Ibragimova Feruza Xolboevnaning pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kognitiv yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarni tarbiyaviy jarayonlarni loyihalashga tayyorlash mexanizmlari” mavzusidagi 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.DSc/Ped948. 
Ilmiy maslahatchi: Djuraev Risbay Xaydarovich – pedagogika fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti, DSc.28/30.07.2024.Ped.165.01
Rasmiy opponentlar: Xusanova Sumbul Islamovna – pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Mamanazarov Abduhakim Bozorovich – pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Azimova Ziyoda Ergashevna – pedagogika fanlari doktori (DSc), professor
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kognitiv yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarni tarbiyaviy jarayonlarni loyihalashga tayyorlash mexanizmlarini ishlab chiqish, nazariy jihatdan asoslash va talabalarni tarbiyaviy jarayonlarni loyihalashga tayyorlash bo‘yicha ilmiy-metodik tavsiyalar yaratish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilarni tarbiyaviy jarayonlarni loyihalashga tayyorlash mazmuni pedagogika turkum fanlariga milliy tarbiyaning didaktik imkoniyatlarini qadriyatli yondashuv asosida integratsiya qilish bilan axloqiy modellar tizimini o‘quv jarayoniga tatbiq etishga yo‘naltirilgan loyihaviy faoliyatni amalga oshirish kompetensiyalarini faoliyatli-refleksiv shakllantirish asosida takomillashtirilgan; 
kognitiv yondashuvning didaktik imkoniyatlari bo‘lajak o‘qituvchilarni innovatsion tarbiyaviy senariylar tuzish jarayonida ta’limiy-axloqiy tahlil, ma’no yaratish, kreativ tafakkur va intellektual faollik ko‘nikmalarini shakllantirish orqali mulohazali qaror qabul qilish hamda kollaborativ muhitda refleksiv muloqot kompetensiyalarini rivojlantirish asosida takomillashtirilgan; 
tarbiyaviy jarayonlarni loyihalash mexanizmlari mustaqil ta’limda bo‘lajak o‘qituvchilarni konstruktiv-tahliliy fikrlash, pedagogik muammolarni modellashtirish va kreativ loyihaviy echimlar ishlab chiqishga o‘rgatish orqali ma’naviy qadriyatlarni shaxsiy tajriba hamda ijodiy faoliyat tajribasi bilan uyg‘unlashtirishning maqsadga muvofiqligi asoslangan; 
bo‘lajak o‘qituvchilarni tarbiyaviy jarayonlarni loyihalashga tayyorlash samaradorligi kognitiv, faoliyatli va refleksiv mezonlari ko‘rsatkichlarining yuqori (bilim va faoliyatni mustaqil ravishda tatbiq eta olish), o‘rta (bilish va amaliy ko‘nikmalarni vaziyatga mos qo‘llay olish), hamda quyi (nazariyani anglagan, lekin amaliyotda to‘liq namoyon eta olmaslik) darajalariga muvofiq baholash mexanizmini yaratish orqali oshirilgan;
tarbiyaviy jarayonlarni loyihalashning kognitiv texnologiyalari tarbiyaviy xulq modellarini ishlab chiqish jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilarning tahliliy tafakkuri, kreativ qobiliyati va emotsional-motivatsion barqarorligi bilan bilish faoliyatini faollashtiruvchi, interfaol va multimedia vositalarini raqamli ta’lim resurslariga integratsiya qilish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kognitiv yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarni tarbiyaviy jarayonlarni loyihalash uchun tayyorlashga doir natijalar asosida:
bo‘lajak o‘qituvchilarni tarbiyaviy jarayonlarni loyihalashga tayyorlash mazmuni pedagogika turkum fanlariga milliy tarbiyaning didaktik imkoniyatlarini qadriyatli yondashuv asosida integratsiya qilish bilan axloqiy modellar tizimini o‘quv jarayoniga tatbiq etishga yo‘naltirilgan loyihaviy faoliyatni amalga oshirish kompetensiyalarini faoliyatli-refleksiv shakllantirish asosida aniqlashtirishga oid ma’lumotlardan “Pedagogika nazariyasi va tarixi” darsligini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 17-maydagi 02/17-3643-sonli dalolatnomasi). Natijada, oliy pedagogik ta’lim jarayoni bo‘lajak o‘qituvchilarni tarbiyaviy jarayonlarni loyihalashga tayyorlash mazmuni pedagogika turkum fanlariga milliy tarbiyaning didaktik imkoniyatlarini qadriyatli yondashuv asosida o‘quv jarayoniga oid manbalari bilan boyitilgan; 
