Otaxanova Dilnoza Muxammadjanovnaning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ingliz tilini o‘qitishda talabalarning og‘zaki nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish texnologiyasi (boshlang‘ich taʼlim yo‘nalishi misolida)”, 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped5119.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Turg‘unova Gulnoza Muxammadjonovna pedagogika fanlari falsafa doktori, (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/27.09.2024.Fil/Ped.05.09.
Rasmiy opponentlar: Abbasova Nargiza Kabilovna pedagogika fanlari falsafa doktori, Xurshid Sarimsaqov Abdumalikovich, filologiya fanlari doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz tilini o‘qitishda boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalarining og‘zaki nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
talabalarning og‘zaki nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishga oid pedagogik, psixologik va metodik tadqiqotlar transdissiplinar paradigmani (bu murakkab muammoni bir vaqtning o‘zida bir nechta fan yondashuvi asosida chuqur o‘rganish va integratsiyalangan echimlar topish) qo‘llagan holda kompleks-integrativ tahlil qilinib, talabalarda kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishning aksiologik va antropotsentrik asoslari yangicha ilmiy-metodologik talqinda aniqlashtirilgan;
ingliz tilini o‘qitishda talabalarning og‘zaki nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha tizimli model kommunikativ-subektiv, kooperativ-konstruktiv va faoliyatga yo‘naltirilgan ta’lim paradigmalari integratsiyasi asosida muloqot madaniyatini shakllantirishning pedagogik-didaktik mexanizmlari tizimli ravishda takomillashtirilgan;
ingliz tilini o‘qitishda talabalarning og‘zaki nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish mazmuni interfaol kommunikatsiya strategiyalari, nutqiy pragmatika hamda lingvosotsiokognitiv yondashuvlarni o‘zida mujassamlashtirgan yangi didaktik modellar asosida ilmiy-amaliy jihatdan takomillashtirilgan;
ingliz tilini o‘qitishda talabalarning og‘zaki nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish texnologiyalari raqamli-interaktiv, multimodal kommunikatsion va kollaborativ o‘quv muhiti bilan pedagogik jarayon integratsiyasiga asoslangan holda talabalarning kommunikativ faoliyatga refleksiv va kreativ munosabatini rivojlantiruvchi pedagogik texnologiyalar tizimi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarning og‘zaki nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-metodik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
talabalarning og‘zaki nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishga oid pedagogik, psixologik va metodik tadqiqotlar transdissiplinar paradigmani qo‘llagan holda kompleks-integrativ tahlil qilinib, talabalarda kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishning aksiologik va antropotsentrik asoslari yangicha ilmiy-metodologik talqinda aniqlashtirilgan taklif va tavsiyalardan boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishlarda xorijiy tilni o‘qitishda umumishtirok ta’lim texnologiyalaridan jumladan, “Coffeepotting”, “Taboo”, “Optimist”, “Yolg‘on detektori”, „Scrabble“ kabi ta’limiy o‘yinlardan samarali va unumli foydalanishga oid takliflardan oliy ta’lim muassasalarida innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashning zamonaviy mexanizmlarini joriy qilishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2023-yil 6-noyabrda 4/17-4/4-9561-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda og‘zaki nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik va psixologik xususiyatlari asosida fan mazmuni talqinlarining maqbullashtiruvchi (umumishtirok va integrativ) ko‘rsatkichlarini differensial ta’lim muhitida refleksivlik darajada qo‘llash asosida aniqlashtirilga erishilgan;
ingliz tilini o‘qitishda talabalarning og‘zaki nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha tizimli model kommunikativ-subektiv, kooperativ-konstruktiv va faoliyatga yo‘naltirilgan ta’lim paradigmalari integratsiyasi asosida muloqot madaniyatini shakllantirishning pedagogik-didaktik mexanizmlari tizimli ravishda takomillashtirilgan va ingliz tilini o‘qitishda talabalarning og‘zaki nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish mazmuni interfaol kommunikatsiya strategiyalari, nutqiy pragmatika hamda lingvosotsiokognitiv yondashuvlarni o‘zida mujassamlashtirgan yangi didaktik modellar asosida ilmiy-amaliy jihatdan takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan foydalanilgan. (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2023-yil 31-oktyabrda 03/14-3124 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida redagogik faoliyatni ilmiy asosda tashkil etishning didaktik imkoniyatlarini takomillashtirish imkoni kengaytirilgan;
ingliz tilini o‘qitishda talabalarning og‘zaki nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish texnologiyalari raqamli-interaktiv, multimodal kommunikatsion va kollaborativ o‘quv muhiti bilan pedagogik jarayon integratsiyasiga asoslangan holda talabalarning kommunikativ faoliyatga refleksiv va kreativ munosabatini rivojlantiruvchi pedagogik texnologiyalar tizimi takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston teleradiokanali” DM 2023-yil may va oktyabr oylaridagi “Ta’lim va taraqqiyot”, “Bolalar va biz”, “Adabiy jarayon” dasturlarini samarali tashkil etishda, ularning dastur va ssnariylarini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” Davlat muassasasining 2023-yil 3-oktyabrdagi 23-42-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalarida og‘zaki nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishni baholash jahon va milliy rivojlanish omillarini ko‘p bosqichli o‘quv topshiriqlari tizimi orqali mustahkamlashning pedagogik ahamiyati bilan bog‘liq amaliy takliflar ommalashtirilgan.