Babajanova Zabarjad Tursunbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda madaniy muhitning shakllanishida art-jurnalistikaning o‘rni”, 10.00.09 – Jurnalistika (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2674.
Ilmiy rahbar: Tashpulatova Nazira Kurbanovna, filologiya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, DSc.30/30.12.2019.Fil.14.01.
Rasmiy opponentlar: Karimov Amrullo Ashurovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent;
Mirsoatova Mahliyo Sobirovna filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda art (san’at) jurnalistikasining paydo bo‘lishi va rivojlanishi, uning o‘ziga xos xususiyatlari, milliy media makondagi o‘rni va ahamiyatini san’at turlariga ixtisoslashgan jurnallar orqali tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“san’at jurnalistikasi”, “madaniy jurnalistika”, “art-jurnalistika”, ars-jurnalistika”, ko‘ngilochar jurnalistika”, “badiiy jurnalistika” atamalarini funksional, konseptual va semantik differensiatsiyalash natijasida art-jurnalistikaning auditoriya iste’molchilik didini shakllantirishga qaratilgan madaniy-kommunikativ hamda jamoatchilik va davlat siyosatini bogʻlashda namoyon bo‘luvchi integrativ ahamiyati dalillangan;
art-jurnalistika vazifalari hamda metodologik yondashuvlariga ko‘ra san’atshunoslik va badiiy tanqidchilikdan farqlanishi, xususan, madaniy hodisani axboriy verifikatsiya tamoyili asosida operativ yoritishi qiyosiy-diskursiv tahlil asosida isbotlangan;
art-nashrlarning inqiroz vaziyatidan chiqish strategiyalarini tizimli o‘rganish natijasida ommaviy resepsiyaga mos bo‘lmagan, ekspert auditoriya uchun mo‘ljallangan kontent ‒ san’atshunoslik maqolasi yuzaga kelgani aniqlangan;
san’atga ixtisoslashgan jurnallar faoliyati dinamikasini ta’minlashda raqamli transformatsiyani joriy qilish, distribusiya hududini kengaytirish, nashrlarning kuchli brendini yaratishni o‘z ichiga oluvchi innovatsion boshqaruv konsepsiyasi samaradorligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi. O‘zbekistonda madaniy muhitning shakllanishida art-jurnalistikaning o‘rnini o‘rganish yuzasidan ishlab chiqilgan xulosa va amaliy takliflar asosida:
san’at va madaniyat sohasiga ixtisoslashuv masalasida “san’at jurnalistikasi”, “madaniy jurnalistika”, “art-jurnalistika”, “ars-jurnalistika”, “ko‘ngilochar jurnalistika”, “badiiy jurnalistika” singari tushunchalarni qo‘llash qamrovi va chegaralari, mezon va vazifalari nuqtayi nazaridan farqlari, jamiyat madaniy muhiti shakllanishida art-jurnalistikaning o‘rni va ahamiyati to‘g‘risidagi ilmiy xulosa va tavsiyalardan O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasida madaniy-ma’rifiy yo‘nalishdagi OAVni qo‘llab-quvvatlash, jurnalistlarga ijodiy sharoit yaratish, ixtisoslashgan nashrlar faoliyatini baholash va qayta ko‘rib chiqish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasining 2025-yil 13-maydagi 02-18/136-son ma’lumotnomasi). Natijada OAVdagi san’at mavzulari qamrovini oshirish, art-jurnalistlarni qo‘llab-quvvatlash, moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, ijodiy raqobat muhitini shakllantirishda samaradorlikka erishilgan. Shuningdek, tadqiqot jurnalistlarni tayyorlash va malakasini oshirish, ommaviy axborot vositalari uchun tavsiyalar ishlab chiqishda muhim nazariy manba bo‘lib xizmat qilgan;
art-jurnalistika madaniy hodisani baholamasligi, balki uni qamrab olib, u haqida eng to‘liq ma’lumotlarni taqdim etishi va shu jihati bilan madaniyat, san’atshunoslik va badiiy tanqidchilikdan farq qilishi to‘g‘risidagi ilmiy-nazariy xulosalar “Ma’naviy hayot” jurnalida materiallarni baholash va qayta ishlash jarayoniga tatbiq etilgan (“Ma’naviy hayot” jurnalining 2025-yil 7-maydagi 002/12-son dalolatnomasi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2025-yil 12-maydagi 5/121-151-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot jurnalda chop etilayotgan san’at mavzusiga bagʻishlangan materiallarni saralash jarayoniga yangicha yondashuvni ta’minlash, maqolalarning publisistik jihatini kuchaytirish, tahliliy kontentni o‘quvchi uchun kerakli va qiziqarli matnga aylantirish, shuningdek, jozibadorligini oshirishda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
san’at sohasiga ixtisoslashgan bosma nashrlarning moliyaviy inqiroz vaziyatidan chiqish yo‘li sifatida mutaxassis-o‘quvchilarga mo‘ljallangan kontent ishlab chiqilgani, natijada maqolaning alohida turi sifatida san’atshunoslik maqolasi yuzaga kelgani to‘g‘risidagi fikr-mulohazalardan “Teatr” jurnalida materiallarni tayyorlash va qayta ishlash jarayonida foydalanilgan (“Teatr” jurnalining 2025-yil 5-maydagi 50-son dalolatnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2025-yil 13-maydagi 02-11-08-1624-son ma’lumotnomasi). Natijada jurnalda nazariy tahlillar, sohaga oid atamalar minimal darajaga tushirilib, nashr kontenti keng auditoriyani qamrab olishi, uslubiy yondashuv prinsiplarini yanada takomillashtirishda samaradorlikka erishilgan;
san’atga ixtisoslashgan jurnallar faoliyatidagi moliyalashtirishning barqaror emasligi, davriylikni ta’minlay olmaslik, tarqalish hududining torligi, adadning kamligi, kadrlar, jumladan, ixtisoslashgan jurnalistlar etishmovchiligi kabi muammolar, ularni hal etish uchun raqamli transformatsiyani joriy qilish, nashrlarning kuchli brendini yaratish, boshqaruv konsepsiyasi va moliyalashtirishning yangi mexanizmlarini ishlab chiqish zarurati to‘g‘risidagi xulosalar O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida madaniy-ma’rifiy yo‘nalishdagi OAVni qo‘llab-quvvatlash, jurnalistlarga ijodiy sharoit yaratish, ixtisoslashgan nashrlar faoliyatini o‘rganish va baholash jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2025-yil 12-maydagi 01-03/223-son ma’lumotnomasi). Natijada uyushma muassisligidagi san’atga yo‘naltirilgan davriy nashrlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga bo‘lgan talabni yanada oshirish va barqaror chiqishini ta’minlashda estetik vazifalar va ko‘ngilochar funksiyalarni uyg‘unlashtirishga erishilgan.