Tursunova Ziyodaxon Musaboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak sport menejerlarining kasbiy-amaliy tayyorgarligini takomillashtirish metodikasi”, 13.00.04 - Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi, pedagogika fanlari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Ped9660.
Ilmiy rahbar: Tajibaev Soyibjon Samijanovich pedagogika fanlari doktori, (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Yarashev Komiljon Dexkanovich pedagogika fanlari doktori, (DSc), professor; Isakova Nilufar Janikulovna pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Nizomi nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak sport menejerlarining kasbiy-amaliy tayyorgarligini takomillashtirish metodikasi bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
jismoniy tarbiya va sport menejmenti talabalarini sog‘lomlik darajasini oshirish maqsadida xaftalik va kunlik mashg‘ulotlardan foydalanish me’yorlarini aniq ratsion taqsimlangan dasturidan foydalansh hisoboga jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
bo‘lajak sport menejerlarining funksional tayyorgarligini oshirish uchun zamonaviy texnoligiya natijalariga tayangan holda kunning ikkinchi yarmida (ochiq sport maydonchalari, suv havzalari hamda og‘irlik bilan bajariladigan) mashqlardan foydalanish hisobiga morfologik ko‘rsatkichlari, tana massa indeksi ko‘rsatkichlari yaxshilangan;
jismoniy tarbiya va sport menejmenti yo‘nalishi talabalarining psixologik resurslarini optimal darajada shakllantirishga qaratilgan milliy harakatli o‘yinlardan tashkil topgan tizimli dastur ishlab chiqilib, bunda jismoniy mashqlarning o‘zaro integrallashgan (sinergik) ta’sirini aks ettiruvchi o‘quv mashg‘ulot dasturidan foydalanish hisobiga amaliy faoliyat samaradorligi oshirishgan;
bo‘lajak sport menejerlarining pedagogik konsepsiyalari tahlil qilinib jismoniy va psixologik ko‘rsatkichlar dinamikasi natijalar samaradorligini yaxshilashga qaratilgan sport menejerining professional profili takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak sport menejerlarining kasbiy-amaliy tayyorgarligini takomillashtirish metodikasini rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan tajribalar asosida:
bo‘lajak sport menejeri mutaxassisligi talabalarinining umumiy jismoniy tayyorgarligi ko‘rsatkichlarini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lajak sport menejerlarining jismoniy va psixologik tayyorgarligini mashg‘ulotlardan tashqari vaqtda rivojlantirish metodikasi takomillashtirilib O‘zDJTSU “Menejment va sport tadbirlarini tashkil etish” kafedrasida I-IV bosqich talabalarining mashg‘ulot jarayonlariga tatbiq etishgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 1-maydagi 02-16/4496-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarining vizual idrok 10,2% ga yaxshilangan;
bo‘lajak sport menejerining umumiy jismoniy va psixologik tayyorgarligi shakllantirildi, kasbiy faoliyat samaradorligini ta’minlaydigan eng muhim jismoniy tayyorgarliklari va ko‘nikmalari, psixologik xususiyatlari tanlab olingan mashqlar va o‘yinlar vositalari O‘zMU “Taekvondo va sport faoliyati” fakulteti talabalari o‘quv mashg‘ulot jarayonlariga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 1-maydagi 02-16/4496-son ma’lumotnomasi). Natijada, chidamlilik jismoniy sifati 17,4% ga rivojlantirilgan;
bo‘lajak sport menejerlari tana vazni va tarkibi tahlil qilindi va sport menejerlarining jismoniy va psixologik tayyorgarligini mashg‘ulotlardan tashqari vaqtda rivojlantirish uchun takomillashtirilgan metodikasi JizPI “Jismoniy tarbiya” kafedrasi talabalari mashg‘ulot jarayonlariga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 1-maydagi 02-16/4496-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning tezkorlik sifati 13,5% ga yaxshilangan;
bo‘lajak sport menejerlarining kasbiy professional profili tahli qilinib, metodik jihatdan takomillash bo‘yicha takliflar O‘zDJTSU “Menejment va sport tadbirlarini tashkil etish” kafedrasida I–IV bosqich talabalarining mashg‘ulot jarayonlariga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 1-maydagi 02-16/4496-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak sport menejerlarining kuch ko‘rsatkichi 9,09% ga oshgan.