Botirova Zebo Xakimjon-qizining
Pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak chet til o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini sun’iy intellekt va raqamli ta’lim texnologiyalar asosida rivojlantirish metodikasi (ingliz tili misolida)” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4DSc/Ped389
Ilmiy rahbar: Isroilova Dildora Muxtorovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti, PhD.03/05.05.2023.Fil.163.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik kengash.
Rasmiy opponentlar: Jumanazarov Umidjon Umrzoqovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Yakubbaev Murodila Marufovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Toshboeva Barnoxon Odiljonovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak chet til o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini sun’iy intellekt va raqamli ta’lim texnologiyalari asosida rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
CEFR tamoyillari va deskriptorlari asosida bo‘lajak chet til o‘qituvchilari kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishda motivatsion, kognitiv-aksiologik, operatsion-faoliyat kabi komponentlarning zarurati shuningdek muloqot madaniyati, empatiya va pedagogik kuzatish qobiliyatlari heuristik yondashuv va zamonaviy didaktik tendensiyalarni integratsiyalash yordamida tadqiq qilingan;
TPACK asosida ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishga oid, raqamli ta’lim xizmatlarining mazmuni, vazifalari va usullarini pedagogik mazmun hamda texnologik komponentlar bilan rejalashtirish–ijro–refleksiya bosqichlarida tizimli uyg‘unlashtirgan konseptual-integrativ modeli ishlab chiqilgan;
ta’limni raqamlashtirish sharoitida bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining “4K” kompetensiyasining tarkibiy tuzilmasi shuningdek “kompetentlik”, “kasbiy kompetentlik”, “raqamli ta’lim”, “elektron ta’lim”, “mobil ta’lim” va “aralash ta’lim” tushunchalarining mazmun-mohiyati, o‘zaro nisbati hamda didaktik funksiyalari nazariy-terminologik jihatdan aniqlashtirilib, ilmiy-metodik asoslarda rivojlantirilgan;
chet til ta’limida sun’iy intellektning o‘rni va ahamiyati, uning didaktik funksiyalari, pedagogik-texnologik afzalliklari va cheklovlari, etik-huquqiy talablari hamda xavf-xatarlarini baholash mezonlari, shuningdek o‘quv reja va kurs dizayni, baholash va differensiallashtirish, o‘qituvchi mediatorligi va sifatni ta’minlash jarayonlarida qo‘llashning shartlari va chegaralari konseptual-metodik asoslarda tizimli ravishda aniqlashtirilgan;
bo‘lajak chet til o‘qituvchilarini sun’iy intellekt (ChatGPT va boshq.)dan ta’limiy hamda kasbiy vaziyatlarda samarali foydalanishga o‘rgatuvchi, dialog boshqaruvi, akademik halollik va ma’lumot xavfsizligi tamoyillariga tayangan mashqlar majmuasi hamda ta’lim topshiriqlarini kasbiy faoliyat vazifalariga moslashtirishga qaratilgan ta’lim mazmuni takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak chet til o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini sun’iy intellekt va raqamli ta’lim texnologiyalar asosida rivojlantirish metodikasi yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflari asosida:
CEFR tamoyillari va deskriptorlari asosida bo‘lajak chet til o‘qituvchilari kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishda motivatsion, kognitiv-aksiologik, operatsion-faoliyat kabi komponentlarning zarurati shuningdek muloqot madaniyati, empatiya va pedagogik kuzatish qobiliyatlari heuristik yondashuv va zamonaviy didaktik tendensiyalarni integratsiyalashga oid xulosa va tavsiyalaridan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘ZBEKISTON” teleradiokanali DM muharririyati tomonidan tayyorlangan “O‘zbekiston yoshlari”, “Ta’lim va taraqqiyot” nomli dasturlari ssenariysining 2024-yil may va sentyabr oyi sonlarida Oliy ta’limga oid ruknida foydalanilgan. (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 11-avgustdagi 04-36-1182-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak chet til o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini sun’iy intellekt va raqamli ta’lim texnologiyalar asosida rivolantirish metodikasi ommalashtirilgan;
