Matkarimova Muxabbat Abuovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Yoshlarni pedagogik kasbga yo‘naltirishning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/P504.
Ilmiy rahbar: Sherimbetova Zamira Shalabaevna, psixologiya fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Kamoliddin Botirovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Xolyigitova Nasiba Xabibullaevna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dotsent.
Yetakchi tashkilot: Mamun universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yoshlarni pedagogik kasbga yo‘naltirishning ijtimoiy-psixologik mexanizmlarini tadqiq qilish va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yoshlarni pedagogik kasbga yo‘naltirishning tarkibiy komponentlari kasbiy moyillik, qiziqishlar, ustanovkalar, kasbiy yo‘nalganlik, kasbga identefikatsiya, professional shakllanish, moslashuv, kasbiy muvaffaqiyatning dinamik shakillanishiga ko‘ra kasb tanlash jarayoni va kasb tanlash motivatsiyasi uzlyuksizligini ta’minlovchi ijtimoiy-psixologik xususiyatlarni konformizmga bogliq tasniflash asosida psixologik jihatdan modellashtirilgan;
yoshlarni pedagogik kasbga yo‘naltirishning ijtimoiy-psixologik jihatlari o‘quvchilarda «realist», «intellektual», «ijtimoiy», «konvensional», «uddaburon», «artistik» toifadagi kasbiy qobiliyatlardan birining yaqqol ustuvor namoyon bo‘lishiga asoslanib kasb tanlash jarayoniga ijtimoiy fasilitatsiya va ingibisiya mexanizmlarini «professional Men obrazi» haqidagi tasavvurlar orqali integratsiyalash asosida optimallashtirilgan;
qoraqalpoq o‘quvchilarida kasbiy ustanovkalarning differensial namoyon bo‘lishiga ko‘ra, ta’lim muassasalaridagi pedagogik kasbga yo‘naltirish ishlarini shaxs kasbiy rivojlanishining «uyg‘onish» (4–14-yosh), «tadqiqot» (15–24-yosh) fazalari bosqichlariga introeksiya mexanizmini qo‘llash orqali kasb tanlash jarayoniga transformatsiya qilinganligi natijasida professional yo‘nalganlik va identefikatsiyaning autosugGEStiyaga bog‘liq rivollanishi dalillangan;
yoshlarni pedagogik kasbga yo‘naltirish modeli shaxsning o‘z «kasbiy-Men»iga integral hissiy munosabati, kasbiy o‘zini o‘zi aniqlashi, o‘zini o‘zi ishontirishi, autosugGEStiya, ichki intizom kabi kasbiy identefikatsiyalash omillarni kasbiy tanlashga ta’siri natijasida «shaxs autodialogi»ga oid psixologik jihatlarni referent guruhga bog‘liq transformatsiyalanishini proforentatsiya jarayoniga kiritish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Yoshlarni pedagogik kasbga yo‘naltirishning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari:
yoshlarni pedagogik kasbga yo‘naltirishning tarkibiy komponentlari kasbiy moyillik, qiziqishlar, ustanovkalar, kasbiy yo‘nalganlik, kasbga identefikatsiya, professional shakllanish, moslashuv, kasbiy muvaffaqiyatning dinamik shakillanishiga ko‘ra kasb tanlash jarayoni va kasb tanlash motivatsiyasi uzlyuksizligini ta’minlovchi ijtimoiy-psixologik xususiyatlarni konformizmga bogliq tasniflash asosida psixologik jihatdan modellashtirilga oid takliflar O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-maydagi PM-348-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-maydagi PM-348-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarni pedagogik kasbga yo‘naltirishning tarkibiy komponentlarini anketa-so‘rovnoma yordamida aniqlash va kasbiy motivatsiyalash va kasb tanlash jarayonini uzlyuksiziligini modellashtirishga imkon yaratilgan;
yoshlarni pedagogik kasbga yo‘naltirishning ijtimoiy-psixologik jihatlari o‘quvchilarda «realist», «intellektual», «ijtimoiy», «konvensional», «uddaburon», «artistik» toifadagi kasbiy qobiliyatlardan birining yaqqol ustuvor namoyon bo‘lishiga asoslanib kasb tanlash jarayoniga ijtimoiy fasilitatsiya va ingibisiya mexanizmlarini «professional Men obrazi» haqidagi tasavvurlar orqali integratsiyalash asosida optimallashtirilga oid takliflar O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-maydagi PM-348-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-maydagi PM-348-a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zining kasbiy faoliyatini aniqlash asosida yoshlarni kasbiy sohaga mosligini tekshirish va ularni pedagogik kasbga yo‘naltirish ishlari mazmunini ustuvor ahamiyat kasb etadigan ijtimoiy-psixologik mexanizmlarni joriy etish ko‘lami kengaytirilgan;
qoraqalpoq o‘quvchilarida kasbiy ustanovkalarning differensial namoyon bo‘lishiga ko‘ra, ta’lim muassasalaridagi pedagogik kasbga yo‘naltirish ishlarini shaxs kasbiy rivojlanishining «uyg‘onish» (4–14-yosh), «tadqiqot» (15–24-yosh) fazalari bosqichlariga introeksiya mexanizmini qo‘llash orqali kasb tanlash jarayoniga transformatsiya qilinganligi natijasida professional yo‘nalganlik va identefikatsiyaning autosugGEStiyaga bog‘liq rivollanishiga oid takliflar O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-maydagi PM-348-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-maydagi PM-348-a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchi(yosh)lardagi kasbiy ustanovkalarni aniqlash va kasbiy rivojlanishning dastlabki faza(bosqich)lariga xos ijtimoiy-psixologik mexanizmni qo‘llash va uni kasb tanlash jarayoniga transformatsiyalashga muvaffaq bo‘lingan;
yoshlarni pedagogik kasbga yo‘naltirish modeli shaxsning o‘z «kasbiy-Men»iga integral hissiy munosabati, kasbiy o‘zini o‘zi aniqlashi, o‘zini o‘zi ishontirishi, autosugGEStiya, ichki intizom kabi kasbiy identefikatsiyalash omillarni kasbiy tanlashga ta’siri natijasida «shaxs autodialogi»ga oid psixologik jihatlarni referent guruhga bog‘liq transformatsiyalanishini proforentatsiya jarayoniga kiritish orqali takomillashtirilga oid takliflar O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-maydagi PM-348-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-maydagi PM-348-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, kasbiy rivojlanish fazalariga xos ijtimoiy-psixologik mexanizmlar ustuvorligini aniqlash va pedagogik kasbiga yo‘naltirish ishlari mazmuni bo‘yicha taklif va tavsiyalar takomillashtirishga erishilgan.