Daniyarova Kamola Absattarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): O‘quvchilarda mantiqiy fikrlashni xalq og‘zaki ijodi vositasida rivojlantirish (ingliz tili darslari misolida)
13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped1545
Ilmiy rahbar: Maxmudova Muyassar Maxmudovna pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.12.2019.Fil.83.01 
Rasmiy opponentlar: Xoshimova Dildora Urinbaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Qosimova Ozoda Xudoynazarovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. Yetakchi tashkilot: Guliston davlat  universiteti. Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf ingliz tili darslarida o‘quvchilar mantiqiy fikrlashini xalq og‘zaki ijodi vositasida rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarning doiraviy fikrlash va cheksiz fikrlash tafakkur uslublarini inobatga olib xalq og‘zaki ijodi: Nasriddin Afandi latifalarining hamda o‘zbek xalq ertaklarining komiks shakllari yaratilib, komikslarning o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirishda samaradorligi aniqlangan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining  mantiqiy fikrlashini ingliz tili to‘garak mashg‘ulotlarida hamda sinfdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarda xalq og‘zaki ijodi namunalaridan foydalanib rivojlantirishning yo‘nalishlari Piajening kognitiv rivojlanishning 4 bosqichi (sensorimotor, preoperatsion, konkret operatsion va rasmiy operatsion) nazariyasiga muvofiq asoslangan; 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning ingliz tili darslarida xalq og‘zaki ijodi vositasida mantiqiy fikrlashni rivojlantirishning takomillashtirilgan didaktik va metodik ta’minoti integrativlik va o‘zaro aloqadorlik metodik xususiyatlariga muvofiq ishlab chiqilgan;
xalq og‘zaki ijodi namunalarini ingliz tili darslarining tarkibiy qismi sifatida kiritishning samaradorligi Test of Logical Thinking kognitiv rivojlanish testi asosida milliy standartlarga moslashtirilgan baholash mezonini qo‘llash orqali dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida xalq og‘zaki ijodi vositasida ingliz tili darslarida mantiqiy fikrlashni rivojlantirishning ilmiy-metodik imkoniyatlarini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
o‘zbek xalq og‘zaki ijodi namunalari orqali mantiqiy fikrlashni rivojlantirish bo‘yicha metodlar majmui Buxoro shahridagi 11- va 28- umumiy o‘rta ta’lim maktablarida muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi. Shuningdek, o‘quvchilarning doiraviy va cheksiz tafakkur uslublarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan mashqlar maxsus test va kuzatuv orqali sinovdan o‘tkazilib, samaradorligi tasdiqlandi (Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining 2025-yil 28-iyuldagi 01-3403-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning fikrlash uslublarini hisobga olgan mashqlar ingliz tili darslarida sinovdan o‘tkazildi va ta’lim jarayonida qo‘llanildi. Tadqiqot umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ingliz tili o‘qitishni takomillashtirish va uzlyuksiz ta’lim sifatini oshirishda muhim mexanizm sifatida xizmat qiladi;
ingliz tili darslarida o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirish pedagogik tizimi mezonlariga asoslanib, sinfdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarda va to‘garak mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirish yo‘nalishlari belgilangan ilmiy xulosalardan 2022-2024-yillarda amalga oshirilgan va Toshkent shahridagi AQSh elchixonasi hamda AQSh davlat departamenti tomonidan moliyalashtirilgan SUZ80020GR0039-raqamli “English Access Microscholarship Program” loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2025-yil 19-iyuldagi 04-01/3572 son ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz tili darslarida o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirish Piajening kognitiv rivojlanishning 4 bosqichi (sensorimotor, preoperatsion, konkret operatsion va rasmiy operatsion) nazariyasiga asoslanib, sinfdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarda va to‘garak mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirish yo‘nalishlari belgilangan va takomillashtirilgan;
xalq og‘zaki ijodi vositasida o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirishning integrativlik va o‘zaro aloqadorlik xususiyatlari asosida umumta’lim maktablarining ingliz tili darslarida didaktik va metodik ta’minotiga doir ilmiy xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida Evropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi 585845-EPP-1-2017-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP CLASS: “Computational Linguistics at Central Asian universities” grant loyihasi doirasida foydalanilgan. (Samarqand davlat chet tillar institutining 2025-yil 21-iyuldagi 2131/02 son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha doirasida ishlab chiqilgan milliy platformani takomillashtirish va o‘qitish metodikasini rivojlantirishda tadqiqot ishi natijalaridan foydalanilgan;
xalq og‘zaki ijodi namunalarini ingliz tili darslarining tarkibiy qismi sifatida kiritishni Test of Logical Thinking kognitiv rivojlanish testi asosida moslashtirilgan baholash mezonini qo‘llashga doir natijalaridan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2020-2022 yillarga mo‘ljallangan Britaniya Kengashi (British Council) hamkorligida amalga oshirilgan 1683580-raqamli “English as a school subject” nomli xalqaro loyihasi doirasida samarali foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2025-yil 19 iyuldagi 04-01/3573-son). Natijada xalq og‘zaki ijodi vositasida mantiqiy fikrlashni rivojlantirish imkoniyatlari o‘qituvchining nazariy, amaliy va shaxsiy tayyorgarligi, hamda konstruktiv, kommunikativ va tahliliy ko‘nikmalariga asoslanib kengaytirilgan holatda, amaliy mashg‘ulotlar tashkillashtirishda, darslik va qo‘llanmalar ishlab chiqishda, kurs ishlari, maqolalar va tezislar tayyorlashda, tadqiqot resurslarini optimallashtirish bo‘yicha maslahatlar berishda qo‘llanilgan;
xalq og‘zaki ijodi vositasida o‘quvchilar mantiqiy fikrlashini rivojlantirishning metodik xususiyatlari (integrativlik, o‘zaro aloqadorlik) umumta’lim maktablari ingliz tili darslarida uzviylikning vertikal mazmuniga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirish maqsadida o‘quvchilarda mantiqiy fikrlashni xalq og‘zaki ijodi vositasida rivojlantirish bo‘yicha metodlar Navoiy viloyatidagi 3-, 17-, 12- umumta’lim maktablari va 16-AFChO‘ning 3-4 sinf o‘quvchilari bilan samarali tajriba-sinovdan o‘tkazildi (Navoiy viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining 2025-yil 22-iyuldagi 02-03-01/4-1501-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarda xalq og‘zaki ijodi vositasida mantiqiy fikrlashni rivojlantirishga asos bo‘ladigan shart-sharoitlar aniqlandi;
o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirish pedagogik tizimi mezonlariga asoslanib, latifalar va o‘zbek xalq ertaklari orqali mantiqiy fikrlash va til ko‘nikmalarini rivojlantiradigan yakuni tarbiyaviy tadbir bilan tugaydigan maxsus dasturning samaradorligi Samarqand viloyati, Samarqand shahridagi 48-, 49- va 81- umumta’lim maktablarda sinovdan o‘tkazildi. (Samarqand viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining 2025- yil 8-avgustdagi 02-6373/50-son ma’lumotnomasi). Natijada, Toshkentdagi Amerika Markazi bilan hamkorlikda 5 kunlik lager tashkil qilindi va o‘zbek xalq og‘zaki ijodi vositasida mantiqiy va tanqidiy fikrlashni rivojlantirish bo‘yicha samarali metodlar majmui taqdim etildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish