Ortiqova Nodira Mamajonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Tibbiy ta’limda gender yondashuv asosida xotin-qizlarni ijtimoiy faolligini oshirishning pedagogik tizimi”. 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2023.1.PhD/Ped4379
Ilmiy rahbar: Kadirova Munira Rasulovna pedagogika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Qo‘qon davlat universiteti PhD.03/29.12.2022.Ped.l32.02
Rasmiy opponentlar:
Safarova Rohat Gaybulloevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Ergasheva Gulruxsor Surxoniddinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: tibbiy ta’limda gender yondashuv asosida xotin-qizlarni ijtimoiy faolligini oshirishga oid tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilar bilan belgilanadi:
tibbiy ta’limda gender tengligi bo‘yicha streotiplar va amaliy choralar o‘rtasidagi bog‘liqliklar, mavjud nazariy tendensiyalar va qonuniyatlarning zamonaviy ijtimoiy sharoitlarga moslashuvi hamda xotin – qizlarni milliy indentivligini saqlashga qaratilgan omillarni tahlil qilinishi asosida aniqlashtirilgan;
tibbiy ta’limda gender yondashuvni chuqurlashtirish, xotin-qizlarning kasbiy va ijtimoiy faolligini oshirishning kognitiv, deontologik, kommunikativ, gender yondashuvli ijtimoiy faollik komponenti aniqlashtirilib, didaktik jarayonlarni optimallashtirish uchun amaliy asos bo‘lib xizmat qilishi asoslangan;
xotin-qizlarning kasbiy va ijtimoiy faolligini oshirish uchun gender asosidagi psixologik, pedagogik va madaniy omillarni hisobga olgan holda gender stereotiplarini kamaytirish, faollikni rag‘batlantirish va teng imkoniyatlarni yaratishning samarali mexanizmlarini taklif etilishi natijasida faoliyatga oid mezonlar ishlab chiqilgan;
tibbiy ta’limda gender yondashuvini samarali tatbiq etish, xotin-qizlarning ijtimoiy va kasbiy faolligini oshirishga qaratilgan ta’lim jarayonlarini optimallashtirish hamda gender tengligini ta’minlash uchun aniq amaliy ko‘rsatmalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tibbiy ta’limda gender yondashuv asosida xotin-qizlarni ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
tibbiy ta’limda gender tengligi bo‘yicha streotiplar va amaliy choralar o‘rtasidagi bog‘liqliklar, mavjud nazariy tendensiyalar va qonuniyatlarning zamonaviy ijtimoiy sharoitlarga moslashuvi hamda xotin – qizlarni milliy indentivligini saqlashga qaratilgan ma’lumotlardan xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati “Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasitasi”ning 2025 – yil 5–oktyabrdagi 5–sonli ma’lumotnomasi) Natijada, tibbiy ta’lim jarayonida talabalarda gender yondashuv asosida xotin-qizlarni ijtimoiy faolligini oshirishga doir kognitiv va emperik bilimlar rivojlangan;
tibbiy ta’limda gender yondashuvni chuqurlashtirish, xotin-qizlarning kasbiy va ijtimoiy faolligini oshirishning kognitiv, deontologik, kommunikativ, gender yondashuvli ijtimoiy faollik komponenti aniqlashtirilib, didaktik jarayonlarni optimallashtirishga doir takliflaridan EF-UZ-2024-001- raqamli “Birgalikda adolatli jamiyat sari” nomli amaliy loyihalarini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasining 2025-yil 22-oktyabrdagi 23-sonli ma’lumotnomasi) Natijada, tibbiy ta’limda xotin-qizlarning kasbiy va ijtimoiy faolligi motivlari oshirilgan;
xotin-qizlarning kasbiy va ijtimoiy faolligini oshirish uchun gender asosidagi psixologik, pedagogik va madaniy omillarni hisobga olgan holda gender stereotiplarini kamaytirish, faollikni rag‘batlantirish va teng imkoniyatlarni yaratishning samarali mexanizmlarining mezon va ko‘rsatkichlarini aniqlashga doir amaliy tavsiyalaridan “Oila ilmi” ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (Farg‘ona viloyati teleradiokanilining 2025-yil 3-oktyabrdagi № 01-12/206-sonli ma’lumotnomasi) Natijada, tibbiy ta’lim muassasalarida gender yondashuvni samarali tatbiq etish, xotin-qizlarning ijtimoiy faollashuvi samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
tibbiy ta’limda gender yondashuvini samarali tatbiq etish, xotin-qizlarning ijtimoiy va kasbiy faolligini oshirishga qaratilgan ta’lim jarayonlarini optimallashtirish hamda gender tengligini ta’minlash uchun aniq amaliy ko‘rsatmalaridan “Tafsilot”, “Salomatlik soati” ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (Farg‘ona viloyati teleradiokanilining 2025-yil 3-oktyabrdagi
№ 01-12/206-sonli ma’lumotnomasi) Natijada tibbiy ta’limda xotin qizlarning kasbiy faoliyatlaridagi ijtimoiy folligini oshishiga xizmat qiliuvchi ko‘rsatkichlar ortgan.