TPACK asosida ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishga oid, raqamli ta’lim xizmatlarining mazmuni, vazifalari va usullarini pedagogik mazmun hamda texnologik komponentlar bilan rejalashtirish–ijro–refleksiya bosqichlarida tizimli uyg‘unlashtirgan konseptual-integrativ modelga oid tavsiyalardan 2023-2024 yillarda bajarilgan Erasmus+ EMPOWER - 101129076 - raqamli loyihasi doirasida foydalanilgan. (Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti 2024-yil 21-noyabrdagi 1579-02 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, chet til o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini sun’iy intellekt va raqamli ta’lim texnologiyalar asosida rivolantirishga qaratilgan mashqlar majmui va metodik tavsiyalari ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilgan;
ta’limni raqamlashtirish sharoitida bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining “4K” kompetensiyasining tarkibiy tuzilmasi shuningdek “kompetentlik”, “kasbiy kompetentlik”, “raqamli ta’lim”, “elektron ta’lim”, “mobil ta’lim” va “aralash ta’lim” tushunchalarining mazmun-mohiyati, o‘zaro nisbati hamda didaktik funksiyalari nazariy-terminologik jihatdan aniqlashtirilib, ilmiy-metodik asoslarda rivojlantirishga oid xulosa va tavsiyalardan “Bo‘lajak chet til o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini sunʼiy intellekt va raqamli ta’lim texnologiyalar asosida rivojlantirish metodikasi (Ingliz tili misolida)” nomli elektron dastur ilovasini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2024-yil 4-sentyabrdagi № DGU 42344 raqamli guvohnomasi) Natijada, Bo‘lajak chet til o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini sunʼiy intellekt va raqamli ta’lim texnologiyalar asosida rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga erishilgan;
chet til ta’limida sun’iy intellektning o‘rni va ahamiyati, uning didaktik funksiyalari, pedagogik-texnologik afzalliklari va cheklovlari, etik-huquqiy talablari hamda xavf-xatarlarini baholash mezonlari, shuningdek o‘quv reja va kurs dizayni, baholash va differensiallashtirish, o‘qituvchi mediatorligi va sifatni ta’minlash jarayonlarida qo‘llashning shartlari va chegaralari konseptual-metodik asoslarda tizimli ravishda aniqlashtirishga asoslangan amaliy takliflaridan “Linguistics (Lingvistika: Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) yo‘nalish uchun)” nomli darsligini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 25-iyundagi 218-sonli buyrug‘iga asosan № 218-599-sonli o‘quv adabiyotining nashr ruxsatnomasi). Natijada, chet til o‘qituvchilarining kasbiy lingvistik kompetensiyasini rivolantirishga muvaffaq bo‘lindi;
bo‘lajak chet til o‘qituvchilarini sun’iy intellekt (ChatGPT va boshq.)dan ta’limiy hamda kasbiy vaziyatlarda samarali foydalanishga o‘rgatuvchi, dialog boshqaruvi, akademik halollik va ma’lumot xavfsizligi tamoyillariga tayangan mashqlar majmuasi hamda ta’lim topshiriqlarini kasbiy faoliyat vazifalariga moslashtirishga qaratilgan ta’lim mazmuni takomillashtirishga doir amaliy takliflaridan “Methodology of teaching languaGES and educational technologies: (Tillar o‘qitish metodikasi va ta’lim texnologiyalari: Xorijiy til va adabiyot (ingliz tili) yo‘nalish uchun)” nomli darsligini tayyorlashda foydalanilgan.(O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-martdagi 55-sonli buyrug‘iga asosan №233618-sonli o‘quv adabiyotining nashr ruxsatnomasi). Natijada, chet til o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini sun’iy intellekt va raqamli ta’lim texnologiyalar asosida rivolantirishga muvaffaq bo‘lindi.