kognitiv yondashuvning didaktik imkoniyatlari bo‘lajak o‘qituvchilarni innovatsion tarbiyaviy ssenariylar tuzish jarayonida ta’limiy-axloqiy tahlil, ma’no yaratish, kreativ tafakkur va intellektual faollik ko‘nikmalarini shakllantirish orqali mulohazali qaror qabul qilish hamda kollaborativ muhitda refleksiv muloqot kompetensiyalarini rivojlantirish asosida takomillashtirilgan oid takliflaridan Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutida 2024-2025-yillarda bajarilgan “Umumta’lim maktablarining 5-6 sinf adabiyot darslarida IT-texnologiyalarini qo‘llash metodikasi” mavzusidagi innovatsion loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutining 2025-yil 8-sentyabrdagi 01-09/443-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarni innovatsion tarbiyaviy ssenariylar tuzish jarayonida ta’limiy-axloqiy tahlil, ma’no yaratish, kreativ tafakkur va intellektual faollik ko‘nikmalarini shakllantirish orqali tarbiya jarayonlarini loyihalashga yo‘naltirilgan didaktik tizim takomillashtirilgan; 
tarbiyaviy jarayonlarni loyihalash mexanizmlari mustaqil ta’limda bo‘lajak o‘qituvchilarni konstruktiv-tahliliy fikrlash, pedagogik muammolarni modellashtirish va kreativ loyihaviy echimlar ishlab chiqishga o‘rgatish orqali ma’naviy qadriyatlarni shaxsiy tajriba hamda ijodiy faoliyat tajribasi bilan uyg‘unlashtirishning maqsadga muvofiqligi “Kognitiv yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarni tarbiyaviy jarayonlarni loyihalashga tayyorlash mexanizmlari” nomli monografiyani ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 17-maydagi 02/17-3643-sonli dalolatnomasi). Natijada, oliy pedagogik ta’lim tizimida bo‘lajak o‘qituvchilarning tarbiya jarayonlariga tayyorlashning pedagogik shart-sharoitlari va texnologik imkoniyatlari kengaytirilgan; 
bo‘lajak o‘qituvchilarni tarbiyaviy jarayonlarni loyihalashga tayyorlash samaradorligi kognitiv, faoliyatli va refleksiv mezonlari ko‘rsatkichlarining yuqori (bilim va faoliyatni mustaqil ravishda tatbiq eta olish), o‘rta (bilish va amaliy ko‘nikmalarni vaziyatga mos qo‘llay olish), hamda quyi (nazariyani anglagan, lekin amaliyotda to‘liq namoyon eta olmaslik) darajalariga muvofiq baholash mexanizmini yaratish orqali bo‘lajak o‘qituvchilarni tarbiyaviy jarayonlarni loyihalashga tayyorlash modeli va jarayonining mazmuni, uni tanlash prinsiplari, bosqichlari, texnologiyalari “Xalqaro baholash asoslari” nomli darslikda o‘z ifodasini topgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 17-maydagi 02/17-3643-sonli dalolatnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarni oliy ta’lim davrida tarbiya jarayonlarini loyihalash imkoniyatlarini aniqlash va baholash funksiyasi mustahkamlangan 
tarbiyaviy jarayonlarni loyihalashning kognitiv texnologiyalari tarbiyaviy xulq modellarini ishlab chiqish jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilarning tahliliy tafakkuri, kreativ qobiliyati va emotsional-motivatsion barqarorligi bilan bilish faoliyatini faollashtiruvchi, interfaol va multimedia vositalarini raqamli ta’lim resurslariga integratsiya qilish asosida bo‘lajak o‘qituvchilarni tarbiyaviy jarayonlarni loyihalashga tayyorlik darajalarini aniqlovchi mezonlar hamda ularning reprezentativligini baholovchi metodikalar “Pedagogika nazariyasi va tarixi” nomli darslik mazmuniga kiritilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 17-maydagi 02/17-3643-sonli dalolatnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarni tarbiyaviy jarayonlarni amalga oshirishga oid samarali pedagogik mexanizm amaliyotga tadqbiq etilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish