Xakimova Barno Muratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “SEL metodikalari vositasida o‘smirlarda mas’uliyatli qaror qabul qilish kompetensiyalarini rivojlantirish” mavzusidagi 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD /Ped9502.
Ilmiy rahbar: Tojiboeva Xilolaxon Maxmutovna - pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti, DSc.28/30.07.2024.Ped.165.01
Rasmiy opponentlar: Xusanova Sumbul Islamovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Qodirova Feruza Usmanovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ijtimoiy-emotsional ta’lim metodikalari vositasida o‘smirlarda mas’uliyatli qaror qabul qilish kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mas’uliyatli qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish mazmuni ijtimoiy-emotsional ta’lim (SEL) metodikalariga milliy tarbiya tizimida “Komil inson” konsepsiyasiga ko‘ra ota-onaga hurmat va halollik kabi qadriyatlarni kiritish orqali o‘smirlarda o‘z xulqining oqibatlarini anglash va jamoaviy qaror qabul qilishga o‘rgatish asosida takomillashtirilgan;
o‘smirlarni mas’uliyatli qaror qabul qilishga o‘rgatish strategiyalari qaror natijalarini tahlil qilish va o‘z xatolaridan xulosa chiqarishga yo‘naltiruvchi “o‘z fikrimni tahlil qilaman”, “men boshqacha yo‘l tutganimda...” kabi refleksiya mashg‘ulotlari hamda “jamoaviy echim”, “murosaga kelish san’ati” interfaol o‘yinlarini integrativ qo‘llash orqali ijtimoiy hamkorlik, empatiya va shaxsiy mas’uliyatni rivojlantirish asosida takomillashtirilgan;
SEL (Social Emotional Learning) metodikalari vositasida o‘smirlarni mas’uliyatli qaror qabul qilishga o‘rgatishning pedagogik modeli Sharq mutafakkirlarining ma’naviy-axloqiy merosi, “mehnat qilib halol yashash”, “el-yurtga foyda keltirish”, “katta-kichikka hurmat” kabi xalq pedagogik qadriyatlarini singdirish orqali ularda irodaviy barqarorlik va jamiyat oldidagi burchni his qilish ko‘nikmalarini shakllantirish asosida takomillashtirilgan;
o‘smirlarda mas’uliyatli qaror qabul qilish kompetensiyasi rivojlanganligi samaradorligi murakkab vaziyatlarda muvozanatli qaror qabul qilish ko‘nikmalarini yuqori (ongli va mustaqil qaror qabul qilish), o‘rta (raqobatli vaziyatlarda yo‘l-yo‘riq asosida qaror qabul qilish) va quyi (tashqi ta’sirlar ta’sirida impulsiv qaror qabul qilish) darajalarda baholashning kriterial tizimini ishlab chiqish asosida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. SEL metodikalari vositasida o‘smirlarda mas’uliyatli qaror qabul qilish kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
mas’uliyatli qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish mazmuni ijtimoiy-emotsional ta’lim (SEL) metodikalariga milliy tarbiya tizimida “Komil inson” konsepsiyasiga ko‘ra ota-onaga hurmat va halollik kabi qadriyatlarni kiritish orqali o‘smirlarda o‘z xulqining oqibatlarini anglash va jamoaviy qaror qabul qilishga o‘rgatish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalardan Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutida 2024-2025 yillarda bajarilgan “Umumta’lim maktablarining 5-6 sinf adabiyot darslarida IT-texnologiyalarini qo‘llash metodikasi” mavzusidagi olima ayollar innovatsion loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 22-oktyabrdagi 03-33-2629-sonli ma’lumotnomasi). Natijada “Komil inson” konsepsiyasiga ko‘ra ota-onaga hurmat va halollik kabi qadriyatlarni kiritish orqali o‘smirlarni o‘z xulqining oqibatlarini anglash va jamoaviy qaror qabul qilishga o‘rgatishga erishilgan;
o‘smirlarni mas’uliyatli qaror qabul qilishga o‘rgatish strategiyalari qaror natijalarini tahlil qilish va o‘z xatolaridan xulosa chiqarishga yo‘naltiruvchi “o‘z fikrimni tahlil qilaman”, “men boshqacha yo‘l tutganimda...” kabi refleksiya mashg‘ulotlari hamda “jamoaviy echim”, “murosaga kelish san’ati” interfaol o‘yinlarini integrativ qo‘llash orqali ijtimoiy hamkorlik, empatiya va shaxsiy mas’uliyatni rivojlantirish asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalaridan YuNESKOning rasmiy platformasida o‘zbek tilida joylashtirilgan “Ijtimoiy-hissiy murabbiy” nomli onlayn platformani ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 22-oktyabrdagi 03-33-2629-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlarni mas’uliyatli qaror qabul qilishga o‘rgatish strategiyalari orqali ularda ijtimoiy hamkorlik, empatiya va shaxsiy mas’uliyatni rivojlantirishga erishilgan;
SEL (Social Emotional Learning) metodikalari vositasida o‘smirlarni mas’uliyatli qaror qabul qilishga o‘rgatishning pedagogik modeli Sharq mutafakkirlarining ma’naviy-axloqiy merosi, “mehnat qilib halol yashash”, “el-yurtga foyda keltirish”, “katta-kichikka hurmat” kabi xalq pedagogik qadriyatlarini singdirish orqali ularda irodaviy barqarorlik va jamiyat oldidagi burchni his qilish ko‘nikmalarini shakllantirish asosida takomillashtirishga oid takliflari Namangan viloyati Namangan shahri 7-, 41- sonli, Davlatobod tumanidagi 57-sonli, Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi 27-, 35-sonli va Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi 8-, 15- sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablari amaliyotiga tatbiq etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 22-oktyabrdagi 03-33-2629-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlarni mas’uliyatli qaror qabul qilishga o‘rgatishning pedagogik modeliga Sharq mutafakkirlarining ma’naviy-axloqiy merosi, “mehnat qilib halol yashash”, “el-yurtga foyda keltirish”, “katta-kichikka hurmat” kabi xalq pedagogik qadriyatlarini singdirishga erishilgan;
o‘smirlarda mas’uliyatli qaror qabul qilish kompetensiyasi rivojlanganligi samaradorligi murakkab vaziyatlarda muvozanatli qaror qabul qilish ko‘nikmalarini yuqori (ongli va mustaqil qaror qabul qilish), o‘rta (raqobatli vaziyatlarda yo‘l-yo‘riq asosida qaror qabul qilish) va quyi (tashqi ta’sirlar ta’sirida impulsiv qaror qabul qilish) darajalarda baholashning kriterial tizimini ishlab chiqish asosida aniqlashtirishga oid mualliflik g‘oyalaridan “O‘zbekiston 24” IJOIDIY BIRLAShMASI” Milliy teleradiokompaniyasining DM “Dunyo bo‘ylab” telekanalida “Zamonaviy ta’lim va fan integratsiyasining o‘ziga xos xususiyatlari”, “O‘quvchilarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etih”, “Yosh avlodni ilm-fanga jalb etish”, “Ta’lim tizimidagi yangi islohotlar” mavzusidagi maʼrifiy ko‘rsatuvlarni senariysini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 15-sentyabrdagi 06-09-1437-sonli maʼlumotnomasi). Natijada, o‘smirlarda murakkab vaziyatlarda muvozanatli qaror qabul qilish ko‘nikmalarini yuqori, o‘rta va quyi darajalarda baholashning kriterial tizimini ishlab chiqishga erishilgan.