Abdullaeva Nasiba Abdusolomovnaning 
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
 dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak pedagoglarning ilmiy-tadqiqotchilik kompetensiyasini shakllantirish texnologiyasi (Pedagogika fani metodologiyasi misolida)”. 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bo‘yicha) 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped8107
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti. 
Ilmiy rahbar:  O‘rinova Nilufar Muxammadovna pedagogika fanlari nomzodi, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/27.09.2024.Ped.05.07
Rasmiy opponentlar: Tojiboeva Xilolaxon Maxmudovna, pedagogika fanlari doktori  (DSc), professor; Siddiqov Ilyos Baxromovich falsafa fanlari doktori (DSc), professor. 
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Bo‘lajak pedagoglarning ilmiy tadqiqotchilik kompetensiyasini shakllantirish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak pedagoglarning ilmiy-tadqiqotchilik kompetensiyasi tuzimasi kognitiv, diagnostik, loyihaviy-konstruktiv, faoliyatli, refleksiv, kommunikativ komponentlari talabalarning nazariy, amaliy va shaxsiy tayorgarligini o‘zaro uyg‘unligiga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan; 
bo‘lajak pedagoglarning ilmiy-tadqiqotchilik kompetensiyasini shakllantirishning psixologik, pedagogik, ijtimoiy  shart-sharoitlari tizimli  integrallahuvi  hamda ularning variativligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak pedagoglarning ilmiy-tadqiqotchilik kompetensiyasini shakllantirish modelining tashkiliy-faoliyatli bloki tashkiliy-pedagogik, psixologik va moddiy-texnik shart-sharoitlar tizimi adaptivligini hisobga olish asosida takomillashtirilgan; 
bo‘lajak pedagoglarning ilmiy-tadqiqotchilik kompetensiyasini shakllantirish texnologiyasini bosqichma-bosqich loyihalash asosida uning ichki imkoniyatlarini kontekstli ta’lim, muammoli ta’lim, loyihaviy ta’lim, portfolio texnologiyalari bilan  integratsiyalash asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo’lajak pedagoglarning ilmiy-tadqiqotchilik kompetensiyasini shakllantirish texnologiyasiga doir tadqiqot natijalari asosida: 
bo‘lajak pedagoglarning ilmiy tadqiqotchilik kompetensiyasi tuzilmasi kognitiv, diagnostik, loyohaviy-konstruktiv, faoliyatli, refleksiv, kommunikativ komponentlari  talabalarning nazariy, amaliy, va shaxsiy tayyo‘garligini o‘zaro uyg‘unligiga ustivorlik berish asosida aniqlashtirishga oid “Pedagogika fani metodologiyasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 14-apreldagi  136-son buyrug‘i, 227045-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo’lajak pedagoglarning ilmiy tadqiqotchilik kompetensiyasini shakllantirish mazmunini takomillashtirishga xizmat qilgan.
bo‘lajak pedagoglarning ilmiy-tadqiqotchilik kompetensiyasini shakllantirishning psixologik, pedagogik, ijtimoiy  shart-sharoitlari tizimli  integrallahuvi  variativligini ta’minlash asosida takomillashtirishga doir amaliy takliflar hamda bo‘lajak pedagoglarning                                 ilmiy-tadqiqotchilik kompetensiyasini shakllantirishning modelining tashkiliy-faoliyatli bloki tashkiliy-pedagogik, psixologik va moddiy-texnik shart-sharoitlar tizimi adaptivligini hisobga olish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Pedagogika fani metodologiyasi” nomli                    o‘quv qo‘llanma  mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining               2025-yil 14-apreldagi  136-son buyrug‘i, 227045-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo’lajak pedagoglarning ilmiy tadqiqotchilik kompetensiyasini shakllanganlik darajasi oshgan.
bo‘lajak pedagoglarning ilmiy-tadqiqotchilik kompetensiyasini shakllantirish texnologiyasini bosqichma-bosqich loyihalash asosida uning ichki imkoniyatlarini kontekstli ta’lim, muammoli ta’lim, loyihaviy ta’lim, portfolio texnologiyalari bilan integrasiyalash   asosida takomillashtishga oid takliflardan “Pedagogika fani metodologiyasi” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining            2025-yil 14-apreldagi 136-son buyrug‘i, 227045-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo’lajak pedagoglarning ilmiy tadqiqotchilik kompetensiyasini shakllantirishning amaliy-texnologik tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish