Yusupova Ziynatjan Djumanazarovnaning
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Badiiy asarlar tarjimasida noverbal kommunikativ vositalarning reprezentatsiyasi (o‘zbek tilidan ingliz tiliga tarjimalar misolida).
10.00.06. ‒ Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil3012
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti
Ilmiy rahbar: J.Sh.Djumabaeva, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti
IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.55.02
Rasmiy opponentlar: O‘zbekiston Milliy universiteti professori, filologiya fanlari doktori Nilufar Sadullaeva hamda Qoraqalpoq davlat universiteti professori, filologiya fanlari doktori Ogulbay Gaylievalar.
Yetakchi tashkilot: Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘zbek badiiy asarlaridagi noverbal kommunikativ vositalar verbalizatsiyasini ingliz tiliga tarjimasidagi muammolarini hal qilish hamda noverbal muloqotdagi tasvir va ifoda vositalariga nutq madaniyatining bir bo‘lagi sifatida qarash, ularning to‘g‘ri tarjima qilinishi esa adekvatlikni ta’minlashdagi muhim jihat ekanligini dalillashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz akademik terminologiyasida “body language”, ya’ni, tana va uning a’zolaridan noverbal kommunikativ vositasi sifatida foydalanish hamda bu sohani o‘rganadigan ilmiy yo‘nalish – “kinesics”ning noverbal kommunikativ vositasi sifatida turli madaniyatlarda turlicha ifodalanishi, ularning badiiy matn va tarjima jarayonidagi funksional xususiyatlari, qo‘llanilishining nazariy asoslari qiyosiy tahlil asosida dalillangan;
o‘zbek tilidan ingliz tiliga tarjima qilingan badiiy asarlardagi noverbal kommunikativ vositalarining berilishida badiiy nutq bo‘yoqdorligi, taʼsirchanligi va ifodaliligini taʼminlovchi birliklar muhim ekanligi isbotlangan;
o‘zbek tilidan ingliz tiliga o‘girilgan asarlar tarjimasining qiyosiy tahlili asosida madaniy kontekstga mos keladigan lingvokulturologik yondashuv noverbal kommunikativ vositalarini tarjima qilishning eng samarali usuli sifatida aniqlangan;
noverbal elementlarning madaniy ma’nolari va kommunikativ funksiyalari hisobga olinib, ularni ingliz tilidagi ekvivalentlari (Equivalent translation) yoki mos ifodalari bilan almashtirilishi (Substitution) tavsiya etilgan hamda tarjimada noverbal signallarning turli madaniy kontekstlarda turlicha talqin qilinishi asoslanib adekvat tarjimaga erishishda emotsional, ekspressiv va madaniy xususiyatga ega noverbal kommunikativ vositalar verbalizatsiasining pragmatik masalalariga oid tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek badiiy asarlaridagi noverbal kommunikatsiya vositalarining ingliz tiliga tarjima qilish muammolarini hal qilish yuzaѕidan eriѕhilgan ilmiy natiјalari aѕoѕida:
Tadqiqot natijalaring ilmiy ahamiyati badiiy tarjimada noverbal kommunikativ vositalarga oid tarjima nazariyasini o‘zbek tilidan ingliz tiliga tarjima qilingan badiiy asarlardagi noverbal kommunikatsiya vositalarining berilishida badiiy nutq ifodaliligi, taʼsirchanligi va ekspressivligini taʼminlovchi birliklar muhimligi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida Urganch davlat universiteti tomonidan 24.12.2024 yil №06-248/1 ma’lumotnomasiga asosan Erasmus+ dasturining 561574–EPP–1–2015–1–ES–EPPKA2–CBHE–JP–CLASS: “Development of the interdisciplinary master program on Computer Linguistics at Central Asian universities” xalqaro loyihasida foydalanildi. Natijada dissertatsiyada keltirilgan o‘zbek va ingliz tillaridagi noverbal kommunikativ vositalar tarjimasida pragmatik, kontekstual jihatlar, tildagi madaniy muloqot formalariga oid ilmiy nazariy xulosalar mazkur loyiha doirasidagi materiallarni tarjima qilishda yordam berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, Atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi turizm qo‘mitasi Xorazm viloyati turizm boshqarmasi tomonidan 2025-yil 1-aprel 02-10-sonli malumotnomaga asosan soha xodimlari uchun tashkil qilingan master klassda tadqiqot ishining amaliy ahamiyati taqdim etildi. Natijada turizm boshqarmasi xodimlarining ingliz va o‘zbek tilidagi noverbal kommunikativ vositalarning nutqiy faoliyatda qo‘llanadigan milliy-madaniy va pragmatik xususiyatlariga oid bilimlari boyitildi.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniy Meros Agentligi Ishan-Qalʻa Davlat Muzey Qoʻriqxonasi tomonidan 2025-yil 11-aprel 01-01/182-sonli ma’lumotnomaga asosan, “Badiiy asar tarjimasida noverbal kommunikativ vositalar reprezentatsiyasi” (o‘zbek tilidan ingliz tiliga tarjimalar misolida) mavzusidagi dissertatsiya natijalaridan Xiva “Ichan-qal’a” muzeyi qo‘riqxonasi jamoasiga o‘z sohalari doirasida foydalanish imkonini berdi, jumladan, turli tizimli tillarga xos noverbal kommunikativ vositalarning suhbat jarayonidagi ahamiyatiga oid misollarning ingliz tilida ifodalanish usullari va ilmiy asoslarini gid hamroh tarjimonlarga tushuntirilganligi, o‘zbek va ingliz tillaridagi noverbal kommunikativ vositalarning milliy madaniy namunalarga xos xususiyatlari ko‘rsatib berilganligi, noverbal kommunikativ vositalarning o‘zbek tilidan ingliz tiliga badiiy tarjimada reprezentatsiya masalasiga aniqlik kiritilganligi, o‘zbek tilidan ingliz tiliga tarjimalar jarayonida qayta yaratish mezonlari gid-hamrohlarining muloqotini yuqori saviyada tashkil qilinishda hamda milliy-madaniy tafovutlar va tushunmovchiliklarning oldini olishga ko‘mak bera olishi bilan ahamiyat kasb etadi. Natijada, tadqiqot ishidan olingan ilmiy natijalar gid-hamrohlar faoliyatida milliy-madaniy tafovutlar va tushunmovchiliklarning oldini olishga yordam berdi.
O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining Xorazm viloyati teleradiokanali davlat muassasasining 2025-yil 16-yanvarda №68-sonli ma’lumotnomasiga asosan “Assalom Xorazm” dasturida “Badiiy asar tarjimasida noverbal kommunikativ vositalar reprezentatsiyasi” (o‘zbek tilidan ingliz tiliga tarjimalar misolida) mavzusidagi dissertatsiya natijalaridan foydalanilgan. Natijada keng ommaga noverbal kommunikativ vositalar va ularning muloqotdagi ahamiyati, muammolar va yondashuvlar haqida fikr mulohaza bildirilib, muloqot davomida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan tushunmovchiliklar haqida qiziqarli hamda foydali ma’lumotlar etkazilgan.