Nurboboev Shokir Baynazarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ta’lim muassasalari faoliyatini samarali boshqarishning ijtimoiy-psixologik jihatlari (Oliy ta’lim misolida)”, 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/P1007.
Ilmiy rahbar: Saidov Azamat Ismoilovich, psixologiya fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Hayitov Oybek Eshboevich, psixologiya fanlari doktori, professor; Tilavov Muxtor Hasan o‘g‘li, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Ma’mun universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oliy ta’lim muassasalari faoliyatini samarali boshqarishning ijtimoiy-psixologik tizimini takomillashtirishning ijtimoiy- psixologik xususiyatlarini o‘rganish hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim tizimida boshqaruvning samaradorligi rahbarlar professional profilidagi liderlik sifatlaridan anglanganlik, maqsadlilik va mas’uliyatlilikning strategik qaror qabul qilish jarayonida yaqqol namoyon bo‘lishiga ko‘ra jamoada kooperatsiyani intereksion qobiliyat orqali motivlashtirilishi asosida xodim funksionallashuvining ortishiga bog‘liq ekanligi aniqlangan.
oliy ta’lim tizimini samarali boshqarishda rahbarlarning aniq strategik harakatlarga yo‘naltirilgan qarorlarining muayyan holatlarga yo‘naltirilgan rejalariga qaraganda ustunroq namoyon bo‘lishiga ko‘ra pedagogik jamoa tomonidan qarorlarning ta’limiy maqsadlar asosida sub’ektiv integral lokolizatsiyaga bog‘liq identifikatsiyalanishi aniqlangan.
oliy ta’lim tizimini boshqarishning samaradorligi rahbar–xodim orasidagi munosabatlarda emotsiyalarni tahlil qilish, boshqarish va identifikatsiyalash xususiyatining pedagogik jarayonni tashkil etishda differensial namoyon bo‘lishiga asoslanib, rahbarning Soft skills ko‘nikmalari orqali didaktik kasbiy muloqot rivojlanish traektoriyasini hissiy intellekt asosida prognoz qila olish qobiliyatiga bog‘liq ekanligi dalillangan.
oliy ta’lim tizimini samarali boshqarishning ijtimoiy-psixologik jihatlari tashkiliy boshqaruv tizimini jamoada psixologik muhitni barqarorlashtirish, innovatsion texnologiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish orqali xodimning shaxsiy va kasbiy rivojlanishi uchun sharoit yaratishga yo‘naltirilganligi tufayli boshqaruv qarorlari bilan bog‘liq iqtisodiy, ijtimoiy kutuvlarning Soft hamda Self skills ko‘nikmalari asosida uyg‘unlashuviga bog‘liq namoyon bo‘lishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:  Ta’lim muassasalari faoliyatini samarali boshqarishning ijtimoiy-psixologik tizmini takomillashtirish yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
oliy ta’lim tizimida boshqaruvning samaradorligi rahbarlar professional profilidagi liderlik sifatlaridan anglanganlik, maqsadlilik va mas’uliyatlilikning strategik qaror qabul qilish jarayonida yaqqol namoyon bo‘lishiga ko‘ra jamoada kooperatsiyani intereksion qobiliyat orqali motivlashtirilishi asosida xodim funksionallashuvining ortishiga bog‘liqligiga oid takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 12-apreldagi PM-331-sonli buyrug‘iga binoan “Ijtimoiy psixologiya” moduli mazmuniga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 7-apreldagi PM-331-a buyrug‘i). Natijada oliy ta’lim muassasalari faoliyatini samarali boshqaruv samaradorligiga ta’sir etuvchi psixologik omillar aniqlangan; 
oliy ta’lim tizimini samarali boshqarishda rahbarlarning aniq strategik harakatlarga yo‘naltirilgan qarorlarining muayyan holatlarga yo‘naltirilgan rejalariga qaraganda ustunroq namoyon bo‘lishiga ko‘ra pedagogik jamoa tomonidan qarorlarning ta’limiy maqsadlar asosida sub’ektiv integral lokolizatsiyaga bog‘liq identifikatsiyalanishi aniqlanganligiga oid takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 12-apreldagi PM-331-sonli buyrug‘iga binoan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 7-apreldagi PM-331-a buyrug‘i). Natijada oliy ta’lim muassasalarida shaxslararo munosabatlar, shaxslararo munosabatlar motivatsiyasiga ta’sir etadigan ijtimoiy-psixologik omillar aniqlashtirilgan;
oliy ta’lim tizimini boshqarishning samaradorligi rahbar–xodim orasidagi munosabatlarda emotsiyalarni tahlil qilish, boshqarish va identifikatsiyalash xususiyatining pedagogik jarayonni tashkil etishda differensial namoyon bo‘lishiga asoslanib, rahbarning Soft skills ko‘nikmalari orqali didaktik kasbiy muloqot rivojlanish traektoriyasini hissiy intellekt asosida prognoz qila olish qobiliyatiga bog‘liq ekanligi dalillanganligiga oid ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 12-apreldagi PM-331-sonli buyrug‘iga binoan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 7-apreldagi PM-331-a buyrug‘i). Natijada oliy ta’lim muassassida boshqaruv samaradorligini ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy-psixologik trening dasturlari ishlab chiqilgan va amaliyotda qo‘llanilgan;
oliy ta’lim tizimini samarali boshqarishning ijtimoiy-psixologik jihatlari tashkiliy boshqaruv tizimini jamoada psixologik muhitni barqarorlashtirish, innovatsion texnologiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish orqali xodimning shaxsiy va kasbiy rivojlanishi uchun sharoit yaratishga yo‘naltirilganligi tufayli boshqaruv qarorlari bilan bog‘liq iqtisodiy, ijtimoiy kutuvlarning Soft hamda Self skills ko‘nikmalari asosida uyg‘unlashuviga bog‘liq namoyon bo‘lishi dalillanganligiga oid ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 12-apreldagi PM-331-sonli buyrug‘iga binoan “Ijtimoiy psixologiya” moduli mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 7-apreldagi PM-331-a buyrug‘i). Natijada oliy ta’lim muassasalari faoliyatini samarali boshqarishning ijtimoiy-psixologik tizimini takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish