Atamuratova Feruza Baxtiyarovnaning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘smirlarni salomatlikka yo‘naltirishning psixologik omillari”, 19.00.06–“Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/P813
Ilmiy rahbar: Urazbaeva Dilbar Abdullaevna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti PhD.03/30.12.2021.
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustam Abduraimovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Isakova Muazzam Tulkinovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘smirlarni salomatlikka yo‘naltirishning psixologik omillarini tadqiq etish asosida uni rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘smirlarda salomatlikka yo‘nalganlikning differensial farqlanishi «jismoniy faollik», «ovqatlanish», «stressni boshqarish», «maktab bilan bog‘liq umumiy xavotir», «o‘z-o‘zini namoyon etish», «tashqi ko‘rinishining o‘smir kutuvlariga mos kelmasligi» kabi psixologik omillarning yoshga oid avtonomiyalarga bog‘liq namoyon bo‘lishiga asoslanib, boladagi «salomatlikni sub’ektiv-baholash maydoni»da interasub’ektiv va intersub’ektiv munosabatning oilaviy qadriyatlar orqali uyg‘unlashuviga bog‘liq ekanligi dalillangan;
o‘smirlarni salomatlikka yo‘naltirishda shaxsning o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga intilishi hamda o‘qituvchining baholovchi muloqoti ichki tashvishlanishni kuchli ifodalanishiga olib kelib jismoniy faollik va rasional ovqatlanishga ta’sir etganligi tufayli o‘quvchining maktab bilan bog‘liq shaxslararo munosabatlaridagi xavotirlanishini sog‘lom turmush tarzi profilidagi ijtimoiy-kognitiv xususiyatlar orqali pasaytirish muhimligi asoslangan;
o‘smirlardagi salomatlikka yo‘nalganlikning sog‘lom turmush tarzi profilida ifodalanishi natijasida o‘quvchining o‘zini hissiy qabul qilishi, emosional qadriyatlari uni o‘z hayot tarzidan qoniqishiga ta’sir etganligi tufayli shaxsning o‘ziga bo‘lgan konstruktiv munosabati o‘zini hurmat qilish, autosimpatiya hamda Self-menejment ta’sirida jismoniy va mental faollikka bog‘liq namoyon bo‘lishi dalillangan;
o‘smirlarda salomatlikka yo‘nalganlikni shakllantirishda o‘quvchini jismoniy va ruhiy faolligini oshirish, ovqatlanish rasionini to‘g‘ri tashkil qilish, sog‘liqni ijobiy baholash ko‘nikmalarni rivojlantirish muhimligi tufayli salomatlik haqidagi tasavvurlarni «sog‘lom Men» bilan refleksiv xususiyatlar orqali identifikatsiyalanishiga erishish kerakligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘smir o‘quvchilarni salomatlikka yo‘nalganligini rivojlantirishning psixologik omillari bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
O‘smirlarda salomatlikka yo‘nalganlikning differensial farqlanishi «jismoniy faollik», «ovqatlanish», «stressni boshqarish», «maktab bilan bog‘liq umumiy xavotir», «o‘z-o‘zini namoyon etish», «tashqi ko‘rinishining o‘smir kutuvlariga mos kelmasligi» kabi psixologik omillarning yoshga oid avtonomiyalarga bog‘liq namoyon bo‘lishiga asoslanishini dalillashga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-dekabrdagi PM-319-sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan. (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 3-martdagi PM-319 - a sonli ma’lumotnomasi). Natijada boladagi «salomatlikni sub’ektiv-baholash maydoni»da interasub’ektiv va intersub’ektiv munosabatning oilaviy qadriyatlar orqali uyg‘unlashuviga bog‘liq ekanligi dalillangan.
o‘smirlarni salomatlikka yo‘naltirishda shaxsning o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga intilishi hamda o‘qituvchining baholovchi muloqoti ichki tashvishlanishni kuchli ifodalanishiga olib kelib jismoniy faollik va rasional ovqatlanishga ta’sir etganligini dalillashga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-dekabrdagi PM-319-sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan. (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 3-martdagi PM-319 - a sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchining maktab bilan bog‘liq shaxslararo munosabatlaridagi xavotirlanishini sog‘lom turmush tarzi profilidagi ijtimoiy-kognitiv xususiyatlar orqali pasaytirish muhimligi asoslangan.
o‘smirlardagi salomatlikka yo‘nalganlikning sog‘lom turmush tarzi profilida ifodalanishi natijasida o‘quvchining o‘zini hissiy qabul qilishi, emosional qadriyatlari uni o‘z hayot tarzidan qoniqishiga ta’sir etganligi ekanligini isbotlashga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-dekabrdagi PM-319-sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan. (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 3-martdagi PM-319- a sonli ma’lumotnomasi). Natijada shaxsning o‘ziga bo‘lgan konstruktiv munosabati o‘zini hurmat qilish, autosimpatiya hamda Self-menejment ta’sirida jismoniy va mental faollikka bog‘liq namoyon bo‘lishi dalillangan.
o‘smirlarda salomatlikka yo‘nalganlikni shakllantirishda o‘quvchini jismoniy va ruhiy faolligini oshirish, ovqatlanish rasionini to‘g‘ri tashkil qilish, sog‘liqni ijobiy baholash ko‘nikmalarni rivojlantirish muhimligini dalillashga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-dekabrdagi PM-319-sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan. (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 3-martdagi PM-319- a sonli ma’lumotnomasi). Natijada salomatlik haqidagi tasavvurlarni «sog‘lom Men» bilan refleksiv xususiyatlar orqali identifikatsiyalanishiga erishish kerakligi dalillangan.