg‘usi tarbiyalanganlik samaradorligini baholash mezon ko‘rsatkichlari hayot xavfsizligi qoidalarini o‘zlashtirganlikning yuqori (xavfli vaziyatlarda to‘g‘ri va tezkor qaror qabul qila oladi, o‘zining va boshqalarning xavfsizligi uchun mas’uliyatni his etadi), o‘rta (xavfsizlik qoidalarini biladi, biroq ularni amaliyotda doimiy qo‘llashda barqaror emas) va quyi (xavfsizlik me’yorlarini to‘liq anglamagan, mas’uliyat hissi sust, xavfli holatlarda noaniq harakat qiladi) darajalari mazmunini aniqlashtirish asosida takomillashtirishga oid taklif va muloxazalaridan FZ-2016-0909111822 - “Darsliklar va o‘quv adabiyotlari mazmuniga Sharq pedagogik tafakkuri durdonalarini singdirish orqali o‘quvchilarda “ommaviy madaniyat”ga qarshi kurashchanlik ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlari” nomli fundamental tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan. (Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutining 2025-yil 21-maydagi 01-09/274-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarda mas’uliyat tuyg‘usi tarbiyalanganlik samaradorligi hayot xavfsizligi qoidalarini o‘zlashtirganlikning yuqori, o‘rta va quyi darajalarida aniqlashning maqsadga muvofiqligini  aniqlashga erishilgan;
o‘quvchilarga hayot xavfsizligi qoidalarini o‘rgatish texnologiyalari o‘quv-tarbiya jarayonida xavfsiz xulq-atvor tajribasini boyitish, xavf holatlarini oldindan bashorat qilish hamda mas’uliyatli qaror qabul qilish qobiliyatini rivojlantiruvchi “oila-maktab-mahalla” hamkorligi bilan ijtimoiy-pedagogik integratsiya va profilaktik faoliyat uzviyligini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid mualliflik g‘oyalaridan “O‘zbekiston” Milliy teleradiokompaniyasining maʼrifiy va badiiy ko‘rsatuv va radioeshittirishlar senariysini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 31-oktyabrdagi 05/09-1698-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarga hayot xavfsizligi qoidalarini o‘rgatish texnologiyalarini “oila-maktab-mahalla” hamkorligi bilan ijtimoiy-pedagogik integratsiyasini ta’minlashga erishilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish